Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə37/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

e) ikki tillilik rivojlanib boradi.


Sotsiolingvistika til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni yoritishni asosiy o‘rganish masalalaridan biri deb talqin etar ekan, bunda til va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tamoyili quyidagi fikrlarda ham aks etgan: til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U
kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret – tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy vositadir.

  1. Sotsiolingvistik tahlil metodlari.



Ushbu lingvistik tahlil metodi til va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tamoyilini asoslash, tilning ijtimoiy tabiatini yoritish, ijtimoiy omillarning til rivojiga ta’sirini o‘rganish, tilni ijtimoiy o‘rganishda uning funktsiyalari va ularning kengayishini tahlil qilish, til birliklarining ijtimoiy shartlanganlik holatini yoritish, til sistemasining taraqqiy etishida ijtimoiy omillarning o‘rnini aniqlash masalalarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, tilshunos olima B.Y. Qo‘shoqova ushbu tahlil metodidan asosan ijtimoiy omillarning til rivojiga ta’sirini aniqlash, til sistemasi, xususan, leksik sathning taraqqiy etishida ushbu omillarning o‘rnini yoritib berishda foydalangan.
Ijtimoiy tilshunoslikning o‘z metodlari va ularni qo‘llash vositalari mavjud. Ijtimoiy tilshunoslik metodlariga (tashqi) kuzatish, qo‘shilib kuzatish, so‘rov metodlari, intervyu, anketa va test metodlari kiradi.
To‘gri, ularning aksariyati sotsiologiya fanida qo‘llaniladigan usullarga yakin, lekin fanning predmetidagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yullari va ma’lumotlarni ilmiy jixatdan tahlil qilishda farklar mavjud.

  1. Til ijtimoiy funktsiyalarini ta’riflash va tasniflash.



Ko‘p qirrali va murakkab hodisa sifatida tilning ijtimoiy funktsiyalariga nisbatan qiziqish yo‘qolmagan, aksincha, bu muammo XXІ asr boshlari tilshunosligida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Tilshunos olimlar tilning ijtimoiy funktsiyalarini, shu bilan birga ularning jamiyatda harakatlanishini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilmoqdalar.
Tilning rivojlanish darajasi o‘zi bajarayotgan funktsiyalarning kengayishi, ya’ni ijtimoiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liq. Jamiyat ko‘p tarmoqlar, ko‘p sohalarni o‘z ichiga olgan va ulardagi ijtimoiy hayotda til asosiy aloqa vositasi sifatida ishlatilishi va shu bilan birga jamiyatdagi hamma o‘zgarishlar unda aks etishi barobarida jamiyat rivojlanishi, takomillashishi, uning imkoniyatlari kengayishi tilning ijtimoiy funktsiyalari rivojlanishiga olib keladi. Demak, tilning ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy mavqei oshganligini va muloqot vositasi sifatida butun bir jamiyat tomonidan foydalanilayotganligini uning ijtimoiy funktsiyalari kengayishida ko‘rishimiz mumkin.
Tilning ijtimoiy funktsiyalari deganda uning ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohasida bajaradigan roli tushuniladi. Muloqot vositasi va fikrlar almashinuvi uchun xizmat qiluvchi tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash va uning ijtimoiy funktsiyalarini o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Funktsional tavsif tillarning ijtimoiy funktsiyalari aloqasini aniqlaydi, tilning funktsional bo‘linishi uning ichki tarkibiy rivojlanishiga, uning jamiyat hayotidagi roliga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tilga funktsional yondashuvning ahamiyati shundaki, ilmiy asoslangan tahlil turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy sohalarda til qo‘llanilishi xususiyatlarini ochib
berishga xizmat qiladi.


Tilga oid tadqiqotlarga funktsional yondashuv til jamiyat rivojlanishi va tillarning o‘zaro aloqa qonuniyatlarining ijtimoiy shartlanganligining asosiy aniqlovchisiekanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə