Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə96/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

10.2. Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi
Izokvantalar. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish tsexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma′lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 10.1-jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.
10.1-jadval
Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar miqdori


Kapital















Mehnat sarfi, (soatlarda)




















Sarfi

1



2



3



4

5



1

30



50



60



70





80


2

40



65





80


85

100

3

60





80


100

110

115

4

65



85



110

115

120

5



80


100

120

125

130


10.1-jadvalga ko`ra ikki birlik mehnat va bir birlik kapital sarflab 50 birlik stul ishlab chiqarish mumkin, yoki uch birlik mehnat va to`rt birlik kapital sarflansa, 110 dona stul ishlab chiqariladi. Jadvalning har bir qatoridagi ishlab chiqarish hajmlarini qarasak shu narsani kuzatishimiz mumkinki, kapital sarfi o`zgarmaganda, mehnat sarfining oshishi bilan birga umumiy ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda. Masalan, kapital

168
sarfi 2 ga teng bo`lganda va mehnat sarfi birdan besh birlikgacha o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 40 birlikdan 100 birlikgacha o`zgaradi. Xuddi shunday, jadvalning ustunlarini yuqoridan pastga qarab kuzatganimizda ham, mehnat sarfi o`zgarmay, kapital sarfi oshib borishiga ko`ra stul ishlab chiqarish hajmi ham oshib borayotganligini ko`ramiz. 5.1-jadvalda keltirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini grafikda ham tasvirlash mumkin (10.1-rasm).





Kapital


















sarfi


5


C


M




























4


















3


A


D


N


























2






E






T


Q3=100


















1






B






F


Q2=80
































Q1=60


















Mehnat






1


2


3


4


5




sarfi


10.1- rasm. Ishlab chiqarish omillari sarfi o`zgarishiga ko`ra stul ishlab chiqarish grafigi.
Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig`i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta′minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizig`i 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizig`i esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Rasmdagi Q1, Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 10.1-rasmda uchta izokvanta tasvirlangan Q1, Q2 va Q3. Grafikning gorizontal o`qi bo`yicha mehnat
169
sarfi, vertikal o`q bo`yicha kapital sarfi ko`rsatilgan. Masalan, Q1 izokvantaning har bir nuqtasi koordinatalari 60 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat va kapital sarflarini ko`rsatadi. A nuqtada 60 dona stul ishlab chiqarish uchun uch birlik kapital va bir birlik mehnat sarflangan bo`lsa, B nuqtada ushbu 60 dona stul ishlab chiqarish uchun bir birlik kapital va uch birlik mehnat sarflanadi.

Q2 izokvanta nuqtalari 80 dona stulni mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi. Rasmda Q2 izokvantaning C, D, E va F nuqtalarida mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida 80 dona stul ishlab chiqariladi. Xuddiy shunday Q3 izokvantaning M, N va T nuqtalari ham har xil ishlab chiqarish omillari sarfida 100 ta stul ishlab chiqarishni ta′minlaydi.
10.1-rasmdan ko`rinib turibdiki Q3 izokvanta Q2 izokvantadan o`ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan ko`proq. Q2 izokvanta esa Q1 ga nisbatan o`ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan ko`proq. Demak, izokvantalar chapdan o`ngga va yuqoriga qarab joylashib borsa, ularga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmi ham mos holda oshib boradi. 5.1-rasmdagi izokvantalar uchun Q1 Q2 Q3 deb yozishimiz mumkin.
Izokvantalarni bunday tartibda joylashishini ikkita omildan, ya′ni mehnat va kapital sarflariga bog`liq ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ko`rib chiqamiz. Quyidagi ishlab chiqarish funksiyasi berilgan bo`lsin: Q f L, K (1). (1)-funktsiyaning uch o`lchovli fazodagi grafigi 10.2-rasmdagi ko`rinishda bo`ladi. Rasmda ishlab chiqarish funksiyasi grafigi
berilgan, u yarmi kesilgan qozonni eslatadi. Q1' ,Q2' ,Q3' lar funktsiyaning ma′lum qiymatlari bo`lib, ular funktsiyaning daraja chiziqlari deyiladi. Bu yerda funktsiyaning daraja chiziqlariga to`g`ri keluvchi mahsulot ishlab
chiqarish hajmlari quyidagi tengsizlikni qanoatlantiradi: Q1'Q2'Q3' . Funktsiyaning daraja chiziqlarining 0LK tekisligiga proektsiyasi Q1,

Q2 va Q3 izokvantalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyasining yuqori
170
daraja chizig`iga to`g`ri keluvchi izokvantaga yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi to`g`ri keladi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, izokvantalar bir-biri bilan kesishmaydi.

Q

Q′3
Q′2

Q′1
K

0

Q3

Q2

Q1
L
10.2-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasi grafigi va uning Q1, Q2 va Q3 darajadagi chiziqlari
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to‘g‘ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi.
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko`pligini ko`rsatadi. Bu firmalar uchun muhim axborot bo`lib, keyinchalik ko`ramiz, qanday qilib izokvantalar mahsulot ishlab
chiqarishda xarajatlarni minimallashtiradigan yoki foydani maksimallashtiradigan omillar sarfi kombinatsiyalarini tanlashga imkon yaratadi.
Ma′lum vaqt oralig`ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o`rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgaruvchan ishlab
chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. AP QF

171
Bu yerda: Q - umumiy mahsulot miqdori; AP- o`rtacha mahsulot; F-sarflangan resurslar.




Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə