Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə35/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Savollar:



  1. Stsenariy deganda nimani tushunasiz?




  1. Stsenariy va skript o‘rtasidagi farq nimadan iborat?

  2. Freym bu nima?




  1. Geshtalt bu nima?




  1. Kategoriyalashda prototiplar qanday o‘rin iegallaydi?

  1. ma’ruza. XX-XX1 asrlar tilshunosligining asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy tahlil metodlari. Ijtimoiy tilshunoslik

Reja:



  1. Sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tahlil printsiplari.




  1. Sotsiolingvistik tahlil.




  1. Til ijtimoiy funktsiyalarini ta’riflash va tasniflash.


  1. Sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tahlil printsiplari



Til va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik masalalari va ularni tadqiq etish muammolari F.de Sossyurning lingvistik qarashlariga borib taqalishi ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanadi.
F.de Sossyurning sotsiolingvistik qarashlarining asosini «til jamiyatning sotsial boyligi sifatida shu tilda gaplashuvchi barcha jamiyat a’zolari uchun xos bo‘lgan lingvistik belgilar sistemasi, “nutqiy qobiliyatning sotsial hosilasi” degan fikr tashkil etadi.
Shuningdek, A.Meye F.de Sossyurning izidan borar ekan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida e’tirof etib, uni ijtimoiy fakt bo‘lib, til hodisalari ijtimoiy shart-sharoitlar tomonidan belgilanadi, tildagi o‘zgarishlarning zaminida jamiyatdagi o‘zgarishlar yotadi deya ta’kidlaydi. Bu g‘oyalar zamonaviy sotsiolingvistika yo‘nalishining asoslarini tashkil etdi. Tilning – ijtimoiy hodisa ekanligi xususidagi qarashlar o‘z kuchini yo‘qotmadi, aksincha zamonaviy tilshunoslikda ham asosiy lingvistik tarmoqlardan biri sifatida o‘z mavqeini saqlab qoldi.
Ta’kidlash joizki, tilshunos olim N.Turniyozovning ma’lumotlariga ko‘ra, tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatdagi kishilar o‘rtasida aloqa quroli sifatidagi ijtimoiy vazifasini bajarishida ifodalanadi. Shuningdek, A.Nurmonov va Sh.Iskandarovalarning ma’lumotiga ko‘ra, sotsiolingvistika tilning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, unga ijtimoiy omillarning ta’siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning tarmog‘i sanaladi. Ularning fikricha, sotsiolingvistikaning eng asosiy vazifalaridan biri “jamiyat lisoniy hayotiga ilmiy texnika revolyutsiyasi ta’sirining xarakteri, tempi, ko‘lami, sohalari va xususiyliklarini aniqlash” hisoblanadi. Sotsiolingvistik nuqtai nazardan, til hodisalari (barcha sathlarda) ijtimoiy shartlashgandir.
Tilni sotsiolingvistik aspektda tadqiq qilgan tilshunos olima B.Y. Qo‘shoqovaning e’tirof etishicha, tilning taraqqiy etishida jamiyatning roli, xususan, ijtimoiy omillarning ahamiyati katta bo‘lib, ular tilning ichki strukturasi va funktsiyalaridagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bunga ko‘ra tilning rivojlanishida ijtimoiy omillarning tutgan o‘rni katta bo‘lib, bu esa o‘z o‘rnida til va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslaydi.
Xususan, olima til funktsional rivojlanishini sotsiolingvistik nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, bunda aynan o‘zbek tilining funktsional rivojlanishida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi (til siyosati), mustaqillik omili, ijtimoiy tizimning o‘zgarishi, ishlab chiqarish sohasidagi

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə