Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə23/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

TMdagi ana shu cheklangan tomonni e’tiborga olgan holda, V.S.Xrakovskiy sintaktik transformatsiya bilan sintaktik derivatsiyani bir-biridan farqlash lozimligini ta’kidlaydi.
S.D.Katsnelson ham gaplar o‘zaro faqat transformatsiya munosabatida emas, balki derivatsiya munosabatida ham bo‘lishini bayon qilgan edi.40
Shuning uchun V.S.Xrakovskiy sintaktik derivatsiya deb hosila gapning asos gapdan grammatik maqomi va mazmuni jihatidan farq qiladigan shakliy o‘zgarishni tushunadi. U derivatsiyaning tarkibiy qismlarini ham transformatsiyaning tarkibiy qismlariga anologiya yo‘li bilan quyidagicha belgilaydi: asos gap uchun operand, hosila gap uchun derivat, yasovchi vosita uchun esa derivatsiya operatori atamalarini qo‘llaydi.
Savollar:



  1. Deskriptiv tilshunoslikning asosiy metodlari nimalardan iborat?




  1. Distributiv tahlil nima?




  1. U tilning qaysi aspektlarini o‘rganishda qo‘llaniladi?




  1. Bevosita ishtirokchilarga ajratish bu qanday metod?




  1. U tilning qaysi aspektlarini o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin?




  1. Bevosita ishtirokchilar metodi qanday qo‘llaniladi?




  1. Transformalar qaysi metod orqali o‘rganiladi?




  1. Transformatsion grammatikaga nimalar xos?

  1. ma’ruza. XX-XX1 asrlar tilshunosligining asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy tahlil metodlari

Reja:



  1. Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik.




  1. Paralingvistika.




  1. Lingvokulturologiya.




  1. Sotsiolingvistika.




  1. Matematik lingvistika.


  1. Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik.



Hozirgi davr tilshunosligida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, paralingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika eng dolzarb yo‘nalishlar katoriga kiradi.
Kognitiv tilshunoslik. Tilshunoslikda inson bilimini urganuvchi kognitologiya fani (bilish nazariyasi. gnoseologiya) bilan lingvistika o‘rtasidagi oralik-soxalararo fan kognitiv tilshunoslik deyiladi.
Kognitiv tilshunoslikning vazifalari: 1) insondagi bilimlarning paydo bo‘lishida tilning rolini aniklash; 2) olam va undagi narsalarni kategoriyalashtirish (tushunchalar xosil kilib, turlarga bo‘lish); kontseptuallashtirish (kontseptlar xosil kilish) va atash (nominatsiya) jarayonlarini tushunish; 3) kontseptual sistema bilan til sistemasi o‘rtasidagi munosabatni aniklash 4) olamning lisoniy va kognitiv (kontseptual) tasvirlari bilan boglik masalalarni echishdir.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə