Kurs ishi mavzu: “Yig'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyalar bajarish” Bajardi: “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” mutaxassisligi bakalavr yo’nalishi 2-kurs 20. 25-guruh talabasi Xakimova Fotima


Yig`ish chizmalari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/9
tarix22.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#87687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyalar bajarish

Yig`ish chizmalari quyidagilardan iborat.

  1. Yig`ish birligining tasviri (ko`rinishlari kerakli qirqim va kesmlar).

  2. Yig`ish birligini kantrol qilishni taminlovchi ko`rsatmalar.

v) O`lchamlar chekli chetga chiqishlar va shu yig`ish chizmasi bo`yicha bajarilishi kerak bo`lgan boshqa parametrlar va talablar.
g) Detallarni biriktirish harakteri va usuli to`g`risidagi ko`rsatmalar.
d) Buyum tarkibiga kiruvchi tashkiliy qismlarning pozitsiya nomeri.
e) Buyumning asosiy harakteristikalari.
j) Goborit o`rnatish ulanish va kerakli spravka o`lchamlari.

Buyumning yig’ish chizmasini tuzish qoidalari.


Chizmachilikda ikki va undan ortiq detallarni birgalikda tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Chunki oddiy narsalarning alohida o’zidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Masalan uy-ro’zg’or buyumlaridan pichoqni olsak, unda eng kamida ikkita detal tig’va sop mavjud. Texnikada ikkita,uchta va undan ortiq detal bir-biri bilan bolt, gayka, vint, parchin mix va boshqa biriktirish detallari yordamida biriktiriladi. Tarkibi ikki va undan ortiq detallardan tashkil topgan yig’ma birliklarning yig’ilgan (yaxlit) holatda bajarilgan chizmaciga yig’ish chizmalari deyiladi.
Har qanday mashina va mexanizm juda ko‘p xilma-xil detallardan yig‘ilgan bo‘ladi. Detallarning har biri o‘z o‘rniga qo‘yilsagina mashina ishlaydi.Har bir detalni o‘z o‘rniga qo‘yish uchun barcha detallarning yig‘ilgan holdagi chizmasi bo‘lishi kerak. Har qanday mashina yig‘ish chizmalari yordamida yig‘ib tayyorlanadi. Yig‘ish chizmalarini tuza oladigan va ularni o‘qiy oladigan insonlar yig‘ish chizmalari yordamida mashina detallarining harakatini, ularni o‘zaro qanday ishlashini kuzata oladilar. Yig‘ish chizmalaridan faqat mashinalarni yig‘ishda emas, balki ulardan joriy va kapital ta’mirlashda, buzilganda ularni tuzatishdava yangi ixtirolar qilinganda foydalaniladi.3
Buyumlarning o‘ziga qarab yig‘ish chizmasini tuzish ko‘pincha o‘qish jarayonida bajariladi. Buyumning o‘ziga qarab uning yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish mumkin
1) Buyum diqqat bilan ko`zdan kechiriladi uning vazifasi ishlash printsipi va konstruktiv hususiyatlari aniqlanadi.
2) Buyum yig`ish birliklari va detallarga ajratiladi buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning shakllari elementlari ularning bir biri bilan o`zora birikish usullari aniqlanadi.
3) Buyumning tarkibiga kiruvchi yig`ish birliklari va barcha detallarning spesifikatsiyasi tuziladi.
4) Buyumning tarkibiga kiruvchi har bir (standart detallardan tashqari) detalning eskizi tuziladi.
5) Buymning asosiy va qo`shimcha tasvirlari soni ko`rinishlari qirqimlari va kesimlari belgilanadi.
6) Buyumning murakkabligi va katta kichikligiga qarab yig`ish chizmasining masishtabi tanlanadi.
7) GOST 2,301-68 ga muvoffiq listning formati tanlanadi listning ramka chiziqlari ingichka qilib chiziladi asosiy yozuvga joy qoldiriladi.
8) List planlashtiriladi har bir tasvirning simmetriya o`qlari o`tkazildi.
9) Asosiy detalning bir vaqtda hamma tasvirlarining so`ngra maydaroq detallarning barcha tasvirlari konturi ingichka chiziq bilan chiziladi.
10) Chizmaning barcha qirqim va kesmlari bajariladi hamda shitrihlanadi.
11) Chizmaning o`lchamlari zarur holda detallarni o`tkazish usullarida qo`yiladi.
12) Chizmaning kontr chiziqlari GOST 2,303-68 ga muvoffiq yo`g`onlashtiriladi, avval o`q markaz va o`lcham chiziqlari so`ngra asosiy tutash to`g`ri chiziqlar yo`g`onlashtiriladi.
13) Detallarning pazitsiya nomerlari qo`yiladi.
14) Chizmaning asosiy yozuvi spetsifiktsiyasi to`lg`aziladi zarur hollarda
tehnik shartlar yozib qo`yiladi.4

Chizmalarni o`qish-tasvirlarni o`qish tasvirlangan buyumning vazifasi tuzilishi va ishlash printsipi detallarning o`zora joylashuvi biriktirilishi bir-biriga nisbatan bog`lanishlarini aniqlash va ularni tasavvur etishdan iborat.


Yig`ish chizmasining asosiy yozuvidan uning nomini va masishtabini bilish mumkin. klapnli pnemo apparatning berilgan spetsifikatsiyasidan uning tarkibiy qismi aniqlanadi.

H ar bir detalning va uning elementlari shaklini aniqlash uchun uni berilgan barcha tasvirlari bo`yicha tashqi va ishki konturlari diqqat bilan ko`zdan kechiriladi5


Buyumlarni tez va oson yig`ish uchun ularning yig`ish chizmalaridagi biriktirish detallarini to`g`ri tasvirlash lozim. Masalan ikki flanetsning boltli birikmasida gaykani chapda joylashadigan qilib tasvirlash mumkin emas chunki bu holda boltni flanetslar teshigiga o`rnatib bo`lmaydi, bunga o`ng tamondagi detalning bo`rtib chiqqan qismi halaqit beradi.


Bir-biriga nisbatan harakatlanuvchi mashina detallarining titash yuzalaridagi ishqalanish kuchlarini kamaytirish va ularning ishlash muddatini uzaytirish maqsadida bunday sirtlar moylab turiladi. Moy ishqalanish yuzalarining ishlash sharoitiga qarab mahsus nososlar yoki moydonlar orqali beriladi.
Yig`ish chizmalarini unimli tuzish uchun GOST 2. 109-79 da belgilangan shartliliklardan va soddalashtirishlardan foydalaniladi, bu grafik soddalashtirishlar va shartliklar buyum detallarining konstruktiv tuzilishini tasavvur qilishga halaqit bermasligi kerak. 6
Yig`ish chizmalarini o`qishni yig`ish birligining nomini ishlatish sohasini va uning tarkibiy qismlarini aniqlashdan boshlash lozim. Buning uchun yig`ish birligining spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi so`ngra buyumning tarkibiga kiruvchi detallarning tasvirlarini o`rganib chiqib ularning vazifasi shakli o`lchamlari va o`zora biriktirilishi aniqlanadi. Qo`zg`aluvchi birikmalardagi detallarning bir-biriga nisbatan harakatlantirish harakterini o`rganib chiqib yig`ish birligining tuzilishi va ishlash printsipi aniqlanadi.
Yig`ish chizmasiga asosan yig`ish birligi detallarning ish chizmasini tuzish detallarga ajratib chizish deb ataladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə