Laboratoriya ishi №1 radiorele aloqa liniyasining antenna-fider trakti elementlarini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/27
tarix30.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#166186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
7. Hisobot
7.1. Ishda keltirilgan o‘lchov qurilmasining strukturaviy sxemasini chizing.
7.2. O‘lchangan AFT elementlari har qaysisi uchun YuTK ni chastota bog‘liqligi grafiki va YuTK o‘lchovini jadvalga kiriting.
7.3. AFT elementlarini asosiy xarakteristikalarini ko‘rsating, RRL eksplatatsiyasi uchun qabul qilingan parametrlar qiymati bilan o‘lchash davomida olingan parametrlar qiymatlarini tushuntiring.
7.4. O‘lchov liniyasi bo‘ylab taqsimlangan maydon amplitudalarini o‘zgarishi.
O‘lchov natijalari 1.1- jadvalga kiritib hamma turdagi yuklamalar uchun U(x) bog‘liqlik grafigini chizish kerak.
1.1-jadval



X,sm

2

3

4

5

6

………

47

48

Us.i

























Ua.f

























Ua.n

























Ua.u



























8. Yuklamalarni moslashganlik darajasi

Yuklamalarni moslashganlik darajasi YuTK yordamida topiladi va u quyidagi ifoda ko‘rinishda bo‘ladi:


K = U min / U max (1.11)
O‘lchovlar turli yuklamalar uchun turli chastotalarda amalga oshirish kerak va 1.2 - jadvalga kiritish lozim.
1.2-jadval

O‘lchov chastotalari MGs

1-variant

1800

1820

1840

1860

1880

1900

2-variant

1810

1830

1850

1870

1890

1910

Yuklamalar
turi

S.I.


Umin



















Umax



















YuTK



















A.N.


Umin



















Umax



















YuTK



















A.Q.


Umin



















Umax



















YuTK



















A.F.


Umin



















Umax



















YuTK



















Bunda S.I. salt ishi ( xolostoy xod ) ; A.N. antenna nurlatgichi; A.K. antenna qayta ulagichi ( pereklyuchatel ); A.F. ajratish filtri.F ishchi chastotada hamma yuklamalardagi YuTK ni bog‘liqlik grafikini chizish kerak


Nazariy qism

1. O‘ta yuqori chastota diapazon antennalari
Ishchi to‘lqin uzunligi 20 dan 1sm gacha. Uzatgich quvvati 1 dan 10 Vt gacha. Uzatuvchi antenna nurlatayotgan elektromagnit energiyasini imkon qadar kichik fazoviy burchakda konsentratsiya qilishi kerak. Qabul qiluvchi antenna uning yo‘nalishida nurlanayotgan elekromagnit energiyasini maksimal miqdorda va imkon qadar kam miqdordagi energiyani boshqa yo‘nalishlardan qabul qilishi kerak. Antenna va asosan tayanch (ustun yoki minora) narxi stansiyadagi asbob-uskunalar narxi bilan teng darajada bo‘lganligi sababli iqtisodiy faktorlarni ham hisobga olish zarur.

2. O‘ta yuqori chastota diapazon antennalar parametrlari

  1. Antennaning yo‘naltirilganlik diagrammasi – fazoda nurlanish quvvatini burchak ostida taqsimlanishini xarakterlaydi. YD elektr (Ye tekislik) va magnit (N tekislik) maydon vektor kuchlanganlik tekisliklarida tasvirlanadi va me’yorlashtiriladi.





  1. Antennaning foydali ish koeffitsienti (FIK):



. (1.12)
Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, FIK deb nurlanayotgan quvvatni antennaga keltirilayotgan quvvatiga bo‘lgan nissbatiga aytiladi.

  1. Yo‘naltirish koeffitsienti – YK:



; (1.13)
- bu ma’lum bir yo‘nalishda energiyaning nurlanish konsentratsiyasi darajasini ifodalaydi. Qabul qiluvchi antenna YK asosiy yo‘nalishdagi quvvatni qabul qilinayotgan quvvatning o‘rtacha qiymatiga bo‘lgan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

  1. Uzatuvchi antennaning kuchaytirish koeffitsienti nurlanishning asosiy yo‘nalishini qabul qilish joyida, bir xil kuchlanganlikni olish sharti bo‘yicha yo‘naltirilgan antennani yo‘naltirilmagan antenna bilan almashtirilganda bu antennaga keltirilgan quvvatni necha marotaba kattalashtirilishni ko‘rsatadi.

agar unda
Antennaning kuchaytirish koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
(1.14)
bu yerda Ssamarali- antennaning samarali maydoni;
- to‘lqin uzunligi.

  1. Harakatning himoya koeffitsienti (KZD) – bu signalning chastota bo‘yicha mos kelish xalaqitini so‘ndirish darajasi.

(1.15)
bu yerda R0- asosiy yo‘nalishdan qabul qilinuvchi quvvat;
R-  - yo‘nalishdan qabul qilinuvchi halaqit quvvati.

  1. Antenna kirish qarshiligi:

,
bunda Rkir - qarshilikning aktiv tashkil etuvchisi;
Xkir - qarshilikning reaktiv (mavhum) tashkil etuvchisi.
, (1.16)
bunda - siklik (doiraviy) chastota; L – induktivlik; S – sig‘im.
Agar Xkirq0, unda ZkirqRkir bu holda antenna fider bilan juda yaxshi muvofiqlashgan hisoblanadi. Bu parametr antennaning diapazonliligi bilan bog‘liq.
3. Parabolali antenna (PA)
PA fokusida nurlantirgich va aylanish paraboloidasi joylashgan akslantirgich (ko‘zgu)dan tashkil topgan. Nurlantirgich muhitga sferik to‘lqinni nurlatadi, parabolali akslantirgich to‘lqinning sferik frontini yassiga tu\irlaydi.
Desimetrli diapazonda nurlatkich sifatida koaksial liniyadan ta’minlanuvchi vibratorlar qo‘llaniladi. Santimetrli diapazonda ruporlar yoki ochiq o‘tazgichlar ishlatiladi va spiralli nurlatkichlar qo‘llanilishi ham mumkin (1.6-rasm).

1.6-rasm.

bu yerda 1- aylanish paraboloidasi;


2- aylanish paraboloidasining fokusi;
3- radio to‘lqinni yutuvchi modda;
4- nurlatgich;
5- to‘lqin o‘tkazgich;
6- silindrsimon ekran;
7- nurlatkichning mahkamlagichi.

Parabolik antennaning nurlatkichini atmosfera yog‘ingarchiligidan himoya qilish uchun kichik so‘ndirish koeffitsientiga ega bo‘lgan dielektrik materialdan yasalgan g‘ilof bilan yopiladi.


Ga=35 dB; K180=4550 dB ga teng bo‘lishi mumkin.

4. Ikki ko‘zguli antennalar
Antennalarni fider bilan moslashuvini yaxshilash uchun giperbolali qaytanurlagichli antennalar va ellipssimon qaytanurlagichli antennalar qo‘llaniladi.
Bu antennalar quyidagicha ko‘rinishga ega (1.7 va 1.8-rasm).

1.7-rasm. Giperbola ko‘zguli ikki ko‘zguli antenna.
1- parabolik ko‘zgu;
2- giperbola ko‘zguning mavhum fokusi;
3- ruporli nurlatkich;
4- giperbolali ko‘zgu;
5- parabolali antennaning fokusi.

1.8-rasm. Ellipssimon konusli ikki ko‘zguli antenna.

1- parabolik ko‘zgu;


2- rupor;
3- ruporning faza markazi;
4- ellipssimon konus;
5- nurlanmaydigan hajm;
F- ellipssimon konusning parabolik akslantirgichlarning birgalikdagi fokusi;
d- ellipssimon konusning katta diametri.


5. Rupor – parabolali antenna (RPA)
RPA o‘zidan yuqori yuzasi piramidali rupor bilan aylanish paraboloid segmenti kombinatsiyasidan tashkil topgan shakldagi ko‘rinishga ega bo‘lgan metall ko‘zguni tashkil qiladi. Ruporning chiqishidagi to‘lqinning sferik frontini yassi frontga aylantiradi va buning natijasida ko‘zguning nurlatkichga ta’siri bo‘lmaydi, chunki nurlatgich ko‘zgu maydonidan chiqarilgan. Bu esa, antennani fider bilan yaxshi moslashish imkoniyatini beradi 1.9-rasm.


1.9-rasm.

bu yerda: 1- parabolik akslantirgich;


2- rupor;
3- tayanch rom;
4- rupordan to‘lqin o‘tkazgichga ravon o‘tish elementi.

Ruporning ochilish maydoni 7,5 m2 bo‘lganda o‘tish balandligi 8 ni tashkil qiladi.


Ga=40 dB; K180=6570 dB ga teng bo‘lishi mumkin.
Antennaning kamchiligiga uning qo‘polligini (gromozdnost) aytish mumkin.
6. Fider trakti
Energiyani uzatkichdan antennaga va antennadan qabul qilgichga uzatish fider trakti orqali amalga oshiriladi.
Unga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Fider energiyani qabul qilmasligi va nurlatmasligi kerak;

  2. Energiyani uzatish eng kam miqdordagi yo‘qotish bilan amalga oshirilishi kerak;

  3. Fiderda akslanish minimal bo‘lishi kerak;

  4. 10 sm dan qisqa bo‘lgan to‘lqinlarda dielektrik va simlarda yo‘qotishlar o‘sishi sababli, koaksial liniyaning qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas, shuning uchun to‘lqin o‘tkazgichlar (volnovod) qo‘llaniladi. To‘lqin o‘tkazgich deb, har xil ko‘ndalang kesmaga ega bo‘lgan (polaya) ichi bo‘sh trubalarga aytiladi. Ko‘p hollarda doirali, to‘rtburchakli, to‘g‘riburchakli, ellipsli ko‘ndalang kesimli to‘lqin o‘tkazgichlar qo‘llaniladi.

Doirali ko‘ndalang kesmali to‘lqin o‘tkazgich (1.10 -rasm):
asosiy to‘lqin turi H11. Hmn, bu yerda
m-doira yuzi (okrujnost) bo‘yicha jamlanuvchi to‘liq to‘lqinlar soni;
n-diametr bo‘yicha jamlanuvchi yarimto‘lqinlar soni.

1.10-rasm.
To‘lqin o‘tkazgichlar mis va bimetall bo‘lishi mumkin. 2, 4 va 8 GGs chastotalarda so‘nish 0,02 dB/m dan yomon emas. Ellips ko‘ndalang kesmaga ega bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlar silliq yoki gofrirlangan bo‘lishi mumkin. Gofrirlangan ellipssimon to‘lqin o‘tkazgich kuydirilgan po‘lat lentadan tayyorlanadi.

1.11-rasm.

Silliq ellipssimon to‘lqin o‘tkazgichlar alyuminiydan tayyorlanadi:


4 GGs diapazon uchun EVG-2, so‘nish 0,04 dB/m dan yomon emas, asosiy to‘lqin turi Hc11.
To‘g‘ri burchakli ko‘ndalang kesmaga ega bo‘lgan to‘lqin o‘tkazgichlar: asosiy to‘lqin turi H10, Hmn, bu yerda
m-to‘lqin o‘tkazgichning keng devori bo‘yicha yarim to‘lqinlar soni;
n-to‘lqin o‘tkazgichning tor devori bo‘yicha yarim to‘lqinlar soni.
So‘nish 0,0250,06 dB/m dan yomon emas.


1.12-rasm.
Apparaturada qoidaga binoan yassi to‘lqin o‘tkazgichlar qo‘llaniladi.
To‘lqin o‘tkazgichlarning ichki yuzasi 12-11-darajali aniqlik bilan qayta ishlanadi. To‘lqin o‘tkazish traktini quritish uchun to‘lqin o‘tkazgichning quritish tizimi qo‘llaniladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə