Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə36/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

imkoniyatlarning kengayishi, ilm-fandagi o‘zgarishlar, adabiyotdagi yangiliklar, davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar, mavkuraviy jarayonlar kabi ijtimoiy omillarning ta’sirini alohida ta’kidlaydi.
Zamonaviy sotsiolingvistikaning maqbul ta’rifi quyidagi ikki aspekt bilan belgilanadi: tilning uning ijtimoiy kontekstidagi tadqiqi; ijtimoiy hayotning lingvistika orqali o‘rganilishi. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarga javob topishga urinadi:

  1. nutq shakllari va kommunikatsiya ko‘rinishlari makon va zamon aspektida qanday tarqalishi yoki xoslanishi;

  2. individual shaxs va ijtimoiy guruh vakillari tilda va til orqali o‘zlarini qay holda tavsiflashi;



v) turli ijtimoiy hududlarda insonlar tomonidan qabul qilingan muloqot (so‘zlashuv) tarzi qay holda bir-biridan farqlanish masalalari;
g) ko‘p tilli insonlarning tildan foydalanishda qanday tipik qurilmalardan foydalanishi;



  1. ijtimoiy konfliktlar va keskinliklarda til qay holda mujassamlashadi;




  1. tilga bo‘lgan munosabatlarimiz ijtimoiy bo‘linish (diviziya) va ijtimoiy diskriminatsiya masalalarini aks ettiradimi, yoki tilni jamiyatda yaxshi tushunish ushbu muammolarni bartaraf etadimi kabi savollarga javob topish;

yo) til axborotini yig‘ishning eng qulay va samarali usulini izlash;


j) lingvistik tadqiqotlarning sifat va miqdor metodlarining natijalari;


p) tadqiqotchi, tadqiqot ishtirokchisi (informant) va lingvistik axborot o‘rtasidagi munosabatlar.


Shuningdek, o‘zbek tilshunos oimi M.T. Irisqulovning qayd etishicha, sotsiolingvistika zamonaviy tilshunoslikda ikki ma’noda ishlatiladi: a) til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, ya’ni jamiyat hayoti va rivojlanishida tilning roli, va aksincha tilning rivojlanishida jamiyatning ahamiyati; b) tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi munosabati bilan bo‘ladigan farqlar.
M.T. Irisqulovning qayd etishicha, hozirgi kunda sotsiolingvistika til va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik yuzasidan quyidagi masalalarni aniqladi:

  1. jamiyat tarakkiyoti tillarning ijtimoiy vazifalarini ortib borishiga olib keladi;




  1. xamma adabiy tillarning lug‘at tarkibi kengayib, boyib boradi;



v) ijtimoiy tarakkiyot sur’atining jadallashib borishi adabiy tillarda o‘z aksini topib boradi;


g) qo‘shni xalqlar tillarining bir-biriga o‘zaro ta’siri ortib boradi; d) millatlararo aloqa vositasi vazifasini o‘tovchi tilning ijtimoiy roli oshib boradi va uning boshka tillarga ta’siri kuchayadi;

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə