Mexnat sharoitlari – o‗quv va mexnat faoliyatining asosiy jarayonlari bo‗lib,
KAJT tashkil etishining muhim mazmuni bo‗ladi. Faoliyat xonada yoki ochiq
havoda, balandlikda yoki suv, er ostida, qanday iqlimda olib borilishi, mexnat
jarayonida tana holatlari qanday bo‗lishi, kasbning zararli unsurlari, mexnat
faoliyatining davomiyligi, mexnat jarayonida yaratilgan sharoitlar, yoritilganlik,
havo harorati, shovqin, changlar kabi omillar ta‘siri hisobga olinadi. Masalan
ochiq havoda mexnat jaranlarida havo haroratining keskin o‗zgarib turishi,
umumiy chidamlilikni, yurak qon tomir tizimining yaxshi rivojlanganligini talab
etadi. Tor joyda va bir hil holatda ishlash, tana qismlari elka kamari, gavda, tos son
va qo‗l oyoq muskullarini statik zo‗riqishda bo‗lishiga olib keladi. Keng joyda va
ko‗p harakatlanish bilan bajariladigan mexnat jarayonida esa umumiy
chidamlilikni, to‗g‗ri harakatlanish va yurish tanyach harakat apparati, yurak qon
tomir tizimi va nafas olish tizimini yaxshi rivojlangan bo‗lishini talab etadi.
Avtomatlashtirilgan mexanizmlarni va ishlab chiqarish jixozlarini boshqarish
murakkab harakat reaksiyalari, kuzatuvchanlik, diqqat, tez fikrlash, xissiy
barqarorlik kabi sifatlarni takomillashgan bo‗lishiga bog‗liq. Kompyuter
texnologiyalarda ish olib borish, katta jamoalarda foliyat ko‗rsatish hodimlardan
kirishuvchanlik, muloqat madaniyati va rahabarlarga esa tashkilotchilik,
mas‘liyatlilik kabi axloqiy sifatlarni rivojlangan bo‗lishini talab etadi.
Mexnat xususiyatlari. Bir jamoada faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning
kasbiy vazifalari o‗zaro farq qilsa, ularning mexnat xususiyatlari ham bir biridan
farq qiladi. Jismoniy va asabiy zo‗riqishlar ta‘sirida bo‗ladigan mexnat faoliyatida
organizm barcha zaxira quvvatlarini sarf qilinishini, funksional imkoniyatlarini
168
namoyon etilishini talab etadi. Bu bilan sog‗lik takomillashgan darajada bo‗lishi
muhim ekanligi ko‗rsatiladi.