|
Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)Kredit shartnomasi shakli 20239.
Shartnoma boʻyicha huquqlardan voz kechish
9.1
Kreditor shartnoma boʻyicha talab qilish huquqidan toʻlaligicha yoki qisman uchinchi
shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.
9.2
Kreditor kredit boʻyicha talab qilish huquqidan voz kechilgan taqdirda uchinchi
shaxslarga, yuridik va moliyaviy maslahatchilarga bank sirini tashkil qiladigan, qarz oluvchi va
uning operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga haqli.
9.3
Qarz oluvchi kreditor bilan kelishmagan holda oʻz huquqlaridan voz kechish va shartnoma
boʻyicha majburiyatlarini qanday shaklda boʻlmasin uchinchi shaxslarga topshirishga,
oʻtkazishga haqli emas.
10.
Korrupsiyaga qarshi kurashish
10.1
Taraflar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki boshqa ishtirokchilari ushbu
shartnoma shartlarini bajarishda ikkinchi tomonning qaror qabul qilishiga taʼsir oʻtkazish
maqsadida bevosita yoki bilvosita pul mablagʻlari, qimmatliklar yoki xizmatlar taklif qilishi,
berishi, taqdim etishi taqiqlanadi.
10.2
Taraflar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki boshqa ishtirokchilari ushbu
shartnoma shartlarini bajarishda qaror qabul qilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida shartnomaning
boshqa ishtirokchilari tomonidan bevosita yoki bilvosita pul mablagʻlari, qimmatliklar yoki
xizmatlar taqdim etish boʻyicha taklifini rad qilishi lozim.
10.3
Agar shartnoma taraflarida ushbu shartnoma shartlarini bajarish bilan bogʻliq korrupsion
harakat sodir etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot, shubha, shubhaga asos boʻluvchi dalilga ega
boʻlsa, bu toʻgʻrisida ikkinchi tomonga yozma shaklda xabar berish majburiyatini oladi.
10.4
Xabarni olgan taraf haqiqatda korrupsion harakat sodir etilmaganligini yoki sodir
etilmasligi toʻgʻrisida tasdiqqa ega boʻlgunicha ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini
bajarishni toʻxtatib turish huquqiga ega.
10.5
Pora berish evaziga ikkinchi taraf vakilini, affillangan shaxsini, xodimini shartnoma
shartlarini bajarishda oʻziga ogʻdirib olgan taraf ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplab
berish majburiyatini oladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|