Kreativ fikrlash


Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə29/32
tarix29.03.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#103598
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Kreativ fikrlash

Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya'ni turli ittifoq yoki 
birlashmalar ro’yirost ma'lum bo’lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat 
qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga 
o’tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. 
Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan 
me'yor 2/3 deb tasdiqlanadi. 
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya'ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda 
axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan: 
Konsensus  bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turlituman fikrlaryuzasidan bir bitimgakelish yoki kelishishdir.Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari 
surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini 
qo’llash yordami erishiladi."
Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi
"Ringi" usulini qo’llash bosqichlari 
T/r Bosqichlar Izoh
Birinchi
1bosqich Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi 
mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. 
2.Ikkinchibosqich Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi
3.Uchinchibosqich Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlaribo’yica ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish 
bosqichidir. 
4.To’rtinchibosqichmuammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi. 
5.Beshinchi bosqich - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. 
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsada, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida 
qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.



Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə