159
qo‗llaniladi. Suzuvchi start supachasiga chiqgandan so‗ng ikkila qo‗l oldga ba‘zan
pastga uzutiladi. Marsh buyrug‗idan so‗ng oyoqlarga
depsinib suzuvchi oldga
tashlanadi. Tana havoda gorizontal holda bir necha metrga uchadi va suvga dastlab
qo‗llar va so‗ng bosh bilan kirib suv ostida bir necha metr suzadi. Bunda ham
suzuvchining suv ostida suzishi oyoqlarning shiddatli harakati bilan amalga
oshiriladi. Sudan chiqish qo‗llarning quloch yozish harakati bilan boshlanadi.
Burilishlar:
sport suzish usullarida ikki hil shaklda burilish harakati amalga
oshiriladi. Burilish harakati suzish xavzasi devoriga
borib qaytishdagi harakat
sanaladi. Burilishning depsinish bilan amalga oshirilishi suzish tezligini
kamaymasligiga balki yanada ortishiga yordam beradi. Burilishlarning olddiy
shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng qo‗lini tekizadi,
so‗ng ikkala oyoqlarni suzish xavzasi devoriga tirab depsinish harakati bajariladi.
Aylanib burilish shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng
qo‗lini tekizadi va suv ostida aylanib oyoqlarni suzish
xavzasi devoriga tirab
depsinish harakati bajariladi. Aylanib burilish oddiy burilishga nisbatan murakkab
harakat hisoblansada, burilishda yuqori tezlikka erishish ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: