Laboratoriy ishlari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə16/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

4 – tajriba. Qiyin eriydigan moddalar hosil qiluvchi reaksiyalar
Reaktivlar: Na2SO4, ZnSO4, ( NH4)2SO4, CuSO4, FeCI3 va natriy gidroksid (yoki KOH) eritmalari. Ish tartibi. a) Uchta probirka olib, biriga natriy sulfat, ikkinchisiga rux sulfat, uchinchisiga ammoniy sulfat eritmasidan 2-3 ml dan quying va har biriga shuncha hajmda BaCI2 eritmasidan qo’shing. Uchala probirkada oq cho’kma hosil bo’lishini kuzating.
b) Laboratoriyada mavjud reakivlardan foydalanib Fe(OH)3 va Cu(OH)2 hosil qilish reaksiyalarini o’tkazing va cho’kmalar hosil bo’lishiga e’tibor bering. Hosil bo’lgan Fe(OH)3 va Cu(OH)2 ning cho’kmalarini 5 v –tajriba uchun saqlab qo’ying.
Topshiriqlar:
1) BaSO4 cho’kmasini hosil bo’lish reaksialarining molekulyar, to’liq va qisqa ionli tenglamalarini yozing.
2) Quyidagi reaktivlar asosida Cu(OH)2ni hosil bo’lish reaksiyalar tenglamalarini yozing:
a) mis(II) xlorid + natriy gidroksid =
b) mis(II) sulfat + kaliy gidroksid =
v) mis(II) nitrat + natriy gidroksid =
3) Tegishli reaktivlardan foydalanib Fe(OH)3 ning hosil bo’lish reaksiya tenglamalarini tuzing.
5– tajriba. Kam dissosilanadigan moddalar hosil qiluvchi reaksiyalar
Reaktivlar: H2SO4 (yoki HCl) va NaOH eritmalari, lakmus qog’ozi, NH4CI va CH3COONa kristallari.
Ish tartibi. a) Probirkaga ammoniy xloridning ozgina kristallaridan tashlang va 2-3 ml natriy gidroksid eritmasidan qo’shing, so’ngra ozgina qizdiring. Ajralib chiqayotgan gazni oxista xidlang.
b) Probirkaga bir necha CH3COONa ning kristallaridan tashlang va ustiga 2-3 ml suyultirilgan sulfat yoki xlorid kislota eritmasidan qo’shing. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan sirka kislotani xidi va lakmus qog’ozi orqali aniqlang.
d) 4 b- tajribadan hosil qilingan Cu(OH)2 va Fe(OH)3 cho’kmalarining ustiga xlorid yoki sulfat kislota eritmalaridan tomchilatib qo’shing. Cho’kmaning erib ketishini kuzating.
Topshiriqlar:
1) Ammoniy xlorid bilan NaOH ning o’zaro ta’sirlashuv reaksiyasini molekulyar, ionli tenglamasini yozing.
2) Tegishli reaktivlardan foydalanib sirka kislota hosil bo’lish reaksiya tenglamasini yozing.
3) Quyidagi: a) Fe(OH)3 + HCl =
b) Cu(OH)2 + H2SO4 =
reaksiyalarini oxiriga etkazing va molekulyar, ionli tenglamalarini yozing.
4) Tegishli reaktivlardan foydalanib CO2 hosil bo’lish reaksiya tenglama-larini molekulyar, ionli shaklda yozing;

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə