Lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 125,96 Kb.
səhifə51/61
tarix20.06.2022
ölçüsü125,96 Kb.
#89792
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Distributiv tahlilning morfologik birliklarni tahlil qilish tamoyili qanday?




  1. Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari qaysilar?

  2. Oppozitsion tahlilning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?




  1. Distributiv tahlilning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?




  1. Bevosita ishtirokchilarga ajratish tahlilining gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?




  1. Transformatsion metodning gap darajasida tahlil qilish tamoyili qanday?




  1. Gapni aktual bo‘laklarga ajratish metodi haqida nima bilasiz?

  1. ma’ruza. Til sathlari bo‘yicha metodlarning qo‘llanilishi. Stilistik sath

Reja:



  1. Stilistikaning o‘rganish ob’ekti.




  1. Stilistik tahlil talablari va boskichlari.




  1. Matn stilistikasi muammolari.


  1. Stilistikaning o‘rganish ob’ekti.



Stilistika til va nutq uslublarini o‘rganadi. Uning predmeti «til stillari; tilning lug‘at sostavida, frazeologiya, morfologiya va sintaksisda mujassamlashgan ifoda vositalari; badiny, ilmiy, publitsistik va boshqa asarlarning uslublari; ba’zi bir stillarga xos bo‘lgan badiiy tasvir priyomlaridir.
Stilistika tilning alohida birligi bo‘lmasa-da, u tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarining stilistik bo‘yoqdorligini o‘rganishda qiyoslash ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, stilistik vositalar (troplar) ham alohida ob’ekt sifatida qiyoslanishi mumkin.
Stilistika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, uning o‘rganish ob’ektiga quyidagilar kiradi: til uslublari, leksik va grammatik sathlarda sinonimiya hodisasi, til elementlari (hodisalar)ning ma’no va qo‘llanish xususiyatlari. Xususan, rus tilshunos olimi V.V. Vinogradov stilistikaning quyidagi qismlarini farqlaydi: a) tilning funktsional stillarini o‘rganuvchi stilistika (struktural stilistika); b) turli janrlarning semantik va ekspressiv-stilistik xarakterlarini hamda og‘zaki va yozma nutq orasidagi farqlarni tekshiruvchi nutq stilistikasi (nutq stilistikasi); v) adabiy yo‘nalishlar, badiiy asar hamda yozuvchi uslubini tadqiq etuvchi badiiy adabiyot stilistikasi (badiiy adabiyot stilistikasi).
Shuningdek, milliy til stilistikasi ham stilistikaning muhim tadqiqot ob’ekti sifatida quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi: tilning barcha birliklari (fonetik, leksik, grammatik) stilistikasi, tilning og‘zaki va yozma shakllari, adabiy va so‘zlashuv nutq ko‘rinishlari. Stilistikaning tekshirish ob’ektiga fikr va maqsadni ifodalashda til element (hodisa)larining to‘g‘ri tanlanganligi yoki tanlanmaganligi, til birliklariini maqsadga muvofiq tanlash va qo‘llash usullari, sinonimik munosabatlarning barcha turlari (so‘zlarning stilistik belgilari, sintaktik strukturalarning qo‘llanish xususiyatlari) ham kiradi.


  1. Yüklə 125,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə