Landshaftli yer tuzish


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Tuproq eroziyasi nima va u qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi? 
2.
Tuprolq eroziyasining qanday turlarini bilasiz, ularning ko‘rinishlari qanday? 
3.
Tuproqlarning shamol eroziyasi respublikamizning qaysi mintaqalarida keng 
tarqalgan? 
4.
Tuproqlarning suv eroziyasi respublikamizning qaysi mintaqalarida keng tarqalgan? 
5.
Sug‘orish erozisi qay tarzda namoyon bo‘ladi vua u mamlakatning qaysi 
mintaqalarida anchagina keng tarnqalgan? 
6.
Tuproq eroziyasiga xafli bo‘lgan xududlar qanday tavsiflanadi? 
7.
Tuproqlarda suv eroziyasini yuz berishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar nimalardan 
iborat bo‘lishi mumkin? 
8.
Tuproqlarda shamol eroziyasini vujudga kelishiga ta’sirn ko‘rsatuvchi omillar 
nimalar bo‘lishi mumkin? 
9.
Joyning nishabligi qanday tartibda aniqlanadi? 
10.
Nishabligi yuqori bo‘lgan xududlarda qanday eroziya jarayonlar yuz berishi 
mumkin? 
11.
Tabiiy o‘simliklarni eroziyadan muhofaza qilish salohiyati qanday aniqlanadi? 
12.
Tuproq eroziyasiga qaroshi kurashish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi? 
13.
Tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligi nima va u 
qanday tartibda aniqlanadi? 
14.
Tuproq eroziyasiga qarshi maydonlarni tashkil etishning mohiyati nimalardan 
iborat? 
15.
Tuproq eroziyasiga qarshi agrotexnik tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari 
niimalardan iborat? 


77 
IV-BOB. TUPROG‘I EROZIYAGA XAVFLI MINTAQALARDA 
TADBIRLARNI QO‘LLASh ORQALI OLINADIGAN IQTISODIY SAMARA. 
 
4.1. Tuprog‘i eroziyaga xavfli mintaqalarda eroziyadan himoyalanadigan 
maydon o‘lchamini aniqlash 
Tekis yerlar sharoitida dalalarni himoyalaydigan o‘rmon daraxtlari chizimi ikki 
xil: asosiy (uzunasiga joylashadigan) va yordamchi (ko‘ndalangiga joylashadigan). 
Ular asosan dalalarni kuchli chang bo‘rondan, ekinlarni esa issiq (garmsel) shamoldan 
saqlashga qaratilgan.
Dalalar chizimining joylashuvi yuqori samarali bo‘lishi uchun ularni loyihalashda 
quyidagilar to‘g‘ri hal etilgan bo‘lishi lozim: 
1.
O‘rmon daraxtlar chizimini yo‘nalishi; 
2.
Daraxtlar chizimi orasidagi masofa; 
3.
Daraxtlar chizimining kengligi. 
Tekis yerlarda dalalarni himoyalaydigan asosiy o‘rmon daraxtlari chizimi 
shamolning hukmron yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib, odatda almashlab ekish dalalari
sug‘orish (ishchi) uchastkalarining uzun tomonlarida, kanal va yo‘llar bo‘ylab 
joylashtiriladi. Yordamchi o‘rmon daraxtlari chizimi esa asosiy daraxtlar chizimiga 
ko‘ndalang, dala va uchastkalarning qisqa tomonida joylashtiriladi.
Lekin ko‘pchilik holatlarda – xo‘jalik yerining umumiy nishabligi, kanal, yo‘l va 
boshqa chiziqli elementlarning joylashuvi ta’sirida daraxtlar chizimini shamol 
yo‘nalishiga tik joylashtirish imkoniyati bo‘lmaydi, tiklikka nisbatan og‘ish burchagi 
hosil qilib joylashtirishga majbur bo‘linadi. Albatta, bunday og‘ish burchak ma’lum 
bir chegarada bo‘lishi lozim, chunki u kattalashgan sari V – ning qiymati kichrayib 
boraveradi. Shuning uchun amalda og‘ish burchak 30
0
, ayrim holda, istisno tariqasida, 
45
0
gacha bo‘lishi mumkinligi qabul qilingan. 
Daraxtlar chizimi bilan zararli shamol yo‘nalishi orasida tiklikka nisbatan og‘ish 
burchagi hosil bo‘lgan taqdirda V quyidagicha topiladi: 
V=X
lp
*N*K
asr
bunda: K
asr
- og‘ish burchagi qiymatini hisobga oladigan o‘rtacha nisbiy 
koeffitsient. Uning qiymati quyidagicha topiladi:
K
asr
=
bunda K
a1
....K
a4
– to‘rt juft yo‘nalishlar bo‘yicha daraxtlar chizimining 
himoyalash ta’siri koeffitsientlari; 
P
v1
,...,P
v4
– to‘rt juft (shimol+janub; shimoliy sharq+ janubiy g‘arb; sharq+g‘arb; 
sharq+shimoliy g‘arb) yo‘nalishlarda shamolning takrorlanishi, %. 


78 
Og‘ish burchak bilan bog‘liq K
asr
- ning qiymati quyidagicha: 90
0
-1; 180
0
-0,98; 
70
0
-0,9; 60
0
-0,87; 50
0
+0,77; 45
0
-0,71; 30
0
-0,50; 20
0
-0,35; 10
0
-0,2; 0
0
-0,05.* 
Tiklikka nisbatan og‘ish burchagining V qiymatiga ta’sirini quyidagi misolda 
ko‘rish mumkin. Masalan N=16m; X
lp
=25. Agar daraxtlar chizimi zararli shamol 
yo‘nalishiga tik joylashsa, ya’ni 90
0
bo‘lsa K
asr 
– qiymati 1, demak V=25*16*1=400m. 
Tiklikdan og‘ish burchagi 20

bo‘lganda K
asr
qiymati -0.9, 30

da-0.87, 45
0
bo‘lsa – 
0.71. Himoyalanadigan maydonning kengligi o‘z navbatida 360 m; 348 m va 284m.
Ayrim vaqtda daraxtlar chizimini zararli shamol yo‘nalishiga tik joylashtirish 
mavjud chiziqli element (kanal, yo‘l va boshqa) larni qayta joylashtirish yo‘li bilan 
bajariladi. Bu bilan bir vaqtda dalalar va sug‘orish masalaning yechilishi kapital 
xarajatlar hajmining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi vaqtda meliorativ o‘rmon 
tadbirlarni mintaqaviylashtirish maqsadida O‘zbekiston hududida uch guruhdan iborat 
geografik rayonlar tashkil etilgan. 
Geografik rayonlar yerida dalalrni himoyalaydigan o‘rmon daraxtlari chizimini 
joylashtirish loyihasini ishlashda quyidagthilarga amal qilinadi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə