Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə26/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Savollar:



  1. Tilshunoslik yo‘nalishlari deganda nimani tushunasiz?




  1. Kognitiv tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti nima?




  1. Paralingvistika bu nima?




  1. Lingvokulturologiya nimani o‘rgatadi?




  1. Sotsiolingvistika doirasida til qanday o‘rganiladi?




  1. Til hodisalarini matematik tavsiflash usullaridan qayday foydaniladi?

  1. ma’ruza. XX-XX1 asrlar tilshunosligining asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy tahlil metodlari. Kompyuter va korpus lingvistikasi

Reja:



  1. Korpus va kompyuter lingvistikasining farqli jihatlari.




  1. Korpus lingvistikasining ob’ekt va predmeti.

1. Korpus va kompyuter lingvistikasining farqli jihatlari.


Kompyuter va korpus lingvistikasi bir-biriga o‘xshash va ba’zi hollarda bir xil degan noto‘g‘ri qarashlar uchrab turadi. XX asrning 90-yillari birinchi yarmida korpus tilshunosligi til to‘g‘risidagi fanning alohida qismi sifatida shakllandi. Shu bilan birga, u kompyuter tilshunosligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, uning yutuqlaridan foydalanadi va, o‘z navbatida, uni boyitadi.
Bir guruh olimlar korpus lingvistikasini kompyuter tilshunosligining tarkibiy qismi sifatida baholashadi: korpus tilshunosligi ¬¬¬– kompyuter texnikasi yordamida tilshunoslik korpusini qurish va ulardan foydalanishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqadigan birliklarni yaratiladigan kompyuter tilshunosligi. Shu bilan birga, odatda, kompyuter asbob-uskunalari, dasturlari, tashkilotning kompyuter texnologiyalari va ma’lumotlarini qayta ishlashning keng doirada ¬¬ ishlash mexanizmini modellashtirish tarzida tushuniladi.
Kompyuter tilshunosligi korpus tilshunosligi uchun vositalarni (ya’ni dasturlarni) yaratadi. Shu ma’noda ular bir-birini to‘ldiradilar. Masalan, korpus tilshunoslari korpusda so‘zlarni avtomatik tarzda belgilash uchun maxsus vositalarga muhtoj. Agar yuz milliondan ortiq foydalanadigan matn birligi mavjud bo‘lib, har bir so‘z uchun nutqning bir qismini belgilash kerak bo‘lsa, bu jarayonni to‘laligicha qo‘lda amalga oshirib bo‘lmaydi, shu bois tizimli dasturiy ta’minot talab qilinadi. Unga ko‘ra so‘zlarni tasnifiy belgilariga ko‘ra belgilash avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Kompyuter tilshunosligini qo‘llashning ayrim jihatlari quyidagilar:



  1. avtomatik tarjima;




  1. autentik va yarim-autentik matnlardan avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni olish;




  1. inson va mashina o‘rtasida qulay interfeyslarni yaratish;




  1. tabiiy tillarda aloqaning kantitatif3 tavsifi.




Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə