Kurs ishi topshiriqlari


Ta'lim jarayonida internet materiallaridan foydalanish metodikasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə12/15
tarix29.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#107733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishidan namuna

2.2. Ta'lim jarayonida internet materiallaridan foydalanish metodikasi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o`qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda Oliy o‘quv yurtlarining potensialiga tayangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi oliy ta’lim hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taqozo qilmoqda. Talaba yoshlarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga qo‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot — kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir. Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda talabalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lishi talab etiladi. Elektron ta'limning umumiy atamasi ko'pincha elektron ommaviy axborot vositalari orqali, odatda sinfdan tashqarida va internetdan foydalangan holda onlayn ravishda olib boriladigan ta'limni tavsiflash uchun ishlatiladi. Elektron ta'lim sinxron bo'lishi mumkin, bir vaqtning o'zida barcha talabalar ishtirok etadigan va o'zaro aloqada bo'ladigan barcha talabalar bilan sodir bo'lishi mumkin, yoki asinxron, individual talabalar o'z templari bilan harakat qilishlari mumkin. 
Ijtimoiy media - bu ma'lumot olish va almashish va hamkorlik qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan onlayn resurslarni tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Ijtimoiy tarmoqlar tobora elektron ta'lim uchun ko'proq foydalanilmoqda va yangi bilimlarni yaratish va tarqatishning tez sur'atlariga va har qanday vaqtda va har qanday joyda o'rganishga bo'lgan ochlikka mos ravishda mos kelishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u foydalanuvchilar jamoatchiligi o'rtasida tezkor o'zaro aloqalar uchun imkoniyat yaratadi.masalan , Usenet), bloglar ( masalan , WordPress, TypePad va Blogger), mikrobloglar ( masalan , Twitter), ijtimoiy tarmoqlar ( masalan , Facebook, LinkedIn, Doximity va Google+), ijtimoiy xatcho'plar ( masalan , Flickr), ijtimoiy kuratsiya ( masalan , Reddit va Pinterest) va vikilar ( masalan , Vikipediya).
Bizning fikrimizcha, elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi:
− o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talablarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;
− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
− o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash. Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi kompyuter texnikasi vositalari yordamida o‘qitishdir.
Vazirlar mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 816-sonli qarorida Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yilgantalablar keltirilgan.Ushbu nizomning 5 bobi elektron o’quv adabiyotlarini yaratish tamoyillari va ularga qo’yiladigan talablarga bag’ishlangan.
Elektron o‘quv adabiyotlarini (darsliklarni) yaratish tamoyillari:
modullilik tamoyili — o‘quv materialini hajmi bo‘yicha kichik, ammo tarkibi bo‘yicha bir butun bo‘lgan modullardan (bo‘limlardan) iborat bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lib chiqilganligi;
to‘liqlik tamoyili — har bir yaratilayotgan bo‘lim (modul) uni tashkil etuvchi nazariy va amaliy qismlar, nazariy bilimlarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan nazorat savollari (testlar), mustaqil echish uchun topshiriq va amaliy ko‘nikmalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan mashqlar, tajribalar va tegishli sharhlardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqligi;
ko‘rgazmalilik tamoyili — har bir bo‘limda (modulda) yangi tushunchalar, fikrlar hamda uslublarni tushunarli va eslab qolishni yengillashtiruvchi matnlar hajmi o‘lchamlari kichik bo‘lgan kadrlarning ketma-ketligidan iborat bo‘lishi;
tarmoqlanish tamoyili — har bir bo‘limlardan (modullardan) gipermatnli havolalar orqali boshqa bo‘limlar bilan bog‘lanish imkoniyatlari mavjudligi, o‘rganilayotgan fan materiallari cheklanmagan holda bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borish imkoni bo‘lishi.
boshqaruvchanlik tamoyili — ta’lim oluvchilar ekranda tasvirlanadigan kadrlarning almashuvini o‘zlari mustaqil boshqara olishlari, istalgan mavzu yoki ma’lumotlarni, tushunchalar, fikrlar, illyustratsiya materiallari va multimediyalarni ekranga chiqarish imkoniga ega bo‘lishi, o‘quvchi va ta’lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni nazorat savollari, testlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali tekshirish imkoniyati mavjudligi;
ko‘nikuvchanlik tamoyili — elektron darslik o‘quv jarayonida aniq foydalanuvchi ehtiyojlariga ko‘nikib borishini ta’minlashi, o‘rganilayotgan materialning chuqurligi va murakkabligini hamda ta’lim oluvchining kelgusi ta’lim bosqichiga bog‘liq holda amaliy yo‘naltirilganligini o‘zgartirib borishga imkoniyat yaratishi, foydalanuvchilar o‘z ehtiyojlariga ko‘ra qo‘shimcha illyustratsiya materiallarini yuzaga keltira olishlari, o‘rganilayotgan tushunchalarni chizma va geometrik jihatdan talqin qila olishlariga xizmat qilishi;
kompyuterli qo‘llab quvvatlash tamoyili — ta’lim oluvchilar o‘rganish jarayonining istalgan paytida o‘quv materialining mohiyatiga o‘ziga diqqatni jalb etishga undovchi topshiriq va masalalarni qarab chiqish hamda ularni bajarishda kompyuterdan foydalanishlari uchun sharoit mavjudligi. Elektron o‘quv adabiyotini kompyuterda o‘rganishda murakkab almashtirish amallarini, turli xil hisoblashlarni va grafiklarni tuzib chiqish, rasm va sxemalarni chizish, murakkab darajadagi turli amallarni bajarish imkoniyatlari mavjudligi;
yig‘iluvchanlik tamoyili — elektron darslikni yangi bo‘limlar va mavzular, fan va texnika yangiliklari bilan kengaytirib va to‘ldirib borishga imkon berishi hamda maxsus va alohida fanlar bo‘yicha elektron kutubxonalarni yoki ta’lim oluvchilar, (u o‘qiyotgan mutaxassislik va kursga mos holda) o‘qituvchilar yoki tadqiqotchilarning xususiy elektron kutubxonalarini shakllantirishiga imkon yaratishi.
Elektron darslikka qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar:
elektron darslikning mazmuni va tarkibi ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga mos kelishi kerak;
elektron darslikning tuzilmasi va mazmuni o‘quv materialini chuqur o‘rganishga mo‘ljallash bilan bir vaqtda o‘rganilayotgan fanning o‘quv dasturiga mos kelishi kerak;
o‘qitishda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini hisobga olishda o‘quv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta’minlash, o‘quv materialini elektron darslik yordamida o‘zlashtirish jarayoni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi zarur;
elektron darslik ta’lim oluvchilarning yoshi hamda alohida xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlashi zarur, o‘quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklashga yo‘l qo‘ymasligi lozim;
ta’lim oluvchiga an’anaviy o‘quv adabiyotlarida imkoni bo‘lmagan muammoli topshiriqlar, mashqlar, amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga imkon yaratishi kerak;
o‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlashi, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari, uch o‘lchamdagi modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatish imkonini berishi lozim;
elektron darslikdan foydalanishda bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak;
elektron darslik o‘quv faoliyatining izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko‘rinishlarini avtomatlashtirishni, hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi kerak;
elektron darslik murakkab obyektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining imitatsiyasini, turli jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o‘tish vositalarini tarkibida saqlashi kerak.
Elektron darslikka qo‘yiladigan o‘ziga xos didaktik talablar quyidagilar:
moslashuvchanlik talabi — elektron darslik ta’lim oluvchining xususiy imkoniyatlariga, ya’ni o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchining bilimi, ko‘nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi;
o‘qitishning interfaollik talabi — elektron darslik o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi, interfaol muloqot va qaytarma aloqani ta’minlashi;
vizuallashtirish talabi — elektron darslik o‘quv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish zarurligi;
ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talabi — fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon berishi;
tizimlilik talabi — elektron darslik o‘quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog‘liqligini, to‘liqligi va uzluksizligini ta’minlashi.
Elektron darslik o‘zida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o‘rgatuvchi tizimiga ega bo‘lishi, o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi kerak.
Elektron darsliklarga qo‘yiladigan umumiy texnik, texnologik talablar. Elektron darslik:
lokal va boshqa tashqi axborot tashuvchilarda, tarmoqli tartibotda harakatlanishi;
multimediya va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini maksimal qo‘llash imkonini berishi;
ishlash qobiliyati puxta va barqaror bo‘lishi;
turli elektron tashuvchilarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishi;
lokal va tarmoqli tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘lishi;
jamoaviy ishlash imkonini (o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan interaktiv va qaytarma aloqada bo‘lishi) berishi kerak.
Elektron darsliklarni yaratishning o‘quv-uslubiy, texnik, texnologik tartibi tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.1
Ushbu bobda elektron darsliklar va ularni yaratishga qo’yilgan umumiy talablar keltirilgan bo’lib elektron darsliklarning keng imkoniyatlari va o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatini berishi haqida keltirilgan.
Quyidagi vositalar talabalarni o’rgatish va o’qituvchilar bilan o'zaro aloqada bo'lishda yordam berish uchun ijtimoiy tarmoqlarning kuchidan foydalanadi. 1. Grockit: Grockit o'quvchilarni ushbu yirik ijtimoiy saytda o'qigan kurslari orqali birlashtiradi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə