O‘ta o‘tkazgichlar
1911-yilda fizik Xayke Kammerling-Onnes
simobning o‘ta past haroratlardagi xossalarini tadqiq
qildi. Uning hayratiga sabab bo‘lgan tarzda,
‒268,95
℃ haroratda simobning elektr qarshiligi bus-butkul
yo‘qolib qoldi! Agar, shunday o‘ta o‘tkazgichga tok
berilsa, unda, tok mazkur o‘tkazgich bo‘ylab abadiy
oqishi ham mumkin. Faqat bitta sharti – o‘tkazgich
berilgan haroratda doimiy saqlanishi kerak. Albatta,
o‘sha paytlarda olimning mazkur fikri ko‘pchilikka
erish tuyulgandi. Lekin, 1950-yillarda Amerikalik
fiziklar Jon Bardin, Leon Kuper va Jon Shriffer
tomonidan, o‘ta o‘tkazuvchanlikning mazkur xossasi
amalda, eksperimental isbotlandi. Ularning tajribalarida
o‘ta past haroratlarda elektronlarning «Kuper
juftliklari»
hosil qilishi, ya’ni, xuddi o‘zaro yaxlit
bozon-zarracha singari namoyon bo‘luvchi juftlikka
birlashishini ko‘rsatib berdi. Bir vaqtning o‘zida bir
joyda bir xil holatda bo‘la olmaydigan fermionlardan
farqli o‘laroq, bunday juftliklar, xuddi fotonlar singari
aynan bir vaqtning o‘zida aynan bir xil holatda va ko‘p
sonda to‘planib, guruh hosil qilishi mumkin. O‘ta past
haroratlarda esa, o‘zini xuddi
yaxlit bir-butun singari
tutishi mumkin bo‘lgan ko‘p sondagi Kuper juftliklari
to‘plami hosil bo‘ladi va bu to‘plamni o‘ziga xos
«kondensat» deyiladi. Oddiy o‘tkazgichlarda tok oqqan
paytda, elektronlar alohida-alohida, yakka holda
harakatlanadi; o‘ta o‘tkazgichlarda esa,
tok oqqan
payda o‘ta o‘tkazgich material bo‘ylab ushbu kondensat
yaxlit holda harakatlanadi va u o‘z yo‘lida, mazkur
materialni tashkil qiluvchi atomlarning qarshiligiga
yo‘liqmaydi. O‘ta o‘tkazgichlar magnit-rezonans
tomograflar uchun, yoki,
zarrachalarni tezlatkich
uskunalari uchun o‘ta kuchli magnitlar hosil qilish
imkonini beradi. Aynan ushbu o‘ta o‘tkazuvchanlik
hodisasi sababli ham, magnitning o‘ta o‘tkazgich ustida
muallaq turishini ta’minlovchi Meysner effekti yuzaga
keladi. Chunki, o‘ta o‘tkazgichlar magnit maydonini
o‘zidan butunlay chiqarib tashlaydi.
Dostları ilə paylaş: