|
Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlariFIZIKAVIY KATTALIKLARNI O‘LCHASH VA XATOLIKLARportal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)FIZIKAVIY KATTALIKLARNI O‘LCHASH VA XATOLIKLAR
NAZARIYASI XAQIDA QISQACHA MA’LUMOTLAR
1. Fizikaviy kattaliklarni o‘lchash.
Biror-bir
kattalikni o‘lchash deganda bu
kattalikning birlik sifatida qabul qilingan bir jinsli etalon kattalik bilan solishtirilib,
undan necha marta katta yoki kichikligini bilish tushuniladi.
Fizikaviy kattaliklarni
absolyut aniq o‗lchab bo‗lmaydi. Fizikaviy kattaliklarni o‗lchash jarayonida o‗lchov
asboblarining tuzilishiga xamda kuzatuvchining sezgi organlarining sezgirligiga
bog‗liq ravishda o‗lchash natijalari ma‘lum xatoliklar bilan aniqlanadi. Topilgan
natijalar o‗lchanayotgan kattaliklarning taqribiy qiymatini beradi. O‗lchashda ro‗y
beradigan xatoliklar ikki guruxga bo‗linadi:
sistemali va tasodifiy xatoliklar.
a)
s
istemali xatoliklar.
Bunday xatoliklar odatda tajriba o‗tkazilguncha
aniqlanishi mumkin bo‗lgan xatoliklardir. Ular asosan ishlatiladigan asboblarning
ayrim kamchiliklari tufayli yuz beradi va ayni bir kattalikni takroriy o‗lchashlar
jarayonida ularning qiymatlari doimo bir xil bo‗ladi. Masalan, masshtabli chizg‗ich
shkala bo‗limlarining bir xil emasligi, kapillyar naycha diametrining uning turli
qismlarida turlicha bo‗lishi, elektr o‗lchov asboblari strelkalarining nol qiymatidan
siljib qolganligi va x.k.lar sistemali xatoliklarning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi.
Sistemali xatoliklardan ko‗p xollarda ularni o‗lchov asbobi ko‗rsatishiga tuzatma
sifatida xisobga olish yo‗li bilan yoki o‗lchov asboblarini etalon o‗lchov asboblari
bilan solishtirish natijasida qutilish mumkin.
b) tasodifiy xatoliklar
o‗lchash jarayonining turli bosqichlariga ta‘sir etuvchi
aloxida sabablar oqibatida paydo bo‗ladigan xatoliklardir. Masalan, o‗lchov
asboblarining ko‗rsatishidagi noaniqliklar, sezgi organlarimizning nomukammalligi
va tashqi (temperatura, bosim, namlik va x.k.) muxitning o‗lchash jarayoniga
uzluksiz ta‘siri tufayli paydo bo‗ladigan xatoliklar shular jumlasidandir. Bu
xatoliklarni tajriba oldidan e‘tiborga olishning imkoniyati yo‗q. Bunday xatoliklarni
butunlay yo‗qotib bo‗lmaydi, lekin ularning sonini minimal qiymatgacha kamaytirish
mumkin. Tasodifiy xatoliklarning extimollik qonuniyatlariga bo‗ysunishi ularning
o‗lchanayotgan kattalikning xaqiqiy qiymatini o‗z ichiga oladigan chegaraviy
qiymatlarini aniqlash imkonini beradi. Eksperimentatorlarni e'tiborsizligi tufayli
vujudga keladigan xatoliklar
Dostları ilə paylaş: |
|
|