ҚЎл мускуллари



Yüklə 22,89 Kb.
tarix12.07.2023
ölçüsü22,89 Kb.
#119510
ҚЎЛ МУСКУЛЛАРИ


ҚЎЛ МУСКУЛЛАРИ
Қўл мускуллари қўл эркин суякларининг тана билан мустаҳкам боғлаб тўш – кўкрак бўғинини шакллантиради. Унинг мустаҳкамлигини юқорида куриб ўтилган тана қисмидан бошланувчи мускуллар таъминлайди. Буларга трапециясимон, кўкракнинг катта ва кичик мускуллари, ромбсимон, олдинги тишсимон ва кўкракни юқорига кўтарувчи мускуллар киради. Булардан ташқари, елка камарида елка бўғинининг ҳаракати ва мустаҳкамлигини бевосита таъминлайдиган мускуллар ҳам жойлашган. Уларга дельтасимон, курак қирра усти мускули, курак қирра ости, кичик думалоқ ва катта думалоқ мускуллари киради (46 – расм), Қўл мускуллари Yelka kamari muskullari • 1. Dеltasimоn muskul (m.deltoideus). • 2. Кurak qirra usti muskuli (m.supraspinalis). • 3. Kurak qirra osti muskuli (m.infraspinalis) • 4. Kichik dumaloq muskul (m. teres minor) • 5. Katta dumaloq m (m. teres major) • 6. Kurak osti m (m. subscapularis) Dеltasimоn muskul (m.deltoideus). •Bоshlanadi: umrоv suyagining akrоmial o’sig’i. Kurakning akrоmial o’simtasi va qirrasi. •Birikishi: еlka suyagining dеltasimоn gadir-budirligi. Qisqarganida еlka gоrizоntal хоlatda tashqariga tоrtilib, tanadan uzоklashadi. Kurak qirra usti muskul (m. supraspinalis) •Boshlanadi: kurak qirrasi ustidagi chuqurcha. •Birikishi: yelka suyagining katta do`mbog`i. • Funktsiyasi: qisqarganida qo`lni gavdadan uzoqlashtiradi. Kurak qirra osti muskuli (m. infraspinalis) • Bоshlanadi: kurak qirra ostidagi chuqurcha. • Birikishi: yelka suyagining katta bo`rtig`i. • Funktsiyasi: qisqarganida yelkani tashqi tomonga buradi. Kichik dumaloq muskul (m. teres minor) • Bоshlanadi: kurak orqa yuzasining tashqi cheti. • Birikishi: yelka suyagining katta do`mbog`i. • Funktsiyasi: yelkani tashqi tomonga buradi. Katta dumaloq m (m. teres major) • Bоshlanadi: kurak orqa yuzasining pastki burchagi. • Birikishi: orqaning keng muskuli bilan birgalikda, yelka suyagi kichik bo`rtig`ining qirrasiga birikadi. • Funktsiyasi: muskul qisqarganida yelka orqaga tortiladi va ichki tomonga buriladi. Kurak osti m (m. subscapularis) • Bоshlanadi: kurakning qovurg`aga qaragan yuzasi. • Birikishi: yelka suyagining kichik do`mbog`i. • Funktsiyasi: qisqarganida yelkani ichkariga buradi. Qo`l erkin suyaklarining muskullari • Yelka muskullari uzun muskullar qatoriga kirib, oldingi va orqa guruhlardan tashkil topgan. Muskullarning oldingi guruhi qisqarganida yelka va tirsak bo’g’inlari egiladi, orqa guruhi qisqarganida esa ular yoziladi. Tumshuqsimon yelka muskuli (m. coracobrachialis). • Boshlanishi: kurakning tumshuqsimon o’simtasi. • Birikishi: yelka suyagining oldingi yuzasi. • Funfsiyasi: yelkani ko’taradi. Yelkaning ikki boshli muskuli (m.bicips brachii). • Boshlanishi:uzun boshi kurak suyagining bo’g’im boshidagi g’adir-budur , kalta boshi , kurakning tumshuqsimon o’simtasi • Birikishi: ikkalasi bitta bo’lib bilak suyagining g’adir-buduri va bilak fassiyasi • Funksiyasi: bilakni bukadi va tashqariga buradi. Yelka muskuli (m.brachialis) • Boshlanishi: yelka suyagining oldingi yuzasi • Birikishi: Tirsak suyagi g’adirbudur qismi Yelkaning orqa guruh muskullari. • Yelkaning uch boshli muskuli(m. triceps brachii). • Yelkaning orqa tomonida joylashadi. Uchta boshchaga ega bo’lib, uch xil joydan boshlanadi. • Boshlanishi:uzun boshchasi kurakning bo’g’im osti bo’rtig’i. Ichkli va tashqi boshchalari yelka suyagining orqa yuzasi . • Birikishi: tirsak suyagining tirsah o’simtasi . • Funfsiyasi:qisqarganida bilak yoziladi. Bilak muskullari. • Bilak muskullari uning oldingi va orqa tomonlarida joylashib, har biri o’z navbatida yuza va chuqur qavatda joylashgan muskullarga bo’linadi. Bilakning oldingi yuza qavat muskullari. • 1. Dumaloq pronator muskul(m.pronator teres) • 2. Qo’l panjasi ni bukuvchi bilak muskuli (m. flexor capi radialis) • 3. Kaftning uzun muskuli (m.palmaris longus). • 4. Qo’l panjasini bukuvchi tirsak muskuli (m. flexor capi ulnaris). • 5. Panjani bukuvchi yuza muskul (m. flexor digitorum superficilis). 1. Dumaloq pronator muskul (m. pronator teres) • Boshlanishi:yelka suyagining medial g’adir - budur tepachasi • Birikishi: Bilak suyagining lateral qirrasi. • Funksiyasi:bilak bilan tutashgan barmoqlarni ichkariga buradi va bukadi 3. Kaftning uzun muskuli (m.palmaris longus). • Qo’l panjasini bukuvchi muskul boshlanadigan joydan boshlanadi. Kaft pay plastinkasiga yopishadi. • Funksiyasi: kaftni bukadi. Qo’l panjasini bukuvchi tirsak muskuli (m. flexor capi ulnaris). • Yuza qavatning eng ichkarisida joylashadi . • Boshlanishi: uning ikkita boshchasi bo’lib birinchisi yelka suyagining ichki tomonidagi bo’g’im g’adir-buduri va bilak fassiyasi ikkinchisi esa tirsak suyagining tirsak o’simtasi va uning orqa cheti • Birikishi: no’xatsimon suyak • Funksiyasi:qo’l panjasini bukadi. Panjani bukuvchi yuza muskul M.flexor digitorum superficilis). • Yuqorida aytilgan mushaklardan orqaroqda joylashadi. • Boshlanishi:yelka suyagining ichki tomonidagi bo’g’in g’adir- buduri, tirsak va bilak suyagining oldingi yuzasi. • Birikishi: muskuldan to’rtta pay chiqib , II-IIIIV va V bo’g’inlariga birlashadi. • Funksitasi: barmoqlar va qo’l panjasini bukadi. Bilakning oldingi chuqur qavat muskullari. • 1. Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor pollicis longus). • 2. Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskuli (m. flexor digitorum profundus). • 3. Kvadrat pronator muskuli(m. pronator guadratus). Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor pollicis longus). • Barmoqlarni bukuvchi muskullaridan chetroqda joylashadi. • Boshlanishi:bilak suyagining oldingi yuzasi , bilak suyagining ichki bo’g’im usti. • Birikishi:bosh barmoq bo’g’ini • Funksitasi:Bosh barmoqni bukadi Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskuli (m. flexor digitorum profundus). • Boshlanishi: Tirsak suyagining oldingi yuzasi bilak suyagining suyaklararo pardasi • Birikishi: bu muskul o’zidan to’rtta ingichka pay chiqarib, II, III, IV va V barmoqlarning asosiga tutashadi • Funksiyasi: qisqarganida barmoqlar va panjani bukadi. 3. Kvadrat pronator muskuli (m. pronator guadratus). • Bilakning pastki qismida joylashadi. • Boshlanishi: tirsak suyagining kaft yuzasi • Birikishi: bilak suyagining kaft yuzasi. • Funksiyasi: bilak suyagini ichkariga aylantiradi. Bilakning orqa yuza qavat muskulllari. • 1. Panjani yozadigan uzun bilak muskuli (m. extensor capi radialis) longus). • 2. Panjani yozuvchi kalta bilak muskuli (m. extensor carpi radialis brevis). • 3. Panjani yozadigan tirsak muskuli (m. extensor carpi ulnaris). Panjani yozadigan uzun bilak muskuli (m. extensor capi radialis) longus). • Boshlanishi: yelka suyagining lateral g’adirbudur tepachasi, bilak suyagining lateral cheti. • Birlashishi:ikkinchi kaft suyagining orqa yuzasi • Funksiyasi:panjani yozadi,qo’lni tanadan uzoqlashtiradi. 2. Panjani yozuvchi kalta bilak muskuli(m.extensor carpi radialis brevis). • Boshlanishi:yelka suyagining tashqi tomondagi bo’g’in do’ngi usti va bilaBilakning orqa chuqur qavat muskuli. • 1. Supinatsiya qiluvchi muskul (m. supinator) bilak suyagining orqa tomonida joylashadi. • 2. Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun muskul (m. abductor pallicis longus). • 3. Bosh barmoqni yozadigan kalta muskul (m. extensor pollicis brevis). • 4. Katta barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor pollicis longus). • 5.Ko’rsatkich barmoqni yozadigan muskul (m. extensor indicis) 1. Supinatsiya qiluvchi muskul (m.supinator) • Bilak suyagining orqa tomonida joylashadi. • Boshlanishi:yelka suyagining tashqi tomonidagi bo’g’in do’ngi, tirsak suyagining maxsus qirrasi • Birikishi:bilak suyagini o’ragan holda kaft va uning tashqi yuzasiga yopishadi. • Funksiyasi:qisqarganda qo’l panjasi tashqi tomonga qarab aylantiriladi. 2. Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun muskul (m. abductor pallicis longus). • Boshlanishi: bilak va tirsak suyaklarining orqa yuzasi va bilak suyagining suyaklararo pardasi • Birikishi: bosh barmoqning asos qismi • Funksiyasi: qisqarganida katta barmoqni qo’l panja barmoqlaridan uzoqlashtiradi 3. Bosh barmoqni yozadigan kalta muskul (m. extensor pollicis brevis). • Boshlanishi: bilak va tirsak suyaklarining orqa yuzasi va suaklararo parda • Birikishi: bosh barmoqning kaftga yaqin bo’g’in asosi • Funksiyasi: katta barmoqni yozadi, orqaga tortadi. 4. Katta barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor pollicis longus). • Bosh barmoq muskullarining eng uzuni hisoblanadi. • Boshlanishi: tirsak suyagining orqa yuzasi suyaklararo parda • Birikishi: bosh barmoqni yuqoridagiga o’xshab , orqaga tortadi. 5. Ko’rsatkich barmoqni yozadigan muskul (m. extensor indicis) • Boshlanishi: tirsak suyagining orqa yuzasi va suyaklararo parda • Birikishi: barmoqlarni yozadigan umumiy muskul payi • Funksiyasi: qisqarganda ko’rsatkich barmoq yoziladi. Qo`l panjasi muskullari • 3 guruhga b-di. • 1. bosh barmoq tepaligi muskullari. -4 muskul • 2. jimjimaloq tepaligi muskullari. -4 muskul • 3. kaftning o`rta guruh muskullari. -2 muskul kiradi.
Yüklə 22,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə