Laboratoriya ishi №6 ammiakni oksidlash va nitrat kislotasi olish ishdan maqsad


Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#141808
1   2   3
6-AMMIAKNI OKSIDLASH VA NITRAT KISLOTASI OLISH

Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar 1.Laboratoriya qurilmasi.
2. Temir katolizatori. 3. Ammiak gazi.
4. Natriy ishqori eritmasi, 0,5N. 5. Erlenmeyyer kolbasi.
6. metil qizil indikatori.
Ishni bajarish tartibi:
Kontakt (tutashuv) qurilmasi ichiga katalizator to‘ldirilgan kvars quvurga (9) o‘rnatilgan, elektr isitkichli, vertikal joylashgan, kvarsdan tayyorlangan pech (8) dan iborat.

220 ~

12
Qurilmani elektr bilan isitish, elektr tarmog‘iga ulangan laboratoriya avtotransformatori (13) va ampermetr (14) yordamida boshqariladi. Tutashuv qurilmasidagi harorat ermopara (11) yordamida o‘lchanadi va ko‘rsatuvchi millivoltmetr yordamida nazorat qilinadi.


Kvars qurvurchasiga (9) temir oksididan tayyorlangan katalizator joylashtiriladi va gaz aralashmasi (NH3+O2) tutashuv chegarasiga yuqoridan pastga qarab beriladi. Hosil bo‘lgan mahsulot qurilma ostidagi oksidlovchi - gaz yig‘uvchi idish (12) ga o‘tadi.
Ammiak va havodan iborat bo‘lgan gaz aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi: Ammiak ballon (4) dan simobli reometr (5) orqali aralashtirgich (6) ga
uzatiladi. Havo aralashtirgich (6) ga gazometr (2) dan reometr (3) orqali uzatiladi. Gazometrdagi bosim yuqoriga joylashgan bosim baki (1) dan tushayotgan suv
yordamida hosil qilinadi.
Ammiak va havodan iborat gaz aralashmasi aralashtirgich (6) dan va bufer idishi (7) dan o‘tib, tutashuv qurilmasiga uzatiladi. Azot oksidlarini yuttirish uchun gaz tutashuv qurilmasidan chiqib, oksidlovchi idish orqali o‘tib, ikkita ketma-ket ulangan, suv tuldirilgan absorbsiya kollonasi (15) ga keladi. Absorbsiyaga uchramagan gaz qoldiqlari atmosferaga chiqarib tashlanadi.
Tajriba o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan 8-9 % ammiakli havo aralashmasi tayyorlash uchun oldindan graduirovka qilingan reometr (3) va (5) ular o‘rnatilgan. Gaz aralashmasining umumiy hajmiy tezligi 200-600 sm3/min ga teng bo‘lish kerak.

Gaz aralashmasi kerakli haroratgacha qizdirilgan tutashuv qurilmasiga ma’lum hajmiy tezlikda yuboriladi. Tajriba o‘tkazilayotgan davrda tutashuv qurilmasidagi harorat va gaz oqish tezligini o‘zgartirmay bir xil ushlash zarur. Ammiakni yuborish to‘xtatilgandan so‘ng, butun tizimni azot yoki havo bilan yuvish lozim.


Tajribalar natijasida olingan xulosalardan ammiakning oksidlanishini haroratga yoki tutashuv vaqtiga bog‘likligini ko‘rsatuvchi grafiklar chiziladi va optimal sharoitlari aniqlanadi.
Nitrat kislota hosil bo‘lishining darajasini reaksiyaga kirishayotgan dastlabki ammiak miqdoridan va hosil bo‘lgan nitrat kislotasini NaOH bilan titrlab aniqlanadi.



гр.экв.HNO3 гр.экв.NH3
Bu yerda: gr.ekv. НNО3 -0,0005f ,
0,5 N NаОН ning titrlash uchun sarflangan miqdori.
f- NаОН ning normalligini to‘g‘irlash koeffitsenti-faktor.

13

гр.экв.NH3 YNH3 /22400



YNH3  reaksiya uchun sarflangan ammiak miqdori, ml.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə