Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/318
tarix25.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#106917
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Shuncha joydan qon kechib, jon berib-jon olib kelib, endi yetdik deganda quruq 
qaytamizmi? — dedi Muhammad tarxon nomli bek. 
Sulh tuzmang, hazratim! 
— Qattiq turing! — deyishdi boshqa beklar ham. 
Sulton Ahmad mirzo beklarning ra’yini qaytarolmaydigan zaif tojdorlardan edi. Xo‘ja 
Abdulla boshliq elchilar undan rad javobi olib qaytdilar. 
Endi avvalgidan battar qirg‘in bo‘lishini sezgan bek va navkarlar Andijon qo‘rg‘oniga kirib 
bekina boshladilar. 
___________ 
* Vafot etdi ma’nosida.
QUVA 
JASORATNING JAZOSI 
1 
O‘tgan kuni otlanib Andijonga ketgan mulla Fazliddin bugun qattiq iztirob ichida yana 
Quvaga qaytdi. 
U Boburning otasi o‘rniga hukmdor bo‘lganini eshitib undan himoya so‘rash niyatida 
arkka borgan edi. Agar uning huzuriga kirsa noumid qaytmasligiga ishonardi. Chunki 
mulla Fazliddin chorbog‘da ko‘shk qurgan paytlarda Bobur bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lgan, 
uning zehni o‘tkir, shoirtabiat, zukko o‘spirin ekanini sezib, Alisher Navoiy suratini hadya 
qilgan edi. Endi mulla Fazliddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib 
bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. Lekin ark darvozasi oldida o‘sha 
dorug‘a Uzun Hasan turgan ekan. 
— Bobur mirzoning huzuriga kirmoq uchun maxsus ruxsat kerak, — deb uning yo‘lini 
to‘sdi. 
— Ruxsatni kim berur, janob dorug‘a? 
— Eshik og‘a Yoqubbek janoblari!.. Ana, o‘zlari ichkaridan chiqmoqdalar!.. 
O‘ntacha navkar qurshovida ichkaridan otliq chiqib kelayotgan Yoqubbek faqat birinchi 
vazir darajasidagi eshik og‘alar taqadigan enli oltin kamarni beliga taqib olgan edi. Puli 
katta bu bek Andijon mudofaasiga hammadan ko‘p mablag‘ ajratgan edi. Uning 
navkarlari ham boshqa beklarnikidan ko‘proq edi, o‘zi ham Boburga ixlosi zo‘rligini har 
ishda namoyish qilib, tunu kun tinmas edi. U birinchi kuniyoq Boburga o‘zini sodiq 
ko‘rsatgani ustiga bu hammasi qo‘shilib, axiri sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lib olgan edi. 
Buni endi bilgan mulla Fazliddin xiyol sarosimaga tushdi. Lekin o‘zini dadil tutishga 
tirishib, otliq kelayotgan Yoqubbekning qarshisidan chiqdi: 
— Janob eshik og‘a, ijozat bering, kamina Bobur mirzo huzurlariga kiray! 
Yoqubbek otining jilovini tortib, xiyol to‘xtadi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turgan mulla 
Fazliddinga tepadan kinoyali nazar tashladi: 
— Kirib ne qilmoqchisiz? 
— Arzim bor... Me’morlik san’atiga oid... 
— Hozir yosh podshohimizga me’morlar emas, mamlakat mudofaasiga yaraydigan 
navkarlar kerak! Urush tugagandan so‘ng keling! 
Yoqubbek: «Gap tamom!» degandek qilib, otini yeldirganicha o‘tib ketdi. Mulla Fazliddin 
bir lahza qaqqayib turib qoldi. Bir vaqt Uzun Hasanning: 
— Janob me’mor, tavochilar navkarlikka odam olmoqdalar, istasangiz borib navkar 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə