Ikkita tirqishlar bilan bajarilgan tajriba
Plank va Eynshteyn tomonidan yorug‘likning
zarrachalar, ya’ni, fotonlar ko‘rinishida nurlanishi va
yutilishi ko‘rsatib berilishidan rosa bir asr muqaddam
Tomas Yung buning tamomila aksini ta’kidlovchi
mashhur tajribasini o‘tkazgan edi. Agar, yorug‘lik
nurini ikkita ingichka tor tirqishga ega bo‘lgan ekran
tomon yo‘naltirib, ushbu ekranning ham ortiga yana
bir ekran joylashtirilsa, mantiqqa ko‘ra, narigi –
ikkinchi ekranda birinchi ekrandagi tor tirqishlardan
o‘tib kelgan ikkita ingichka nur tushishi kerak xolos.
Lekin, tajriba boshqacharoq narsani ko‘rsatib beradi.
Ya’ni,
tajribada, ikkinchi ekranda bir-biriga juda
yaqin joylashgan bir necha yo‘l-yo‘l chiziqlardan
iborat tasvir paydo bo‘ladi. Odatda,
bir-biri bilan
kesishayotgan to‘lqinlar o‘zini shunday tutadi. Lekin,
yorug‘lik ikkinchi ekranga diskret fotonlar tarzida
yetib
boradi-ku?!
Ikkita
tirqish
yordamida
bajariladigan tajriba juda tomoshabop jarayon bo‘lib,
u yorug‘likning xuddi to‘lqin kabi tarqalishi, lekin,
zarrachalar bilan xuddi zarracha singari o‘zaro
ta’sirlashishini yaqqol ko‘rsatib beradi.
Boshqa
zarrachalar uchun ham aynan shu tasdiq o‘rinlidir.
Ikkita tirqishlar bilan ushbu tajribani elektronlar
oqimi uchun ham takrorlab ko‘rilsa, unda ham shunga
yaqin natija chiqadi. Agar, ekranga elektronlarni atiga
bir donadan yo‘naltirilsa ham, baribir natijada
interferension tasvir paydo bo‘ladi.
Bundan kelib
chiqmoqdaki, atiga bitta elektron ham o‘zini xuddi
to‘lqin singari tutmoqda va uni faqat o‘zi bilan
interferensiyalash mumkin xolos! Avvaliga bu tajriba
Richard
Feynman
tomonidan
taklif
qilingan
«faraziy» tajriba bo‘lgan.
Keyinchalik, mazkur
tajriba va uning xulosalari amaliyotda ham o‘z
isbotini topdi.
Dostları ilə paylaş: