Kun tartibi



Yüklə 16,58 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,58 Kb.
#136779
Fakultet ko\'chirmasi Hakimboy domlaga 2


Filologiya va tarix fakulteti Kengashining 1-sonli
yig‘ilish bayonnomasidan
KO‘CHIRMA


05.09. 2023-yil Urganch shahar
Qatnashdilar: Kengash a’zolarining
13 nafaridan 11 nafari


KUN TARTIBI:
5. Har xil masalalar
5.1. UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD H.G‘.Saidovning “Milliy gʻoya, ma’navyat asoslari fanlarini oʻqitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmasini nashrga tavsiya qilish to‘g‘risida.
ESHITILDI:
Kun tartibiga qo‘yilgan har xil masalalar yuzasidan Kengash raisi U.Sheripov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD H.G‘.Saidovning “Milliy gʻoya, ma’navyat asoslari fanlarini oʻqitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmasini kengash a’zolariga muhokama qilish uchun tavsiya qildi.
SO‘ZGA CHIQDILAR:
“Tarix va feografiya” kafedrasi mudiri (PhD) U.Xo‘jamuratov: UrDPI “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD H.G‘Saidov tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalanishlari uchun tayyorlangan.
Shu bilan birga, uslubiy qo‘llanmada ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil etishning samaradorligi e’tirof etilgan bir qancha zamonaviy interfaol metodlar, ularning didaktik imkoniyatlari, turlari bo‘yicha qo‘llanish shartlari va tartibi masalalari yoritilgan.
“Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi mudiri (PhD) Sh.Samanova: Bugungi kunda oʻquv jarayoniga xalqaro standartlarga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, oʻquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʻtkazishga e’tiborni kuchaytirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, H.G‘Saidovning uslubiy qo‘llanmasida dars mashg‘ulotlarida fanning ayrim mavzularini interfaol metodlar yordamida o‘qitishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish hamda to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan. Uslubiy qo‘llanmaga Urganch davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri Z.Karimov, Ma’mun universiteti “Falsafa” kafedrasi mudir, PhD Z.Y.Adilovlar taqriz berishgan.
Uslubiy qo‘llanma atroflicha muhokama qilingach,
QAROR QILINDI:

  1. Filologiya va tarix fakulteti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD H.G‘.Saidov tomonidan tayyorlangan “Milliy gʻoya, ma’navyat asoslari fanlarini oʻqitish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanmasini nashrga tavsiya qilish institut Kengashidan so‘ralsin.



Asliga to‘g‘ri
Kengash kotibasi N.Yakubova
Yüklə 16,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə