Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə32/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Shunday qilib, har bir shaxsning lisoniy zahirasi turli aloqalar vositasida bog‘langan skriptlar to‘plamidan iborat. Bu to‘plamni til sohiblarining hayotiy bilimlarini aks ettiruvchi «semantik to‘r» sifatida tasavvur qilish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, «skript» va «stsenariy» tushunchalari o‘zaro bog‘liq va mundarijaviy yaqinlikka ega. Ularning har ikkalasi ham mental va lisoniy harakatlar hamohangligida yuzaga kelishadi, tayanch lug‘aviy birliklar inson ongida turli mavzudagi mental tuzilmalar – stsenariy, skript, sxema, freym kabilarni paydo qilishda xizmat qilishadi.

  1. Freym.



Insonning har qanday axborotni egallashi bevosita uning xotirasida saqlanayotgan oldingi tajribasi va bilimi doirasi miqyosida amalga oshadi. Har bir inson xotirasida ma’lum miqdordagi bilimlar strukturasi zahirasi saqlanadi va aynan shu zahira axborotni qabul qilib idrok etish vositasi rolini o‘taydi. Boshqacha aytganda, har bir shaxs ongida «freymlar to‘ri to‘plami» mavjudkim, ushbu to‘plam bilim va idrok faoliyatini ma’lum ko‘rinishdagi «andoza»lar asosida amalga oshishini ta’minlaydi.
Freym xuddi shu guruhdagi andozali strukturalar qatoriga kiradi. «Freym» (Frame) tushunchasining ilmiy qo‘llanishga kiritilishi kompyuterni dunyoviy bilim imkoniyatlari bilan ta’minlash va sun’iy intellekt nazariyasi rivojlantirish borasidagi intilishlar bilan bog‘liq. Kompyuter bilimlari bo‘yicha mutaxassis Marvin Minskiy freymni «andozali voqelik holatini aks ettiruvchi axborot strukturasi» deb ta’riflaydi.
«Freym» tushunchasini tilshunoslikka birinchilardan bo‘lib Ch.Filmor tadbiq etdi. Uning talqinicha, freym tajribani andozaga soluvchi kognitiv tuzilma bo‘lib, ushbu tuzilma lisoniy birliklar vositasida shakllanadi hamda kontseptning negizini tashkil qiladi.
Charlz Fillmor freym tushunchasini izohlash uchun keltirgan ayrim misollarga murojaat qilamiz. Binobarin, «commercial event» (savdo voqeasi) deb nom olgan freymni olaylik. Ushbu freymda aks etadigan voqea inglizcha buy «xarid qilmoq» freymi qo‘llanishi bilan tasvirlanadi. Dastlab
«A» shaxsning puli bor, boshqa bir shaxs «V» da sotiladigan mol (tovar) bor. Narx kelishilgandan so‘ng «A» pulni «V» ga to‘laydi va kerakli molni sotib oladi. Voqeaning
yakunida «A» xarid qilingan tovarning egasiga aylanadi. «V» esa – pulning egasi. Ayrim yo‘l- yo‘lakay uchraydigan holatlarni chetlab aytish mumkinki, BUY «xarid qilmoq» kategoriyasi kamida yana to‘rt kategoriya bilan bog‘lanadi. Bular BUYER «xaridor», SELLER «sotuvchi», GOODS «tovar, mol» va MONEY «pul». Aynan shu kategoriyalar bog‘liqligi BUY «xarid qilmoq» freymini tashkil etadi.

  1. Geshtalt.



«Geshtalt» olmoncha gestalt (obraz, struktura, yaxlit shakl) so‘zidan olinganligini e’tiborga olsak, ushbu tushuncha ruhiy tuzilmalar, obrazlarning o‘ziga xos yaxlitlikni ta’minlovchi belgi va xususiyatlarining umumlashmasini anglatadi. Geshtalt nazariyasining asoschilaridan biri Maks Vertxaymer (1880 - 1943) ushbu muammoni quyidagicha bayon qilgan edi: «… mavjud bog‘liklar asosida yuzaga keladigan yaxlitlik (umumiylik) avval alohida bo‘laklar ko‘rinishidagi elementlarning keyingi jamlanishidan iborat bo‘lmasdan, balki ushbu yaxlitlikning ichki struktur(aviy ) qonuniyatlari bilan belgilanadi» (Vertxaymer 1987: 6).
Demak, voqelikni idrok etish va ruhan his etish yaxlitlikni «ko‘rish»dan boshlanadi. Geshtaltpsixologiya ham yaxlitlikning bo‘laklarni idrok etishdagi ta’sir rolini alohida ta’kidlaydi hamda bo‘laklarning yaxlitlik tarkibida biriktiruvchi faktorlarni topish vazifasini qo‘yadi. Xuddi shu narsani borliqni idrok etishning «geshtalt qonuniyatlari» yoki «geshtalt tamoyillari»da ko‘rish mumkin. Bu tamoyillarining ayrimlarini eslatmoqchiman (Ungerer 1996: 33). - «yaqinlik tamoyili» (principle of proximity): bir-biriga yaqin joylashgan elementlar o‘zaro bog‘liq holda idrok etiladi; - «o‘xshashlik tamoyili» (principle of similarity): birbiriga monand elementlar yagona bir bo‘lak yoki qism sifatida idrok qilinadi; - «yopiqlik tamoyili» (principle of slosure): idrok harakati berk (tugallangan) shaklga yo‘naltiriladi; - «davomiylik tamoyili» (principle of continuation): alohida elementlar o‘rtasidagi uzilish kam bo‘lsa, ular yaxlitlik sifatida idrok etiladilar.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə