Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

KURS ISHINING HIMOYASI 
Kurs ishining sifati va uni bajarilishdagi talabaning faolligi, bilimi va 
ko‘nikmalarini baholashning o‘ziga xos shakllaridan biri ish himoyasidir. 
Bajarilgan ishni chuqur tushunishi, taklif etilgan muammo yechimlarini har 
tomonlama asoslab berish qobiliyatini shakllantirishda kurs ishining himoyasi 
muhim o‘rin tutadi. Kurs ishi himoyasi kafedra tomonidan belgilangan 2-3 
o‘qituvchidan tashkil etilgan hay’atda, kurs ishi rahbari va guruh talabalari 
qatnashuvida tashkil qilinadi. Ochiq himoya guruh talabalariga shu guruh a’zolari 
tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishishiga imkoniyat berishi bilan bir vaqtda
ish rahbarlarini himoya qilinayotgan ishlardagi bir xil talab bilan yondashishga olib 
keladi. 
Himoya talaba tomonidan bajarilgan kurs ishi bo‘yicha 8-10 minutli ma’ruza 
va savol javobdan iborat bo‘ladi. Ma’ruzada ishning mohiyatini talaba har 
tomonlama yoritib berishi kerak. Savollar himoyada qatnashayogan professor-
o‘qituvchilar tomonidan beriladi. 
Kurs ishi umumiy “5” baho yuzasidan baholanadi. Rasmiylashtirilgan kurs 
ishi ilmiy rahbar tomonidan baholanadi. Shuningdek kurs ishi himoyasi vaqtidagi 
ma`ruza va savollarga javob alohida baholanadi. 3 ta bahoning o`rtachasi qo`yiladi 
Himoya vaqtidagi qaydnoma ikki nusxada to‘ldiriladi. Qaydnomalardan biri 
kafedrada, ikkinchisi dekanatda saqlanadi. Kurs ishni bajarishi va himoya qilish 
natijasida 3 o‘tish bahosini olgan talabani reyting daftarchasiga ish rahbari 
tomonidan baho qo‘yiladi. 
Topshiriqda ko‘rsatilgan muddatda kurs ishini himoyaga taqdim etmagan va 
sababsiz himoyaga kelmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Akademik guruh talabalarining kurs ishlari himoyasi yakunlangandan so‘ng 
ishni bajarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan turdosh kamchiliklar, eng yaxshi hamda 
sifatsiz kurs ishlari rahbar tomonidan tahlil qilinib suhbat o‘tkaziladi. 
Amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan kurs ishlari talabalar ilmiy
jamiyati (TIJ) tanlovlariga taqdim etiladi va rektorning buyrug‘i bilan 
rag‘batlantiriladi va amaliyotga joriy etish uchun taqdim etilishi mumkin. 


28 
Ilova. Kursh ishidan namuna 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə