Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə38/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Tilning jamiyatdagi funktsiyalari ko‘p qirrali bo‘lib, tilshunoslar ularni turlicha tasniflaydi. Masalan, Yu.S. Stepanov o‘z ilmiy qarashlariga asosan quyidagi funktsiyalarni ajratadi: kommunikativ funktsiya, voqelikni aks ettiruvchi funktsiya, nominativ funktsiya, estetik funktsiya, magik (ishonchlar, diniy marosimlar) funktsiyasi, emotsional-ekspressiv funktsiya, apelyativ funktsiya. Tasniflangan funktsiyalar ichida muallif kommunikativ funktsiyani nisbatan asosiy funktsiya deb qaraydi.
Taniqli sotsiolingvist Yu.D. Desheriev tilning funktsiyalarini quyidagilarga ajratadi: kommunikativ funktsiya, ijtimoiy funktsiya, ekspressiv funktsiya, estetik funktsiya, gnoseologik funktsiya.
Tilshunos E.S. Kubryakova til funktsiyalarini sakkiztaga bo‘linishini ta’kidlaydi: kommunikativ funktsiya, aks ettiruvchi funktsiya, bilishga yo‘naltirilgan funktsiya, informativ funktsiya, fatik funktsiya, nominativ funktsiya, ekspressiv funktsiya, apelyativ funktsiya.
E.S.Kubryakova tasnifida til funktsiyalarining yuqoridagi Yu.D.Desheriev tasnifiga qo‘shimcha ravishda informativ va fatik funktsiyalarni kiritganini ko‘rishimiz mumkin.
T.V. Jerebilo tilning quyidagi funktsiyalarini sanab, ta’rif berib o‘tadi: ontologik, kommunikativ, akkumulyativ, ijtimoiy, ta’sir etish, ajratuvchi, informativ, kognitiv, umumlashtiruvchi, kommunikativ, aloqa o‘rnatish, magik, metatil, to‘liqsiz, nominativ, birlashtiruvchi, aks ettiruvchi, parallel, pertseptiv, poetik, pragmatik, ekspressiv, regulyativ, simvolik, emotiv, estetik va etnomadaniy funktsiyalar.
R.O.Yakobson tasnifiga ko‘ra esa tilning oltita funktsiyasi qayd etiladi: emotiv funktsiya (jo‘natuvchiga mo‘ljallanish, uning emotsiyalarini uzatish); kognitiv funktsiya (adresatga mo‘ljallanish, unda muayyan holat uyg‘onishiga intilish); poetik funktsiya (axborot shakli uchun); metatil funktsiyasi (til sistemasi uchun); fatik funktsiya (muloqot uchun); referentiv funktsiya (voqelik uchun).
Yuqorida keltirilgan til funktsiyalari tasniflarini qiyosiy tahlil qilsak, tilga kommunikativ funktsiya, nominativ funktsiya, estetik funktsiya, magik funktsiya, emotsional-ekspressiv funktsiya, apelyativ funktsiya, ijtimoiy funktsiya, gnoseologik (kognitiv) funktsiya, informativ funktsiya, fatik funktsiya, metatil funktsiyasi, referentiv funktsiyalar xosligining guvohi bo‘lamiz.
Til funktsiyalarining har biri o‘z pragmatik, sotsial va madaniy tabiatiga ega bo‘lib, mana shunday xususiyatlari bilan tilning o‘z vazifalarini bajarishiga imkon yaratadi. Bunday funktsiyalar til egalari muvaffaqiyatli muloqotga kirishishida o‘z pragmatik maqsadlarini erkin va ravon ifoda etishida, til birliklarini o‘z kontekstida o‘rinli qo‘llay olishida, nutqning ta’sirchanligini oshirishda namoyon bo‘ladi.
Savollar:

  1. Ijtimoiy tilshunoslik deganda nimani tushunasiz?




  1. Ijtimoiy tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti nima?




  1. Ijtimoiy tilshunoslikning asosiy metodlari nimalardan iborat?




  1. Ularni qo‘llashda qanday o‘ziga xoslik namoen bo‘ladi?




  1. Ijtimoiy so‘rovnomadan qayday foydaniladi?

  1. ma’ruza. Til sathlari bo‘yicha metodlarning qo‘llanilishi

Reja:



  1. Til sathi tushunchasi va uning tasniflanishi.





  1. Yüklə 125,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə