Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

Jarayonga bog‘liq 
ravishda, kvant 
obyektlari o‘zini yoki 
to‘lqin, yoki zarra 
sifatida namoyon 
qiladi.


 


De Broyl to‘lqinlari 
Eynshteyn ko‘rsatib berganidek
, agar yorug‘lik 
to‘lqinlari o‘zini xuddi zarracha kabi tuta olsa, unda 
zarrachalar ham o‘zini to‘lqin singari namoyon qila 
oladimi? 1923-yilda Lui de Broyl ushbu taxminning 
qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini tekshirib 
ko‘rmoqchi bo‘ldi va materiya uchun to‘lqin 
nazariyasini ishlab chiqdi. U shunday mulohaza 
yuritgan: agar, elektron va u singari zarrachalar o‘zini 
xuddi to‘lqin singari tutganida, unda, ularning o‘ziga 
xos chastotasi va to‘lqin uzunligi bo‘lishi kerak edi va 
ular to‘lqinlarga xos bo‘lgan hodisalar, ya’ni, 
difraksiya va interferensiya hodisalarini ham 
namoyon qilishi kerak edi. Ushbu mulohazaga 
asoslangan holda, de Broyl, massasi ma’lum bo‘lgan 
zarrachaning to‘lqin uzunligi, uning tezligi bilan 
bog‘liq bo‘lishini, hamda, ushbu zarrachaning 
chastotasi esa, uning energiyasiga proporsional 
bo‘lishini hisoblab chiqardi. De Broylning mazkur 
g‘oyalari va hisob-kitoblari ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 
1927-yildayoq o‘z isbotini topdi. O‘shanda, avval 
AQSHda Lester Jermer, hamda, Buyuk Britaniyada 
Klinton Devisson va Jorj Tomsonlar tarafidan
mustaqil tajribalar orqali, elektronlarning difraksiyasi 
kashf etilgan edi. Har ikkala tajribada ham, qattiq 
nishonga yo‘naltirilgan elektronlar o‘zini xuddi 
to‘lqin singari namoyon qilib, difraksion tasvir hosil 
qilgan edi. Nazariyaning haq ekanini isbotlab bergan 
keyingi tajriba ikkita tirqishlar orqali o‘tkazilgan 
elektronlarning interferensiya namoyon qilishi 
bo‘lgan. O‘shandan buyon, turli molekulalar uchun 
difraksiya va interferensiya hodisalari qayd etilgan 
bo‘lib, ularning ayrimlari shu darajada kattaki, 
hodisani elektron mikroskop orqali bemalol kuzatish 
mumkin. Elektronlarning to‘lqin tabiatini kashf 
etilishi – kvant fizikasi taraqqiyotining yangi davriga 
eshik ochib berdi.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə