Nolinchi nuqta energiyasi
Geyzenbergning
noaniqliklar
tamoyiliga
taalluqli
energiyaning vaqtga bog‘liqligi formulasiga
asosan,
qisqa muddat davomida, energiyaning
fluktuatsiyalanishi imkoni mavjuddir. Bundan kelib
chiqadigan
xulosalardan biri shuki, istalgan kvant
sistemasi, «nolinchi nuqta energiyasi» deb
nomlanuvchi eng past (minimal) energetik holatga
ega bo‘ladi va energiya ushbu darajadan pastga tusha
olmaydi. Hattoki, vakuumdagi
kvant maydonlarida
ham o‘ziga xos nolinchi nuqta energiyasi mavjud
bo‘ladi. Shu sababli ham, siz bilan biz «bo‘shliq» deb
o‘ylaydigan vakuum hududi aslida bo‘shliq ham
emas! Uni, bir lahzaga paydo bo‘ladigan va shu
ondayoq yana yo‘q bo‘lib ketadigan «virtual»
zarralarning doimiy
mavjlanib turuvchi dengizi
sifatida tasavvur qilish mumkin. Vakuumda qancha
energiya borligini hech kim bilmaydi. Ba’zi nazariy
taxminlarga ko‘ra, vakuumda energiya juda ko‘p
miqdorda bo‘lishi mumkin; lekin, Koinotni yirik
miqyoslarda kuzatish ishlari shuni ko‘rsatmoqdaki,
vakuumda energiya unchalik ham ko‘p emas. Garchi,
ushbu masala hozirda ilm-fanda o‘z
yechimini
kutayotgan masalalar sirasiga kirsa-da, biroq,
vakuumda
ham
nolinchi
nuqta
energiyasi
mavjudligiga ishora qiluvchi muvaffaqiyatli o‘tgan
amaliy tajribalar ham allaqachon uddalangan!
Vakuumdagi nolinchi nuqta energiyasi haqida gap
borganda, odatda Kazimir effekti albatta tilga olinadi.
Unga ko‘ra, o‘zaro o‘ta yaqin joylashgan plastinalar
bir-biriga tortiladi. Ushbu
effekt haqida ilk bora
1948-yilda Xendrik Kazimir ilmiy taxmin bildirgan
edi va keyingi yillarda, uning taxmini to‘g‘ri ekani,
laboratoriya tajribalarida bir necha bor tasdiqlandi.
Lekin, bu nolinchi nuqta
energiyasi haqiqatan ham
mavjudligini isbotlay oladimi?
Dostları ilə paylaş: