Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27

5. Ishni bajarish tartibi


1. Radioqabullagich maketining nazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning ostsillogrammalarini olish.


1.1. 2.2-rasmga muvofiq ulanishni amalga oshirish.



2.2-rasm. Laboratoriya maketining nazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning ostsillogrammalarini olish uchun laboratoriya qurilmasi elementlarining ulanishi sxemasi


Ostsillografning I kirishini PCh generatorning «0 dB»chiqishiga ulash. Ostsillografning II kirishini YuCh generatorning «0 dB»chiqishiga ulash. Ostsillografni sinxronlash rejimi I kirish bo‘yicha amalga oshiriladi. Yoyishning davomiyligi 0,2 ms/bo‘linmaga teng. Ostsillograf kirishlari kommutatori II kirishga beriladigan kuchlanishni vizuallashtirilishiga mos holatga o‘rnatish.


1.2. «KAR» tumblerini “Yoqish” («ВКЛ ») holatga o‘rnatish. Geterodinni yoqish tumblerini “Yoqish” («ВКЛ ») holatga o‘rnatish. Radioqabullagichning yuklamasi sifatida dinamikni ulash. “Ovoz balandligi” («ГРОМКОСТ ») rostlagichini o‘rta holatga o‘rnatish.
1.3. YuCh generator chiqish kuchlanishining parametrlarini quyidagi tartibda o‘rnatish:
- 800,0 kGs (YuCh generator II diapazoni) chastota;
- «-20 dB» chiqishdagi 10 mV (tashqi voltmetr yordamida o‘rnatish) kuchlanish;
- 1000 Gts modulyatsiyalash (PCh generator II diapazoni) chastotasi;
- 50 % modulyatsiyalash chuqurligi (ostsillograf yordamida vizual o‘rnatish. Modulyatsiyalash chuqurligi PCh generator chiqish kuchlanishi o‘zgarganida o‘zgaradi). PCh generator ko‘rsatishlari bo‘yicha 50 % modulyatsiyalash chuqurligiga mos keladigan UNCH50% kuchlanish qiymatini yozib olish.
1.4. Ostsillografning II kirishini geterodinning chiqishiga (KT3) ulash. KT3 nuqtadagi kuchlanishning ostsillogrammasini olish. Ostsillografning sinxronlashtirilishi rejimi II kirish bo‘yicha amalga oshiriladi. YOyishning davomiyligi 0,2 mks/bo‘lishga teng.
1.5. Ostsillografning II kirishini OCHK chiqishiga (KT5) ulash. Geterodinning chiqishini № 4-paneldagi chastotamerning kirishi bilan ulash. Geterodinni shunday sozlash kerakki, dinamikda 1000 Gts chastotali buzilmagan ton eshitilsin (getronning sozlanishi chastotasi 1255 kGs atrofida).
KT5 nuqtadagi kuchlanishning ostsillogrammasini olish. Ostsillografning sinxronlashtirilishi rejimi I kirish bo‘yicha amalga oshiriladi. YOyishning davomiyligi 0,2 mks/bo‘lishga teng.
Geterodinning chastotasi 1255 kGsdan ± 20 kGsga og’ganida signalni yo‘qotilishiga ishonch hosil qilish. Geterodinning sozlanishini qayta tiklash.
1.6. Ostsillografning II kirishini detektorning chiqishiga (KT5) ulash. KT5 nuqtadagi kuchlanishning ostsillogrammasini olish. Ostsillografning sinxronlashtirilishi rejimi I kirish bo‘yicha amalga oshiriladi. YOyishning davomiyligi 0,2 mks/bo‘lishga teng.
1.7. Ostsillografning II kirishini OCHK chiqishiga (KT6) ulash. KT6 nuqtadagi kuchlanishning ostsillogrammasini olish. Ostsillografning sinxronlashtirilishi rejimi I kirish bo‘yicha amalga oshiriladi. YOyishning davomiyligi 0,2 mks/bo‘lishga teng.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə