166
SHuningdek KAJT rejalashtirishda
mexnat va dam olish tartibi, ishchanlik
qobiliyatini o‗zgarib turishi, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Asosiy
mexnat turlari – aqliy va jismoniy mexnat shakllarida bo‗ladi.
Jismoniy mexnat – muskul guruhlari yordamida
tashkil etiladigan faoliyat
bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy mexnat asosini insonning maqsadga yo‗naltirilgan
jismoniy harakat faoliyati tashkil etadi.
Aqliy mexnat – bosh miya faoliyati yordamida axborotlarni o‗zlashtirish,
tahlil etish uchun diqqatni, xotirani va fikrlash kabi aqliy qobiliyatlarni namoyon
qilish jarayoni bo‗lib hisoblanadi. Aqliy mexnat jarayoni kamharakatlilik bilan
ifodalanadi.
Aqliy va jismoniy mexnatni ajratish mumkin emas, barcha muskul guruhlari
faoliyatida ham aqliy fikrlash jarayonlari amalga oshadi.
SHuningdek aqliy
mexnat jarayoni ham butun organizmning o‗zaro muvofiqlikdagi faoliyatida
tashkil etiladi. SHunga qaramay bir mexnat jarayonida jismoniy yuklamalar ta‘siri
ishtirok etsa, ikkinchi mexnat jarayonida aqliy yuklamalar ta‘siri amalga oshadi.
Bu jarayonlar jismoniy va aqliy yuklamalarni me‘yorlash, ularning organizmga
salbiy ta‘sirlarini bartaraf etish hamda kasbiy kasalliklarni
va jarohatlanishlarni
oldini olishga yordam beradi.
Sanoat
texnikasining
rivojlanishi,
ishlab
chiqarish
jarayonlarining
mexanizasiya va avtomatizasiya qilinishi jismoniy quvvatning kam sarf etilish va
aksincha aqliy faoliyatning ko‗payishiga olib kelmoqda. Aqliy mexnatning hajmi
ortib borishi hisobiga jismoniy mexnat jarayonlari keskin qisqarib bormoqda.
Gipodinamiya – kamharakatlilik inson sog‗ligida salbiy ta‘sirlar ko‗rsatib uning
o‗quv va mexnat faoliyati samaradorligini pasayishiga sabab bo‗lmoqda. Keyingi
yillarda jamiyat taraqqiyoti natijasida gipodinamiyani vujudga kelishi bilan
insonlarning bevaqt o‗lim darajasi ortib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlardan
AQSHda bevaqt o‗lim darajasi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan 10
baravar ko‗p bo‗lib hisoblanadi.
Inson organizmi ming yillik tarixiy davrlarda jismoniy mexnat va harakatlar
natijasida shakllanib, takomillashib keldi. Endilikda
esa jamiyat taraqqiyotidagi
167
yutuqlar kamharakatlilikka olib kelib, asrlar davomida shakllangan jismoniy
rivojlanish tamoyillariga to‗sqinlik qilmoqda. Uzoq vaqt o‗tirib ishlash, kam
harakatlilik oyoqlar va tana qismlarining harakatsiz
qolishiga olib kelib,
sog‗ligimizga putur etkazmoqda. Kam harakatlilik bilan kuchli asabiylashish inson
organizm uchun eng havfli omil bo‗lib hisoblanadi. Kun davomidagi jismoniy
harakatlar organizmni zamonaviy jamiyatning salbiy ta‘sirlaridan himoya qila
oladi.
Dostları ilə paylaş: