Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə20/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

O‘zaro kontrast distributsiya munosabatida bo‘lgan elementlar ikki mohiyatning vakillari hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada biri o‘rnida ikkinchisi kela olmasa, bu elementlar o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘lgan sanaladi. Masalan, bil so‘zi tarkibidagi i o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi, yoki qыl so‘zi tarkibidagi ы o‘rniga shu qurshovda i ni qo‘llab bo‘lmaydi. Demak, i va ы tovushlari o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatidadir. Qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘lgan ikki segment bir mohiyatning turli vakillari sanaladi. Fonologik sathda bir fonemaning ikki xil varianti hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada ma’noni o‘zgartirmagan holda biri o‘rnida ikkinchisi erkin holda almashina olsa, bu ikki segment bir-biri bilan erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘ladi.
Masalan, gijda so‘zidagi portlovchi dj tovushi o‘rnida sirg‘aluvchi j tovushini almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan ikki element bir mohiyatning ikki varianti hisoblanadi.
Demak, distributiv tahlilda tillarni o‘rganish 2 bosqichda amalga oshiriladi:1) lingvistik birliklar aniqlanadi; 2) ushbu birliklarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi, joylashuvi belgilanadi.
Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni, boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potentsialdagi qurshovi bo‘lib, uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.

  • Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi.

  • Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining mano jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir.

  • Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir.

Tilda birliklarni qismlarga ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi.

  1. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi.



Diskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik ma’noli qismlarga ajratishda, ya’ni segmentlarga bo‘lishda bevosita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar.
Bu metodga ishora L.Blumfildning “Til” asarida uchrasa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va Yu.Naydalar tomonidan ishlab chiqildi.
BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruktsiya hisoblanadi. Konstruktsiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi.
Konstruktsiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruktsiya tarkibiga kirgan so‘z yoki konstruktsiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruktsiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini, (H.O.) jumlasi konstruktsiya hisoblanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha ma’noli so‘zlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so‘zlar esa bevosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. Shabboda so‘zi bilan totini so‘zi o‘rtasida ma’lum ma’noda bog‘lanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bo‘lsa ham, lekin ular o‘rtasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning so‘zi totini so‘zi bilan ilk sahar so‘zi olib ketdi so‘zi bilan, shabboda qurg‘ur so‘zi olib ketdi so‘zi bilan o‘zaro zich bog‘langandir.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə