Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27

1. Ishdan maqsad


AM-signallar supergeterodinli qabullagichi va uning asosiy tugunlarining ishlash printsipi bilan tanishish. Radiouzatish qabullagichining parametrlarini aniqlash va xaraktaeristiklarini olish ko‘nikmalarini olish




2. Ishni bajarishdan oldini o‘rganiladigan asosiy masalalar





  1. Radioqabul qilish qurilmalariga qo‘yiladigan talablar. Xabarlarni qabul qilish sifatini aniqlaydigan radioqabullagichning asosiy xarakteristikalari.

  2. Qabullagichda KARning ishlashi.

  3. Radioqabullagichda signallarning buzilishi.



3. Ishning tarkibi





  1. Radioqabullagich maketining turli nazorat nuqtalaridagi kuchlanishlarning ostsillogrammalarini olish.

  2. Kirish zanjirining amplituda-chastota xarakteristikasini olish.

  3. Oraliq chastota kuchaytirgichining amplituda-chastota xarakteristikasini olish.

  4. Radioqabullagichni signal chastotasiga sozlash.

  5. Radioqabullagichning aks kanal bo‘yicha tanlovchanligini aniqlash.

  6. Radioqabullagichning qo‘shni kanal bo‘yicha tanlovchanligini aniqlash.


4. Laboratoriya maketining tavsifi


Laboratoriya maketi (3.1-rasm) almashtiriladigan blok ko‘rinishida bajarilgan va nazorat-o‘lchov apparaturasi kompleksida parametrlarni o‘lchashga va radioqabullagichning turli nuqtalarida signallarning shaklini kuzatishga imkon beradi. Maketning funktsional sxemasi uning yuqori paneliga tushirilgan, unda yana nazorat-o‘lchov apparaturasini ulash uchun uyalar, rostlash va kommutatsiyalash organlari joylashgan:


1. Geterodinning chastotasini rostlash “Sozlash” («НАСТРОЙКА») tutqichi.
2. Geterodinni uzgich.
3. KARni uzgich.
4. OChK chiqish kuchlanishini rostlash “Ovoz balandligi” («ГРОМКОСТ») tutqichi.

2.1- rasm. «Supergeterodinli qabullagichning ishlash printsipini o‘rganish» almashtiriladigan blokining old paneli

O‘lchashlarni o‘tkazilishida AM-radiosignal manbai sifatida laboratoriya qurilmasining №2-blokida joylashgan YuCh generator ishlatilishi mumkin. YuCh generator uchta nimdiapzonlarda chastota nimdiapazonlarida chastota bo‘yicha qayta sozlanadi, o‘rnatilgan chastota indikatoriga ega. «0 dB» uyadagi generatorning chiqish kuchlanishi YuCh sath indikatori ko‘rsatkichi 0 dB bo‘lishga o‘rnatilganida (yuklamasiz) 1 Vga teng bo‘ladi. Amplitudatsiyalash modulyatsiyalash qurilmaning bu panelida joylashgan PCh generatordan beriladigan PCh kuchlanish orqali amalga oshiriladi. Modulyatsiyalash chuqurligi ostsillograf yordamida vizual aniqlanadi.


Zarurat bo‘lganida tashqi YuCh generator (masalan, G4-102) ishlatilishi mumkin.
Laboratoriya qurilmasining №4-blokida ikkita kommutatsiyalanadigan kirishga ega bo‘lgan chastotamer joylashgan. Bitta kirish geterodin chiqishidagi kuchlanishning chastotasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi kirish tashqi YuCh generator ishlatilganida kuchlanishning chastotasini o‘lchash uchun ishlatish maqsadga muvofiq.
Qabullagichning chiqishi qayta ulagich (laboratoriya qurilmasining №5-panelida joylashgan) orqali dinamik yoki yuklama ekvivalenti hisoblanadigan Ryu rezistor bilan ulanadi. Ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan majburiy qo‘shimcha asboblar quyidagilar hisoblanadi:

  • ikki nurli (ikki kanalli) ostsillograf;

  • o‘zgaruvchan kuchlanish millivoltmetri.

Ishni bajarilishi jarayonida quyidagilarni hisobga olish kerak:

  1. Maket radiouzatish stantsiyalarini qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan, balki faqat o‘quv maqsadlari uchun xizmat qiladi.

  2. Qabullagich tor qayta sozlash dipazoniga ega. Qabullagichning o‘rtacha sozlanish chastotasi 800 kGsni tashkil etadi. Oraliq chastota 455 kGsga teng.

3. Maketning uyalaridagi kuchlanishlar qiymatlari qabullagichning sxemasida real bo‘ladigan qiymatlarga mos kelmasligi mumkin, chunki maketning printsipial sxemasi shunday qurilganki, nazorat-o‘lchov apparaturasining ulanishi radioqabullagichni o‘zining parametrlarini sezilarli o‘zgarishini keltirib chiqarmaydi.
4. Ko‘pchilik o‘lchashlarni o‘zilgan dinamikda (№5-paneldagi qayta ulagich REKV holatga o‘rnatiladi) o‘tkazish kerak bo‘ladi. Dinamikning ulanishi qabullagichni sozlashda qisqa vaqtga ruxsat etiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə