165
motosport, suv sporti turlari, yakkakurash turlari, ot sporti turlari bilan muntazam
shug‗ullanish jarayonlarida amalga toshiriladi.
Fikrlash, diqqat va xis tuyg‗ularni boshqarish kabi amaliy ruhiy va shaxs
sifatlari o‗yinlarda, bellashuvlarda, otishmalarda va texnik sport turlarida ham
rivojlantiriladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida
toliqishlarga qarshi
turish, og‗riqlarga chidamlilik, qo‗rqinchni engish, jamoada hamkorlik bilan
faoliyat olib borish shaxs sifatlaridan mexnatsevarlik,
tirishqoqlik, sabrlilik, o‗z
kuchiga ishonch, jasurlik va qat‘iyatlilik kabi xislatlarni shakllantirishga yordam
beradi.
Amaliy maxsus sifatlarni organizmni chiniqtirish, vestibulyar apparatni
takomillashtirishga
yordam beruvchi, akrobatika mashqlari, gipoksiyaga
chidamlilikni ortirishda chidamlilik mashqlari bilan rivojlantirish mumkin. Maxsus
sifatlarni rivojlantirishda maxsus mashqlar bilan birga amaliy sport turlari bilan
shug‗ullanish ham mumkin. Mashg‗ulotlar
natijasida organizm funksional,
bioximik, morfologik imkoniyatlari takomillashib, jismoniy, ruhiy yuklamalar va
tashqi ta‘sirlarga organizm chidamliligi ortib boradi. YAxshi jismonan rivojlangan
va chiniqqan insonlar yangi hudud iqlim
sharoitlariga tez moslashadi, yuqori va
past haroratlarni ko‗tara oladi, yuqumli kasalliklarga va radiaktiv nurlarga
chidamli bo‗ladi.
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik
jarayonlari bilan o‗zaro muvofiqlikda tashkil etilishi kerak. Kasbiy maxsus
sifatlarni rivojlantirishda sog‗likni
mustahkamlash, organizm barcha tizim va
organlari faoliyatini takomillashtirish bilan amalga oshiriladi. Kasbiy amaliy
jismoniy tayyorgarlikning mazmuni tanlangan kasbiy faoliyat xususiyatlari bilan
bir hil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: