Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

 
Batterflyay (del’fin)
– usulida suzish. Bu suzish usulining o‗ziga xos 
xususiyatlari shundaki, qo‗llar teng holda quloch yozishni yakunlagandan so‗ng, 
suv ostida suvni surib, tayyorgarlik harakatini suv ustida bajaradi. Oyoqlar harakati 
esa del‘fin dumi singari tepadan pastga qarab suvni suradi. Oyolarni teng ikki 
marta suvni surish harakatiga qo‗lni bir marta quloch yozib suvni surish harakati 
to‗g‗ri keladi. Bunda qo‗llar va oyoqlar harakati simmetrik holda bir hil harakat 
bajarishlari kerak.
Suzuvchi tanasi suvda ko‗krak bilan bo‗lib, bosh to‗g‗riga qaragan tana bir 
oz suvga botgan holda bo‗ladi. Qo‗llar bilan quloch yozganda bosh suvga qaragan 
holda bir oz botadi, quloch yozish tugaganda bosh ham ko‗tariladi. Qo‗llar yana 
suvga kirishi bilan bosh yana suvga botadi. Oyoqlar juft qilinib tizzalarda bir oz 
bukilib tepadan pastga suvni surib harakat qiladi. Oyoqlar harakati simmetrik va 
qo‗llar harakatiga muvofiq bajarilishi kerak. Suzish harakati davomida tana suvga 
bir oz botishi va ko‗tarilishi kuzatiladi. 
Start:
Suzish usullarida start berish ikki hil usulda, suvdan va supachadan 
start berish usullari qo‗llaniladi. Suvdan start berish usuli faqat chalqancha suzish 
usulida qo‗llaniladi. Bunda suzuvchi start supachasi ostida joylashgan dastakdan 
ikki qo‗lda tutib turadi, oyoqlar esa suzish xavazasi devoriga tanyagan bo‗ladi. 
Start buyrug‗idan so‗ng oyoqlar bilan depsinib qo‗llar qo‗yib yuboriladi, tana
havoda gorizantal holatda cho‗zilib suvga botadi va suv ositida bir necha metr 
masofa harakatlanib qo‗llar quloch yozishi boshlanadi. Suv ostida suzuvchining 
harakatlanishiga uning oyoqlar bilan shiddatli harakati yordam beradi.
Supachadan start usuli chalqancha suzishdan boshqa barcha suzish usullarida 


159 
qo‗llaniladi. Suzuvchi start supachasiga chiqgandan so‗ng ikkila qo‗l oldga ba‘zan 
pastga uzutiladi. Marsh buyrug‗idan so‗ng oyoqlarga depsinib suzuvchi oldga 
tashlanadi. Tana havoda gorizontal holda bir necha metrga uchadi va suvga dastlab 
qo‗llar va so‗ng bosh bilan kirib suv ostida bir necha metr suzadi. Bunda ham 
suzuvchining suv ostida suzishi oyoqlarning shiddatli harakati bilan amalga 
oshiriladi. Sudan chiqish qo‗llarning quloch yozish harakati bilan boshlanadi. 
Burilishlar:
sport suzish usullarida ikki hil shaklda burilish harakati amalga 
oshiriladi. Burilish harakati suzish xavzasi devoriga borib qaytishdagi harakat 
sanaladi. Burilishning depsinish bilan amalga oshirilishi suzish tezligini 
kamaymasligiga balki yanada ortishiga yordam beradi. Burilishlarning olddiy 
shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng qo‗lini tekizadi, 
so‗ng ikkala oyoqlarni suzish xavzasi devoriga tirab depsinish harakati bajariladi. 
Aylanib burilish shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng 
qo‗lini tekizadi va suv ostida aylanib oyoqlarni suzish xavzasi devoriga tirab 
depsinish harakati bajariladi. Aylanib burilish oddiy burilishga nisbatan murakkab 
harakat hisoblansada, burilishda yuqori tezlikka erishish ta‘minlanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə