Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/318
tarix25.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#106917
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   318
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Balki bu beklar chindan ham Boburni aldayotgandir? Balki mana shunaqa beklar Axsida 
Umarshayx mirzoni jardan itarib yuborib o‘ldirgandirlar? Balki bular erta-indin Boburning 
joniga ham qasd qilishar? 
Birdan Boburning beg‘am yurgan davri esiga tushdi. Kechagina u tengdosh o‘rtoqlari 
bilan ot choptirib o‘ynab yurmaganmidi? Alisher Navoiyning rasmiga tikilib musaffo 
yoshlik xayollariga berilgani qachon edi? Oradan bir necha yil o‘tganga o‘xshaydi. 
Holbuki, shu bugun ertalab, shu bugun choshgohda uning hayoti quyoshli osmonday 
tiniq va sof edi-ku. Bu qora bulutlar uning atrofiga qayoqdan yopirilib keldi? «Yasoq!» — 
deb qichqirayotgan har darg‘azab bek Boburdan quyoshni to‘sib olgan bir qora bulutga 
o‘xshardi. Boburni chir-mab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning 
shamoli emasmikan? Nahotki bu bulutlar doim toju taxt bilan birga yursa-yu, Darvesh 
govga o‘xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo‘lsa?! Boya Boburga xuddi bulutlar 
orasidan suzib chiqqan to‘lin oyday go‘zal ko‘ringan toju taxt endi oy tutilgan tunday 
vahimali tusga kirdi. Bobur noma’lum xavf-xatardan seskanib, Xo‘ja Abdullaga yordam 
so‘raganday qaradi: 
— Ustod! 
Xo‘ja Abdulla unga tomon surilib: 
— Amirzodam, bardam bo‘ling, — dedi. 
— Ne qilay, ayting!.. — shivirladi Bobur. 
— Hukm chiqaring! Beklar yasoqqa yetsin deb talab qilmoqdalar. 
— Siz-chi, ustod? 
Agar Xo‘ja Abdulla, o‘tirganlarga qarshi chiqib, Darvesh govni yoqlasa, shuncha amal-
taqal bilan boshlari zo‘rg‘a qovushgan beklar yana parokanda bo‘lib ketishlari aniq edi. 
— Amirzodam, — shivirladi Xo‘ja Abdulla, — podshohlik udumiga binoan xatarli urush 
paytida tojdorlar sha’niga nomunosib gap aytgan odam jinoyatchi hisoblanur! Darvesh 
gov yana bu yerda ham tilini tiymay chatoq qildi. Barcha beklarni yomonlab, qarg‘ab, 
olovga moy sepdi! Endi siz... bitta Darvesh govni deb barcha beklardan voz 
kecholmagaysiz. Vaziyat tahlikali... Siyosat uchun govni yasoqqa yetkazmoqdan boshqa 
iloj yo‘q! 
___________ 
* B a r i ya t — bek va a’yonlar. R a i y y a t — fuqaro.
* * * 
Ertasi kuni peshinda Andijon arkining qarshisidagi jazo maydonida nog‘oralar chalindi. 
To‘plangan xaloyiqning ko‘zi oldida Darvesh gov, yomon ovoza tarqatishda ayblanib 
boshi kesildi. 
Yoqubbek Ahmad Tanbalni yapasqi navkari bilan birga o‘sha kuni kechasi Axsiga 
yashiriqcha jo‘natib yuborgan edi. Ikki oradagi sir sirligicha qoldi. 
Dushman Marg‘ilonni olib, Andijonga tahdid solmoqda edi. Xo‘ja Abdulla boshliq elchilar 
Boburning nomidan Samarqand podshosining Marg‘ilondan beridagi qarorgohiga borib, 
sulh tuzishni taklif qildilar. 
— Siz bilan urush boshlagan iningiz Umarshayx mirzo jardan yiqilib shunqor bo‘ldi!* 
Bobur mirzoni farzand o‘rnida ko‘rgaysiz! Axir u zot sizga kuyov bo‘lish orzusidalar! Sizni 
bosh hukmdorimiz, deb tan olurlar! O‘lpon to‘lagaymiz! Urushni to‘xtating, hazratim! 
Xo‘ja Abdullaning bu taklifiga samarqandlik beklar qattiq qarshi chiqdilar. Ular Andijon 
va Axsini bosib, talab, katta-katta o‘lja olish umidida edilar. Sulh ularni mana shu 
o‘ljalardan mahrum qilar, o‘lponni podshohning bir o‘zi olar edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə