Leksikologiya



Yüklə 18,22 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü18,22 Kb.
#135097
Leksikologiya


Leksikologiya
1.Uch so’z turkumi doirasida shakldosh bo’la oladigan so’zlar qatorini aniqlang. A)tush, zang, jo’r B)tom, qirq, uch C)tik,terma, bosh D)tom, tog’, dog’
2.Asosda faqat jarangsiz undosh qatnashgan, yetakchi morfemasi ham ko’makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo’lgan sifatni toping. A)tuzsiz B)yasama C)yozgi D)ochiq
3.BIzning qishloqda internet yo’q. Bizning ,,internet’’ – mahalla ayollari. Ma’no ko’chish turini aniqlang. A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
4.Parda tutmoq, ro’za tutmoq, qochoqni tutmoq, suv tutmoq, o’zini tutmoq. Ushbu birikmalarda tutmoq so’zi qanday so’z? A)bir so’zning turli ma’nolari B)omonim C)paronim D)sinonim
5.Ruchkamning siyohi tamom bo’libdi. Ma’no ko’chish turini toping. A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
6.To’ylari olma gulida bo’lgan edi. Mano ko’chish turini toping. . A)metafora B)metonimiya C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
7.Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud. A)Oynaga darz ketdi B)Urush, noming o’chsin jahonda C)chap yoni bilan turmoq D)Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r.
8.Qaysi qatordagi ajratilgan so’zlar o’zaro shakldosh emas. A)Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi – Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan B)Yoz o’tmoqda soz – Dutor – eng yaxshi soz C)Arg’amchiga qil quvvat –Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil D)O’t ishi qovurmoq –Qalbida ishq o’ti alangalandi
9.Qaysi qatordagi belgi bildiruvchi so’z ko’chma ma’noda qo’llangan?A)gapni ulamoq B)sovuq shamol C)chuqur tekshirmoq D)istiqbol yo’li
10.Qaysi qatorda shakldosh so’zlar qatnashgan gaplar juftligi berilgan ? A)Shoir boshini birdan ko’tardi- Ochilgan paxtani bir boshidan tering B)Maktabda,,o’tkir zehnlilar’’ musobaqasi bo’lib o’tdi – o’tkir boltasi bilan daraxtni kessa-yu, uyga jo’nasa C)Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi – Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning D)O’zbekistonning davlat tili – o’zbek tilidir – Razvedkachilarga ,,til’’ tutib kelish topshirilgan edi
11.So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi…… A)ko’chma ma’no B)o’z ma’no C)lug’aviy ma’no D)Grammatik ma’no
12.G’o’za so’zi uyasiga birlashadigan so’zlarni toping. A)tola, moy, un B)paxta, gazmol, sovun C)kunjara, chigit, jun D)moy, ip, qorako’l terisi
13.So’z qo’’lash bilan bo’gliq xatomavjud gapni toping. A)Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi B)Mirzakarimboyni Toshkentning to’rt dahasi biladi C)Ot afzelin shayladi, o’q-anjomin boyladi D)O’zbek xalqi ichidan o’nlab daholar yetishib chiqqan
14.Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlar…. A)ma’nodosh so’zlar B)paronim C)ko’p ma’noli so’zlar D)shakldosh so’zlar
15.So’zlamoq so’zining ma’nodoshlari berilgan qatorni toping. A)gapirmoq, baqirmoq, vaysamoq B)to’ng’illamoq, bo’kirmoq, shivirlamoq C)ming’illamoq, ingramoq, javramoq D)A,B
16.Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar qatori to’g’ri berilgan? A)sovg’a, armug’on, hadya, tortiq B)tanqis, kamchil, maxfiy C)jinoyat, pinhon, gunoh D)bahs, tortishuv, zafar
17.Zid ma’noli so’zlar xato berilgan javobni aniqlang. A)urish – tinchlik B)yolg’onchi – rostgo’y C)kelmoq-ketmoq D)ilgari – hozir
18.Arxaik so’z berilgan qatorni toping. A)yuzboshi B)handasa C)rayon D)B,C
19.Ahd qilmoq, kirishmoq ma’nolarida qo’llanuvchi iborani toping. A)yeti o’lchab, bir kesmoq B)belni bog’lamoq C)oyog’ini qo’liga olib ketmoq D)tilining uchida turmoq
20.Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri qo’llangan. A)o’rmon podshosi- sher B)mo’yqalam sohibi- rassom C)hayotimiz qomusi-bayroq D)salomatlik posbonlari-shifokorlar
21.Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifoda berilmagan? A)Dalalarga baraka urug’i ekib bo’lindi B)Yurtimizga uzoq o’lkalardan qanotli do’stlarimiz uchib kela boshladi C)Bilim insonni ko’kka ko’tarsa, jaholat uning qadrini yerga uradi D)O’zbekiston qora oltini bilan ham dunyoga mashhur bo’lmoqda
22.Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamani ko’rsating . A)manfiy B)ildiz C)tenglama D)ra’noguldoshlar
23.Xorazm shevasida mavjud qarindja so’ziningadabiy tildagi muqobilini toping. A)qaldirg’och B)chumoli C) tuxum D)o’rik
24.Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarini bildirishini o’rganuvchi lig’at…. A)izohli lug’at B)tarjima lug’at C)imlo lig’ati D)A,B,C
25.Paronim so’zlar qatorini toping . A)otaliq- otalik B)ko’ylak- ko’ynak C)shabada-ahabboda D)vafo-jafo
26.1)ozgina 2)sal 3)picha 4)jinday 5)qitday . berilgan so’zlardan qaysilari o’zaro sinonim hisoblanadi? A)1,3,5 B)2,3,4 C)1,2,3,4,5 D)1,3,4,5
27.Ko’k(rang), ko’k(o’simlik), ko’k(osmon). Uchala o’rindagi ko’k so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping. A)ko’p ma’noli so’zlar B)omonimlar C)polisemantik so’z D)paronimlar
28.So’zning ko’chma ma’nosining shakl vama’no munosabatini ifodalovchi turlarini ko’rsating. A)sinonim, omonim B)polisemeya, metafora, epitet C)barcha javob to’g’ri D)metafora ,metonimiya, sinekdoxa
29.Antonimlar berilgan qatorni aniqlang. A)Ko’p so’zning ozi yaxshi B)Arqonning uzuni, gapning qisqasi yaxshi C)U o’zini oynaga solib, allaqanday she’rni xirgoyi qilar edi D)A va B
30.Avizo so’zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A)o’zga mamlakatlarda kirishga berilgan ruxsatnoma B)narsalarning o’zaro muvofiq salmog’I C)mol-mulk olingani haqida hujjat D)hisob-kitob operatsiyasi
31.Kimoshdi savdosi yevropa tillarida qanday nomlanadi? A)balans B)netto C)auksion D)sinovatsiya
32.Antonimlar to’g’ri yozilgan qatorni aniqlang. A)kecha-kunduz, yosh-qari B)kecha-yu Kunduz, yosh-u qari C)kechayu-kunduz, yoshu-qari D)Ava B
33.Antonimlar ishtirok etmagan gapni toping. A)Bir shirin so’z odamga asal bo’lib tuyular. Bir achchiq so’z olamga , zahar bo’lib tuyular B)Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning C)Mening quloqlarim shunday eshitadi-ki, uzoqdagi gaplarni ham eshitadi D)Yo’g’on ingichka bo’lguncha, ingichka uziladi
34.Qaysi qatordagi bosh so’zi o’z ma’nosida qo’llangan? A)Bir bosh uzum 6 kilogramm keldi B) So’z san’atining boshi folklordir C)Shoir boshini birdan ko’tardi D)Sentabr oyining boshida paxta qiyg’os ochila boshlaydi
35.Qaysi gap tarkibidagi bosh so’zi bilim ma’nosida ishlatilgan? A)Do’st boshga qarar, dushman- oyoqqa B)Aql yoshda emas, boshda C)So’z san’atining boshi folklordir D)A,B
36.Qosh so’zi qaysi qatorda o’z ma’nosida qo’llangan? A)Egarning qoshi naqshdor B)Uning qoshlari chimirildi C)Qiz onasining qoshiga keldi D)Barcha gaplarda qosh so’zi ko’chma ma’noda qo’llangan
37.Qaysi qatorda ko’chma ma’noli so’z qo’llangan? A)Shoir boshini birdan ko’tardi B)Qiz onasining qoshiga keldi C)Bolaning tili chiqishi bilan ,,oyi’’ ,,dada’’ dedi D)B,C
38.Shartli sinonimlar qatnashgan gapni aniqlang. A)Yig’latdi demayki , siqtatdi meni B)Nega kerak edi shu chiroy, shu o’t? C)Falakdan osmondan, ko’kdan oshgay faxr etib boshim D)Ajoyib husndor, go’zal fasl bu! Sadoqatli , qadrdon, oshno-yu, do’st-u yorim bor
39.Sinonimlar noto’g’ri berilgan qatorni aniqlang. A)odam, inson, kishi, bashar B)yel, bo’ron, sabo, sabo, nasim C)gapirdi, aytdi, so’zladi, so’radi D)el, yurt, diyor, vatan
40.Faqat bir so’z turkumidagina omonim bo’la oladigan so’zlarni toping? A)sir, bog’ B)soch, qo’y C)ot, tush D)ol, yuz
41.Arzon so’zi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping. A)oshig’I olchi B)suv tekin C)bag’ri butun D)bozori chaqqon
42.Qaysi javobda sinonimlar qatori noto’g’riberilgn? A)o’rtoq, jo’ra, do’st, dushman, oshna B)osmon falak, ko’k C)nozik, nafis D)imorat,kulba, uy
43.Ko’z ochib yumguncha, ko’z boylash, ko’z tashlash iboralarining ma’nodoshini aniqlang. A)tezda,aldash, qarash(nigoh) B)sekin , ko’zini bog’lash, ketish C)darrov, ko’zga ko’rinmas,saxiy D)to’g’ri javob berilmagan
44.Quyoshning oltin qalami nur tartar edi. Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud. A)metonimiya B)o’xshatish C)metafora D) sinekdoxa
45.Qaysi qatordagi gapda metafora usulidagi mano ko’chishi mavjud? A)Osmon fonarini yoqdi shu onda B)Besh qo’l barobar emas C)Auditoriya sukutda D)Po’lat qilichingni ko’rganman o’tda
46.Ulug’bek – misoli oftob. Ushbu gapda qaysi turdagi ma’no ko’chishi mavjud? A)o’xshatish, B)metonimiya C)sinekdoxa D)ma’no ko’chishi mavjud emas
47.Metonimiya usulidagi ma’no ko’chishi mavjud gapni ko’rsating. A)Bahor kelinchakdek yasanib keldi B)osmon fonarini yoqdi shu onda C)quyoshning oltin qalami nur taratar edi D)Besh qo’l barobar emas
48.Qaysi qatorda metonimiyaga to’g’ri ta’rif berilgan? A)shaxs yoki predetni unga bog’liq bo’lgan boshqa narsa bilan ifodalash B)shaxs yoki predmetning nomi o’rnida uning biror a’zosi, bo’lagining keltirilishi C)biror predmet belgisining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirish D)to’g’ri javob yo’q
49.Metonimiya usulida ma’no ko’chish mavjud gapni ko’rsating A)Auditoriya sukutda B)Zal oyoqqa turdi C)barcha gapda metonimiya usulida ma’no ko’chish mavjud D) osmon fonarini yoqdi shu onda
50.Osmonga tikilar million juft ko’zlar. Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud? A)metafora B)sinekdoxa C)metonimiya D)kinoya
51.Polisemiyada nima o’rganiladi? A)bir ma’noli so’zlar B)ko’p ma’noli so’zlar C)sinonimlar D)paronimlar
52.Butun orqali qism ma’nosi ifodalangan sinekdoxa usulidagi ma’no ko’chishi qaysi qatorda mavjud? A)Dunyoda o’zimizdan keyin qoldiradigan tuyog’imiz… faqat shul Otabekdir.. B)Besh qo’l barobar emas C)Osmonga tikilar million juft ko’zlar D)Qurvonbibi bir umr tirnoqqa zor o’tdi
53.Mazax ma’nosida qo’llanuvchi so’zlar ma’no ko’chishining qaysi turiga tegishli? A)kinoya B)tag ma’no C)metafora D)sinekdoxa
54.Ma’no ko’chishining qaysi turida ko’chma ma’nodagi so’z qo’shtirnoqqa olinadi A)o’xshatish B)tag ma’no C) kinoya D)sinekdoxa
55.KInoya usulidagi ma’no ko’chishi yuz bergan gapni ko’rsating . A)Besh qo’l barobar emas B)Bizni ,,homiy’’lardan himoya qilg’il C)Adashgan it kabi Furqat qayon borgum bilolmasman D)Xotin: sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmidi ER: afsuski, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikoh man qilingan
56.Qaysi qatorda gapning o’z ma’nosi bilan birga ko’chma – tagma’nosi ifodalangan? A)Xo’sh janobi oliylari, qaysi sho’rlik xalq sizning ,,himoyangiz’’’ga qolmish intizor B)Fuzuliyni oldim qo’limga , Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi C) Xotin: sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmidi ER: afsuski, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikoh man qilingan D)Bahor kelinchakdek yasanib keldi
57.Nuqta va nukta so’zlari o’zaro qanday farqlanadi? A)bu so’zlar o’zaro paronim hisoblanadi B)nuqta va nukta bir so’zning ikki xil ko’rinishi hisoblanadi c)nuqta – tinish belgisi, nukta – nozik ma’noli so’z D)A,C
58.Omonim so’zlar berilgan qatorni toping. A)yoz, o’t, yon B)bor, til, soch, tut C)tik, yosh, qo’y, ko’k D)ABC
59.Sham yanglig’ yonadur boshimda o’t, Ko’z yoshimdin yer yuzida undi o’t ,Qon yoshim qildi yo’lingni lolazor , Muncha taqsir ayladim qonimdin o’t. Mazkur tuyuqdagi omonim so’zlarning ma’nosi to’g’ri keltirilgan qatorni aniqlang. A)olov, o’tmoq, kechirmoq B)olov, o’simlik, kechirmoq C)o’simlik, kechirmoq, olov D)o’tmoq, olov, kechirmoq
60.Munisa to’lmay yigirma yetti yosh, Vah yigirma yetti uzra yetti yosh, yosh kabi mashg’ullik qilmoq nedur, Har qachonkim suhbatingga yrtti yosh. Mazkur misralardagi yetti yosh so’zi shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’z? A)paronim B)omonim C)sinonim D)antonim
61.Juda – judo, xush – xo’sh, xiyla- hiyla so’zlari shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’z? A)omonim B)paronim C)antonim D)sinonim
62.Paronim so’zlar berilgan qatorni aniqlang. A)Haqiqiy do’st topsang unga hiyonat qilma , sodiq bo’l B)Ahli suzanlar ko’p juda, lek bahsi mazmundan judo C)Meni kim ko’rsa farq etmas xazon birla bahorimdin D)B va C
63.Antonimlar ishtirok etgan gapni belgilang. A) Charxi kajraftorning bir shevasidan dog’man, Ayshni nodon, surib , kulfatni dono tortadur B)Mehr-u muhabbatingni ham qo’ling, ham tiling bilan ko’rsat C)Meni kim ko’rsa farq etmas xazon birla bahorimdan D)A va C
64.Qaysi qatorda ibora va so’z sinonimligi noto’g’ri keltirilgan? A)ko’z ilg’amas – uzoq B)ko’-ko’z qilmoq – maqtanchoq C)dili pora – xafa D)ko’z ostiga olish – mo’ljallash
Yüklə 18,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə