Jozefson kontakti
1962-yilda Brayan Jozefson tomonidan, o‘ta
o‘tkazgichda qarshiliksiz harakatlanayotgan va
o‘zaro bog‘langan elektronlar juftligi, ya’ni, Kuper
juftligi – ikkita o‘tkazgich orasidagi dielektrik to‘siq,
ya’ni, tok o‘tkazmaydigan material orqali ham
tunnellanib o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi g‘oyani
taklif qildi. Albatta, bu paytda, mazkur fizik jarayon
olimlarga allaqachon ma’lum edi. Lekin, xona
haroratida
ham
to‘siqni
yengib
o‘tib bir
o‘tkazgichdan boshqasiga o‘tib
keta oladigan
elektronlardan farqli o‘laroq, Kuper juftligi uchun
to‘siqni yengib o‘tishda magnit maydoni zarur
bo‘lmaydi. O‘ta o‘tkazgichlardagi barcha Kuper
juftliklari aynan bitta to‘lqin funksiyasiga ega bo‘ladi
va dielektrik to‘siqning har ikki tarafidagi to‘lqin
funksiyasi fazalari farqi ushbu juftlikni to‘siq orqali
spontan tunnellanishga majbur qiladi. Lekin, agar
shunda, o‘tkazgichlar
orasida kuchlanish hosil
qilinsa, unda Jozefson toki juda yuqori chastotali
tebranma tokka aylanadi. Tebranishlarni esa,
kuchlanishdan ko‘ra kattaroq aniqlik bilan o‘lchash
mumkin. Jozefson kontaktlarining aynan ushbu
xossasidan o‘ta katta favqulodda aniqlikdagi
voltmetrlarda foydalaniladi. Agar, Jozefson kontakti
yopiq zanjir ichida joylashgan bo‘lsa,
undagi
kuchlanishning o‘zgarishida va tebranma tok hosil
bo‘lishida hatto juda past, o‘ta sust magnit maydoni
ham ta’sir qiladi. Bunday kontaktlar qo‘llanadigan
uskunalarini xalqaro ilmiy manbalarda SQUID,
o‘zbekchada esa O‘O‘KI deyiladi. Bu – o‘ta
o‘tkazgichli kvant interferometri degan so‘zning bosh
harflaridan yasalgan akronimdir. SQUID orqali hatto
inson bosh miyasi neyronlari hosil qilayotgan o‘ta
past kuchlanishli, ilg‘ash mushkul bo‘lgan darajadagi
sust magnit maydonini ham qayd qilish va o‘rganish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: