Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə43/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Komponent tahlil metodi. Ushbu metodning ob’ekti alohida so‘z emas, balki ma’lum bir leksik- semantik guruh (LSG)dir. Biroq, shunga qaramasdan, ta’kidlash joizki, komponent tahlil (KT)ning maqsadi ma’lum bir so‘zning ma’no hajmi (semantik doirasi), barcha holatlardagi semantik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Komponent tahlilni differentsial tahlilning leksik sathdagi ko‘rinishi desak, xato bo‘lmaydi. Zero, KT so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratishda ularning semantik xususiyatlarini hisobga oladi va shunday xususiyatlar asosida ma’no farqlash orqali leksik-semantik guruh hosil qiladi. Boshqa sath birliklari kabi, so‘zlar ham leksik sathda ma’lum guruhlarga birikadi. Ushbu guruhda ular o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi. Shunday munosabatdagi leksik-semantik guruhlarga quyidagi misollarni keltirish mumkin:

  1. uy jihozlari nomlari: stol, stul, shkaf, kreslo, divan, sandiq, taxmon va h.k.




  1. metereologik hodisalar: shamol, qor, yomgir, izg‘irin, to‘fon, bo‘ron va h.k.




  1. qon-qarindoshlik atamalari: ota, bola, ona, qiz, o‘g‘il, aka, uka, tog‘a, jiyan, xotin, qaynota va h.k.

  2. his-hayajonni ifodalovchi so‘zlar: xursandchilik, xafalik, shodlik, mamnunlik, nafrat, zavq, shafqat va h.k.

  3. inson intellektual faoliyatini ifodalovchi fe’llar: o‘ylamoq, ikkilanmoq, fikrlamoq, bilmoq, faraz qilmoq, tushunmoq, eslamoq, unutmoq va h.k.

Ko‘rinib turganidek, so‘zlar turli leksik-semantik guruhlarga ajratilayotganda umumiy semantik xususiyatlariga asoslaniladi, ya’ni semantik umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’lum LSG tarkibiga kiruvchi so‘zlar o‘z o‘rnida o‘zaro farqlanadi, qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Bunda mavjud farqlar va oppozitsiyalar yordamida so‘zlarni o‘zaro chog‘ishtirish orqali ularning ma’no komponentlari aniqlanadi va har bir so‘zning semantik maydoni, ma’no doirasi yoritiladi.
KTning dastlabki bosqichi til lug‘at boyligidan ma’lum LSGning ajratilishi hisoblanadi. O‘z
navbatida mazkur LSG ham o‘z bosqichlariga ega, ya’ni o‘z o‘rnida u ham ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. Shuningdek, ikki turli xil LSG o‘zaro bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin. Masalan, tirik mavjudotlarni bildiruvchi leksik birliklar jonsiz narsalarni anglatuvchi birliklar bilan qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘z navbatida tirik jonzotlar guruhi ham o‘zaro farqlanishi mumkin: qushlar nomlarini bildiruvchi LSG va baliqlar turlarini ifodalovchi LSG. Bundan tashqari, insoniy his-tuyg‘ularni bildiruvchi leksik birliklar o‘z o‘rnida ijobiy va salbiy insoniy his-tuyg‘ularni ifodalovchi LSGga bo‘linadi va o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilib o‘rganiladi.
Shunday qilib, KTning asosiy xususiyatlari quyidagicha: a) KT asosan leksik sath birliklarini tahlil qilish uchun qo‘llanadi; b) so‘zlar umumiy semantik xususiyatlari asosida ma’lum LSGga biriktiriladi; bunday so‘zlar o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi; v) ma’lum LSGdagi so‘zlar ham (umumiy semantik belgisiga ega bo‘lsa-da) o‘z navbatida bir-biriga qarshi qo‘yilib, semantik ma’no qirralari, nozikliklari aniqlanishi mumkin.

Yüklə 125,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə