|
Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlariLaboratoriya ishlarini bajarishportal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)
3. Laboratoriya ishlarini bajarish.
Har bir laboratoriya ishini bajarish
quyidagi tartib asosida olib boriladi:
3.1. Ushbu qo‗llanmada berilgan laboratoriya ishining tafsiloti diqqat bilan
o‗qib, chiqiladi va puxta o‗zlashtiriladi.
3.2. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun kerak bo‗ladigan asbob-uskunalar
bilan tanishgandan so‗ng qo‗llanmaga muvofiq asboblarni o‗rnatish yoki qurilmani
yig‗ishga kirishiladi. Ba‘zida ishlar tayyor qurilmada bajariladi.
3.3. Kuzatish va o‗lchash ishlari bajariladi. Ishning bu qismi juda ma‘suliyatli
bo‗lib, uni bajarishda, ushbu qo‗llanma ko‗rsatmalariga qat‘iy amal qilish kerak.
Barcha o‗lchash natijalari xar bir ish uchun ko‗rsatilgan jadvalga yoziladi.
3.4. O‗lchash natijalari ishlab chiqiladi, ya‘ni o‗lchanayotgan kattaliklar ishchi
formulalar yordamida topiladi va uning nisbiy xatoligi foiz xisobida aniqlanadi.
4. Bajarilgan laboratoriya ishi bo‘yicha xisobot tayyorlash.
4.1. Ishning nomi va tartib raqami yoziladi.
4.2. Ishning maqsadi. Bunda bajarilgan laboratoriya ishida tajriba yo‗li bilan
aniqlanishi kerak bo‗lgan fizik kattalik ko‗rsatiladi.
4.3. Ishchi formula. Bunda aniqlanishi kerak bo‗lgan kattalikning xisoblab
topilgan ishchi formulasi va formulaga kirgan kattaliklarning nomi, shuningdek
topilishi kerak bo‗lgan kattalikning o‗lchov birligi SI sistemada ko‗rsatiladi.
4.4. Jadval yoki grafik. Bunda jadvalga o‗lchash natijalari va xisoblab topilgan
kattaliklar, absolyut va nisbiy xatoliklarning qiymatlari yoziladi. Agar qo‗llanma
bo‗yicha talab qilinsa, fizik kattaliklarning bog‗liqlik grafigi chiziladi.
4.5. Xulosa. Xulosada tajribadan olingan natijaning mazmuni qisqacha bayon
qilinadi.
ESLATMA.
Ish yuzasidan tayyorlangan xisobotni aloxida varaqqa yozish
mumkin.
Hisobotni yozish formasi oxirgi varaqdagi ―Ilova‖da berilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|