Kurs ishi mavzu: “Tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar Bajaruvchi: 912-20 guruh talabasi Gapparov a ilmiy raxbar: M. Xosilmurodov Jizzax- 2023 yil


Jismoniy mashqlarni taʻsini belgilovchi omillar



Yüklə 165 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü165 Kb.
#109547
1   2   3   4   5   6
Gapparov A...

4. Jismoniy mashqlarni taʻsini belgilovchi omillar.
Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqdar bir xil tarbiyaviy taʻsir koʻrsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil taʻsir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali taʻsirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruhlanadi:
1. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Taʻlim jarayoni ikki tomonlama — oʻkuvchilar oʻqiydi, oʻqituvchi oʻqitadi. SHuning uchun jismoniy mashqlarning taʻsiri keng darajada kim oʻqitayotganligiga va kimlarni oʻqiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bogʻliq.
2. Ilmiy omillar — jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini tomonidan anglanishi meʻyorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari kanchalik chuqur ishlab chikilgan boʻlsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar — jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruhini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni oʻkitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun qoʻllanayotgan usuliyat (jismoniy kabiliyatni ochsin, oʻzlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar hisobga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, yaʻni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki sogʻlomlashtirish)ni hal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik harakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin boʻlgan takrorlash usuliyatlari (boʻlaklarga ajratib yoki mashqni toʻla bajarish bilan oʻrgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oraligʻida aktiv dam olishni qoʻllash kerakmi yoki passiv dam olishni taʻminlay oladimi va hokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikam qoʻyilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orkaligina boʻlishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi hamda uning intensivligi, takrorlash chastotasi (interval va dam), takrorlashlar oragigʻidagi dam olishning xarakteriga bogʻliq. Yuklamani boshqarishda yuqorida koʻrsatilayotgan hollarning oʻzaro munosabati hisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bogʻliq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaralirokdir, chunki uch usul qoʻllanganda balandrokqa chiqish imkoni boʻladi.
Jismoniy mashq bajargandan soʻng organizmda maxsus funksional oʻzgarish vujudga keladi va u maʻlum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan oʻzgarish fonida keyingi .mashqning taʻsir samarasi yanada boshkacharoq boʻlishi mumkin. Dastlabki va soʻngi mashqda mashgʻulot samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbalok oshish mashqlaridan soʻng muvozanat saqlash mashqlarini oʻzlashtirish kiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Taʻsirning oz yoki kuchlilik darajasi oʻzining chuqurligi va davomiyligi, oʻquvchi holati uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va hokazolarga bogʻliq. Mashqlar taʻsirining kompleksini ishlab chiqish harakat faoliyatining asosiy taʻsiri samarasini hisobga olishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar taʻsiri tizimini har bir yosh guruhi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.


XULOSA
Jismoniy tarbiyaning mazmuni, uning vositalari va shugʻullanuvchilarning
yoshi, jinsi, salomatligi hamda jismoniy tayyorgarligiga qarab qoʻllanish usullari alohida ishlab chiqilganligi, ularning amalda kcng qollanilayotganligi e ʻtiboiga loyiqdir. Bular orasida sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va undaloydalaniladigan vositalar, usullar o ʻz mazmun mohiyatiga egadir.
Jismoniy tarbiya mashqlarining inson tanasiga ijobiy ta ʻsir etuvchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari haqida yuqorida b ir muncha qayd etildi. Shu sababdan bevosita sogʻlomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nishunchasiga e ʻtiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino, taniqli rus olimi M.I.Sarkisov- Sornzini hamda isteʻdodli oʻzbek olimi T.S. Usmonxoʻjaevlarning
lnʻbiri bilan aytganda, jismonan zaif, kasalmand bolalar va katta yoshdngi kishilarni jismoniy mashqlar orqali davolash-tarbiyalash, lliuningdek sogʻlom kishilarni jismoniy rivojlantirishda qoʻlIaniladigan lurli -tuman mashqlar, ularni qollash usullarini sogʻlomlashtiruvchi Ihmoniy tarbiya deb tushuniladi.
Bundan shunday mazmun va maʻno kelib chiqadiki, faqat davolashmuassasalari, shifoxonalardagina emas,. balki eng avvalo har bir oila, bolalar bogʻchalari, o ʻquv yurtlari, aholi istiqomat joylari, dam olish va istirohat bogʻlari, sport inshootlarida sogʻlomlashtiruvchi ommaviy jismoniy tarbiya sport tadbirlarining tashkil qilinishi sogʻlomlash-tiruvchi jismoniy tarbiyaning mohiyatini ochib beradi. Eʻtirof etish zarurki, sport turlari bilan shugʻullanuvchilaming mashgʻulotlarida ham sogʻlomlashtiruvchi vositalar, tadbirlar o ʻz mazmuni, vazifasi va o ʻrniga egadir. Yaʻni sportchilarning ixtisos (sport turi) qaysi sohada boʻlmasin, ularning har tamonlama ravnaq topishi, jismonan chiniqishida jismoniy tarbiya vositalari asosiy o ʻrinni egallaydi. Ayniqsa sportchilarning toliqishi, charchashi, jarohat olishi vii boshqa faoliyatlarda ixlisosliklaridan tashqari (maxsus mashqlar) sogʻlomlashtiruvclil mashqlar, oʻyinlar, uqalash (massaj) va hokazo-lardan foydalaniladi Jismoniy va aqliy mehnat bilan shugʻullaniivchllnrnlng harakat laoliyatlarini nazarda tutgan holda ularning qobiliyatini ta ʻminlovchi jismoniy mashqlar, tu rli xil oʻyiular, sayohatlar sogʻlomlashtirish vazifasini o ʻtaydi, hamda sihat-salomatlikni ta ʻminlaydi.

Yüklə 165 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə