Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar reja


Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 32,92 Kb.
səhifə5/7
tarix21.10.2023
ölçüsü32,92 Kb.
#129936
1   2   3   4   5   6   7
KREDIT BO’YICHA FOIZ STAVKALAR VA UNGA TA’SIR QILUVCHI

4.Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli
kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan
quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;
kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari;
kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi.
Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy
lashtirilganlik holati.
Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini
diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq
xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish
kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati.
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash
institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda
inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit
portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi.
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda o’zoq
muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning
sinalgan usullaridan biri hisoblanadi.
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan
kreditlar salmog’ining o’zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar
salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy Evropa
davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi
salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi
mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi
salmog’ining barqarorligini ta’minlash.
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri
kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va
barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari
faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy
qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi.
Kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash
shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan
foydalanilmoqda. Bo’lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan
turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent,
kredit liniyasi ochish yo’li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi
ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.
VI. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar va ularga hisoblangan
foizlar miqdoining o’zgarishi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat
banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi Nizomga ko’ra,
banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va
foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan
va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va
unga hisoblangan foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda,
yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish
muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda.
Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli
daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar
hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami
kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi.
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, garov ob’ektlaridan
unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor
garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan
foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi.
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita
ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular
kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash
funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining
samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini
turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv
operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar
tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi.

Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə