|
Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadanKeyinchalik ushbu hodisani fanda «Jozefson kontakti» deb yuritila boshlandi. Bu –kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadanKeyinchalik ushbu hodisani fanda «Jozefson kontakti» deb yuritila boshlandi. Bu –
makroskopik miqyosda amalda qo’llashga o’tilgan ilk kvant hodisasi edi.
Jozefson 1973-yilda, ya’ni, atiga 33 yoshida Nobel mukofotini qo’lga kiritgan. U kvant
tunnellanishi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yana ikkita yetuk fizik olimlar
bilan birgalikda ushbu mukofotni taqsimlab olgan edi. Odatda, agar Nobel mukofoti
bir vaqtda bir necha kishiga berilsa, mukofotning pul qismi laureatlar orasida teng
taqsimlanadi. Lekin, o’sha 1973-yilda, mukofot qo’mitasi adolat yuzasidan maxsus
qaror chiqargan va pul mukofotining teng yarimini Jozefsonga bergan. Qolgan ikki
olim esa, mukofotning qolgan teng yarmini ikkiga bo’lib olishgan.
Jozefson Kembrij universitetining to’laqonli professori darajasini 1974-yilda qo’lga
kiritdi va to 2007-yilgacha, ilmiy tadqiqotlar bilan uzluksiz shug’ullandi.
1970-yillar oxirida Jozefson negadir ilm-fan uchun mas’ul bo‘lgan rasmiy shaxslardan
norozi bo’la boshlaydi va zamonaviy rasmiyatchilik ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli
yo’nalishlariga yetarlicha e’tibor bermayotganini ta’kidlaydi. U o’sha yillari sharqona
falsafa va meditatsiya masalalariga qiziqib, ong va tafakkur masalalari bilan
shug’ullanishga kirishadi. Ya’ni, u aniq fanlar sohasidan biroz chetlanib, ijtimoiy-
falsafiy yo’nalishga qadam qo‘yadi. Shu yo’nalishda izlanishlar olib borib, 1988-yilda
Jozefson Kembrij universitetida «Ong va materiyani birlashtirish» loyihasiga asos
soladi. Qizig’i shundaki, ushbu loyiha doirasida, Jozefson aslida nazariy fizikaga
aloqasi bo’lmagan va asosan madaniyat yo’nalishiga taalluqli bilan mavzularda ham
tadqiqotlar olib bora boshlagan. Masalan, uning o’sha yillarda olib borgan ishlarida,
ijtimoiy ong, musiqa, hamda, tilshunoslik va nutq masalalari qamrab olingan ishlarni
Dostları ilə paylaş: |
|
|