Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə31/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Skript.



Skript (inglizcha script so‘zining tub ma’nosi «qo‘lyozma, yozuv») namunaviy kontseptual tuzilmalarning bir turi sifatida qaralib, u inson tafakkurida aks etayotgan borliqdagi voqelarning me’yoriy ketma-ketligi namunasidir.
Skript tarkibiy tuzilishi jihatidan stsenariyga juda ham yaqin turadi, hatto ayrim hollarda uni to‘lig‘icha takrorlaydi. Skript tarkibiga kiruvchi voqealarning sabab-oqibat munosabatlari asosida, tizimiy bog‘lanishi, ketma-ketligi hamda ushbu voqealarning stereotip takrorlanuvchanlik xususiyati uning asosiy tavsifiy belgisi sifatida qaraladi.
Psixologlar skript tushunchasini «xotira atamalari» qatoriga kiritadilar, bu holda ushbu tushuncha uzoq muddatli xotirada saqlanayotgan bilim hamda oldindan jamlangan bilim yordamida biror hodisani tushunish, anglashni ta’minlovchi bilish qurolini anglatadi.
Skriptlarning katta qismi bolalik davridanoq, ya’ni hayot jarayonida, o‘zgalar hatti - harakati, voqelikni kuzatish natijasida tug‘iladigan tajriba va kechinmalar zaminida shakllanadi.
Insonning bilim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik tez va aniq, alohida harakat va taassurotlarni ma’lum mental tuzilmalar, shart-sharoitlar bilan bog‘lay oladi. Demak, inson voqelikdagi predmet-hodisalarni idrok etish jarayonida o‘z shaxsiy kontseptual tuzilmalarini idrok etilayotgan predmet va munosabatlarga ko‘chirishga harakat qiladi.
Skriptlar tuzilish va tarkibiy qismlari joylashuv tartibidagi farqlariga nisbatan oddiy va murakkab tarkibli bo‘lishi mumkin. Oxirgi turdagilarini «makroskriptlar» deb atashadi. «Makroskript» bir necha oddiy skriptlarning voqealar ketma-ketligi tartibiga mos ravishda birikishidan tashkil topadi.
Masalan, «to‘y» makroskripti «sovchi borishi», «to‘y maslahati», «to‘y tayyorgarligi», «nikoh o‘qilishi», «to‘y dasturxonini tayyorlash», «mehmonlar kelishi», «nikoh guvohnomasini tposhirish» kabi qator oddiy skriptlarni qamrab oladi.
Ammo makroskript shakllanishi uchun hodisalarning xronologik ketma-ketligi doimo talab qilinadigan shart emas. Masalan, «urush» makroskripti «armiya», «hujum», «g‘alaba»,
«mag‘lubiyat» kabi mikroskriptlar birikishidan iborat.


Skript bevosita, ma’lum leksik birlik vositasida inson ongida «uyg‘otiladigan» semantik axborot to‘plamidan hosil bo‘ladi (Rosch. 1975). Masalan, «Doctor» (doktor) skripti quyidagi semantik axborot to‘plamidan iborat:

  • Subjest (+ Human) (+ Adult) - Sub’ekt (+ shaxs) (+ katta yoshda)




  • Actvity : Study medicine - Faoliyat: tibbiyotni o‘rganish




  • Recieve patients: patients come - Bemorlarni qabul qilish: bemorlar kelishadi




  • doctor listens to complaints -doktor bemor shikoyatlarini eshitadi.




  • doktor examins the patients, etc - doktor bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazadi va hokazo. Place: Medical school Makon: tibbiyot instituti

Hospital at the doctors office Kasalxona yoki xususiy qabulxona Time: Every day; Many years Zamon: Har kuni; ko‘p yillar davomida

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə