Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

3 soniyalik fakt 
 
Chayqatib yuborilgan 
o‘ta oquvchan suyuqlik 
abadiy aylanadi
.
Aloqador mavzular: 
 

O‘ta o‘tkazgichlar
 
(127-sahifa)

Boze-Eynshteyn 
kondensati
(144-sahifa) 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
O‘ta oquvchan geliy bu 
– haqiqiy mo‘jizadir. 
Ishqalanish kuchining 
butunlay yo‘qqa chiqishi 
sababli, o‘ta oquvchan 
suyuqlik o‘zi turgan 
idishning devorlarida 
bemalol, hech qanday 
qiyinchiliksiz sizib 
chiqib ketadi va oralig‘i 
atiga bir necha atom 
qalinligicha keladigan 
o‘ta mayda tirqishlardan 
ham o‘tib keta oladi. 
O‘ta oquvchan geliydan 
ilk marta 1983-yilda 
kosmik rasadxonadagi 
orbital infraqizil 
teleskopning 
ko‘zgularini sovitish 
maqsadida amaliy 
foydalanilgan edi. Mis 
qoplamasi orqali 
diffuziyalanishi sababli 
o‘shanda suyuq o‘ta 
oquvchan geliy orbital 
teleskop uchun ‒271,55 
℃ haroratni barqaror 
saqlab berib turgan.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Xayke Kammerling 
-Onnes 
(1853-1926) 
Materiallarni o‘ta past 
haroratlarda tadqiq qilish 
usullarini ishlab chiqqan 
golland fizigi
.
 
Jon Bardin 
(1894-1984) 
O‘ta oquvchanlik 
hodisasini kashf etgan 
sovet fizigi. Ushbu 
hodisa ustida shuningdek 
ingliz fiziklari Jon Allen 
va Donald Mayzner ham 
tadqiqot olib borgan.
 
O‘ta oquvchan 
suyuqlikda 
ishqalanish 
bo‘lmaganligi uchun, 
uni chayqatib 
yuborilsa, u beto‘xtov 
(abadiy) 
aylanaveradi.




Boze-Eynshteyn kondensati
Maktabdagi fizika darslarida moddaning agregat
holatlari uchun xil bo‘lishini, ya’ni, modda suyuq, gaz 
holatida bo‘lishini uqtiriladi. Ayrim ilg‘or fizika 
o‘qituvchilarigina, moddaning agregat holatlari ichida 
to‘rtinchisi 
sifatida 
plazmani 
ham 
o‘quvchilarga 
tanishtirib o‘tishadi. (Plazma – zaryadlangan ionlardan 
iborat modda bo‘lib, u ko‘proq gazga o‘xshaydi). Lekin, 
zamonaviy fizikada moddaning agregat holatlari aslida 
beshta deb tan olingan bo‘lib, yuqorida sanalgan to‘rt xil 
holatdan tashqari, tabiatda shuningdek «Boze-Eynshteyn 
kondensati» holati ham mavjuddir. Boze-Eynshteyn 
kondensati moddani deyarli mutlaq nol haroratgacha 
sovitish natijasida hosil bo‘ladi. Bunda, modda atomlari 
fermionlardan iborat bo‘lishi (elektron va protonlar 
singari), yoki, bozonlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. 
Fermionlardan tashkil topgan moddadan Boze-Eynshteyn 
kondensati olish birmuncha mushkul. Sababi, buning 
uchun fermionlar bir-biri bilan o‘zaro yaqin joylashgan 
bo‘lishi va amalda olish qiyin bo‘lgan noyob holatda 
bo‘lishi talab etiladi. Bozonlar bilan, masalan, yorug‘lik 
fotonlar bilan bunday kondensat olish osonroq deb 
qaraladi. Chunki, bozonlar butun bir guruh hosil qilgan 
holda, yaxlit tarzda umumiy holatga kirishishi mumkin. 
Shu sababli ham, Boze-Eynshteyn kondensati haqida gap 
ketganda, olimlar uni bozonlardan tashkil topgan bo‘ladi 
deb ta’kidlashadi (ya’ni, fermionlardan bunday kondensat 
olish imkoniyati deyarli yo‘q darajada bo‘lgan uchun, u 
istisno qilinadi). Boze-Eynshteyn kondensatidagi bozonlar 
favqulodda o‘ta past haroratda bo‘lgani tufayli, eng pastki 
energetik holatga ega bo‘ladi va hammasi bir bo‘lib, 
o‘zlarini xuddi yaxlit bir katta kvant zarrasi singari tuta 
boshlaydi. Natijada, ushbu bozonlardan iborat moddada 
o‘ta oquvchanlik singari g‘ayrioddiy fizik xossalar 
namoyon bo‘la boshlaydi. Bundan tashqari, Boze-
Eynshteyn kondensatini tashkil qiluvchi bozonlar bilan, 
odatda, oddiy zarralar bilan yuz beruvchi fizik jarayonlar, 
masalan, interferensiya singari hodisalar yuz bera 
boshlaydi. Tan olish kerakki, shu choqqacha, Boze-
Eynshteyn kondensatidan biror sohada amalda jo‘yali 
biror naf chiqarilmagan, ya’ni, undan biror maqsad uchun 
amalda foydalanilgan emas. Bu boradagi ayrim urinishlar, 
nazariy taxminlar chegarasidan nari chiqa olmayapti. 
Masalan, bir necha yillar avval, Boze-Eynshteyn 
kondensatidan, oddiy radarlar ilg‘amaydigan «ko‘rinmas» 
samolyotlarni payqash uchun foydalanish imkoniyati 
tekshirib 
ko‘rilgan 
edi. 
Bunda 
mutaxassislar 
gravitatsiyaning sezilar-sezilmas kichik o‘zgarishlari 
kvant interferensiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini 
kuzatish orqali maqsadga erishish mumkin deb taxmin 
qilishgan. Lekin, ushbu g‘oya ham xomxayoldan nariga 
o‘tmadi.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə