Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə21/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Bunga muvofiq, nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. O‘z navbatida, har qaysi qism yana o‘z ichida ana shunday qismlardan iborat bo‘ladi. Ko‘rinadiki, har bir konstruktsiya binar tamoyilga ko‘ra qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish konstruktsiya doirasida graduallik (darajalanish) xususiyatiga ega bo‘ladi. BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular bir gap ichida birlashtiriladi. Shuning uchun BI tahlilini birlashtirish, o‘rash deb ham yuritiladi. Birlashtirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

  • bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi;

  • o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;




  • BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi.



BI metodiga muvofiq, til grammatikasi shakliy to‘g‘ri gaplarni hosil qiluvchi (tug‘diruvchi) kibernetik qurilma hisoblanadi. Har bir tilning grammatikasi belgilarning yopiq (oxirgi) simvollar va bu simvollar zanjirining qayta kodlashtirish qoidalaridan iborat bo‘ladi. Qayta kodlashtirish qoidasi X-Y shakliga ega bo‘ladi. Bunda X-Y simvollar zanjirini ifodalaydi. Bir guruh simvollar so‘z va morfemalarni ifodalash uchun, boshqalari esa sintaktik guruh va gaplarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari # shaklidagi alohida belgi ham ishlatiladiki, u gapning boshlanishi va oxirini ifodalash uchun qo‘llaniladi. BI metodiga asosan gaplarni qismlarga bo‘lish so‘z birikmalariga ajratishni eslatadi va gap bo‘laklariga ajratishdan hech qanday farq qilmaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa BIga ajratish gapni bo‘laklarga ajratishdan tubdan farq qiladi. F.M.Berezinning fikricha, gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil aniq javob berolmagan narsalarga BI metodi yo‘li bilan qilingan tahlil javob bera olishi mumkin. BI metodi asosan sintaksisda qo‘llaniladi. Sintaksisda obro‘-e’tibor qozongan bu metod keyinchalik morfologiya va fonologiyaning ayrim masalalarini hal etishda qisman qo‘llanila boshlandi.

  1. Transformatsiya metodi.



Transformatsiya metodi dastlab deskriptiv lingvistika nazariyotchilaridan biri Z.S.Xerris tomonidan tavsiya qilingan edi. Uning fikriga ko‘ra, transformatsion tahlil (TT) BI metodi duch kelgan murakkabliklarning bir qancha qismini bartaraf qilishga yordam beradi. TT ko‘p jihatdan til tuzilish tahlilining algebraik metodini namoyon qiladi.
Z.S.Xerris tomonidan tavsiya etilgan TM uning shogirdi N.Xomskiy tomonidan rivojlantirildi. L.S.Barxudarov transformatsion lingvistika (TL)ni ham o‘z ichiga olgan generativ lingvistikani (GL) struktur lingvistikadan farqlagan holda, uni tilshunoslikning struktur lingvistikadan keyingi bosqich deb hisoblaydi.
U tilshunoslik tarixini olamni bilishning dialektik nazariyasi belgilab bergan uch bosqichning qaysisiga tayanib ish ko‘rish belgisiga ko‘ra uch bosqichga - uch grammatik nazariyaga bo‘ladi:
a) an’anaviy, b) struktur, v) generativ (tug‘diruvchi) lingvistika.


Hozirgi kunda empirizm nomi bilan yuritilayotgan tilshunoslik yo‘nalishi L.Blumfild nomi bilan bog‘lansa, unga qutbiy zidlanishda turuvchi ratsionalizm yo‘nalishidagi generativ lingvistika N.Xomskiy nomi bilan bog‘liqdir. Bu ikki yo‘nalish o‘rtasidagi muhim farqlovchi belgilar empirizm va ratsionalizm, mentalizm va antimentalizmdir. L.Blumfild ma’nodan holi bo‘lgan shaklni o‘rganishni targ‘ib qiladi. Shuning uchun uning g‘oyasi antimentalistik xarakterga ega.
TMga muvofiq, har qanday tilning sintaktik sistemasini yadro gaplar nomi bilan yuritiluvchi eng kichik (elementar) gaplar tiplari yig‘indisi sifatida gavdalantirish mumkin. Yadro gaplar deb sodda, yig‘iq, darak gap tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik sistemasining asosini tashkil etadi.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə