Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Akrobatik mashqlar:
Oldga yumalash harakatlariga o‗rgatish. O‗tirgan 
holda qo‗llarga tayanib, oyoqlarni ko‗tarib, tana og‗irligini qo‗llarga o‗tkazish, 
boshni egish va oldga tamon bosh, bo‗yin va kuraklarni tekizib yumalash. 
YUmalashni yakunlab, qo‗llar bilan tizzadan tutib, oyoqlarga o‗tirish.
Orqaga yumalashda o‗tirgan holdan oldga bukilgan holda orqaga ketish, 
bunda dastlab orqaga o‗tirish, oyoqlarga depsinib, qo‗llarga tayanib bel, kurak, 
bo‗yin va bosh tegib orqaga yumalashni yakunlash va dastlabki holatga qaytish.
Kuraklarda tik turish uchun orqaga yumalash harakatini bajarishda yumalash 
holati kurakka kelganda to‗xtash, qo‗llar belga tayanib muvozanatni saqlash
oyoqlarni juft qilib, tizzalarda to‗g‗ri qilib tik holda baland ko‗tarish. Kurakda 
turish harakati bir necha soniya bo‗ladi, so‗ng orqaga dastlabki holatga qaytish 


155 
yoki oldga yumalashni bajarish mumkin. Harakatni dastlabki o‗rganish bosqichida 
murabbiy yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. 
Boshda tik turish uchun daslabki holat yarim o‗tirgan holda bo‗lib qo‗llar 
oldga qo‗yiladi, so‗ng bosh erga qo‗yilib qo‗llarga tanyagan holda gavda tiklanadi. 
Gavda tiklangach oyoqlar juft holda qilinib, tizzalarda to‗g‗rilanadi. Boshda turish 
harakati bir necha soniya bo‗ladi, so‗ng orqaga dastlabki holatga qaytish yoki 
oldga yumalashni bajarish mumkin. Harakatni dastlabki o‗rganish bosqichida 
murabbiy yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. 
Oldga va orqaga yumalashlar yakunida oyoqlarni keng yozib o‗tirish 
harakatlariga o‗rgatish. YUmalash oddiy yumalash harkatlari kabi bajariladi. 
Oldga va orqaga yumalashlarning yakuniy bosqichida oyoqlarni keng yozish va 
qo‗llarga tayanib o‗tirish harakatlarini bajariladi. 
Uzun yumalash harakati yarim o‗tirgan va tik turgan holda bajariladi. Uzun 
yumalash harakati oddiy va sakrab amalga oshirish mumkin. Oddiy yumalashda 
yarim o‗tirgan holda qo‗llar oldga cho‗zilgan, oyoqlarga depsinib iloji boricha 
oldinga tashlanadi. Dastlab qo‗larga tayaniladi so‗ng bosh, bo‗yin va kuraklar 
tegib yumalash harakati amalga oshiriladi. yumalash harakati oyoqlar juft holda, 
tizzalarda bukilgan va qo‗llar bilan tizzlar ushlab olingan holda o‗tirish bilan 
yakunlanadi. Sakrab yumalashda harakat sakrash va oldga tashlanipsh bilan 
boshlansada qolgan haraatlar oddiy yumalash kabi takrorlanadi. 
―CHarxpalak‖ aylanishi mashqini bajarishga o‗rgatishda dastlabki holat tik 
turish, oyoqlar elka kengligida, qo‗llar tepaga uzatilgan bo‗ladi. Mashqni o‗ng 
tamonga bajarishda dastlab o‗ng oyoq yon tamonga qo‗yiladi, yon tamonga gavda 
egilib qo‗llar navbat bilan erga qo‗yiladi. Dastlab o‗ng qo‗l so‗ng chap qo‗l 
qo‗yiladi, shu vaqtda oyoqlarga depsinilib tana holati teskarisiga vertikal holatga 
keladi. Mashq yakunida chap oyoq birinchi erga qo‗yilib so‗ng o‗ng oyoq yoniga 
qo‗yiladi. Mashqni bajarishda tana holati charxpalak shaklida aylanadi. Mashqni 
tez va sekin bajarish mumkin. Mashqni bajarish faqat yon tamonlama amalga 
oshirilib oyoqlarga qo‗nishda ham tana yon tamonlama holatga kelishi kerak. 
«Ko‗prik» yasash usuliga o‗rgatishda orqa bilan yotib, oyoqlar elka 


156 
kengligida tizzalardan bukilgan, qo‗llar bosh ortida chig‗anlardan bukilgan bo‗ladi. 
Qo‗llar va oyoqlarga tanyangan holda gavda va bel, tos son qismi ko‗tariladi, shu 
vaqttda qo‗l va oyoqlar ham ichkariga tortilib boradi. Gavda baland ko‗tarilish 
bilan u ko‗prik shakliga keltiriladi. Tik holdan ko‗prik yasash uchun oyoqlar elka 
kengligida turish, qo‗llar bosh ortidan tepaga uzatish kerak. Sekin asta orqaga 
egilish bolanadi, bunda bosh ichkariga tortilib egiladi dastlab qo‗llar erga tegadi. 
Tik holda ko‗prik yasash mashqini o‗rganishning dastlabki bosiqichida murabbiy 
yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. 
Talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yuqori darajada bo‗lishi va 
akrobatika mashqlarini bajarishga jismoniy qobiliyatlari etarli darajada 
shakllanishi natijasida qo‗shimcha bir oz murakkab akrobatik mashqlarni o‗rgatish 
mumkin. Bu mashqlardan ―Rondat, oldga qo‗l va bosh yordamida aylanish, orqaga 
sal‘to, teskari shaklda yumalashlar va boshqa‖ harakatlar malaka va ko‗nikmalarini 
shakllantirish tavsiya etiladi. 
Suzish
mashqlariga o‗rgatishda sog‗likni mustahkamlash, chiniqtirish, 
gigienik qoidalarga o‗rgatish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, suvda o‗zini tuta 
olish harakatlariga, sport suzish usullari texnikasiga o‗rgatish, suvda suzishda 
havfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda amaliy suzish usullari va cho‗kishda 
birinchi yordam berish qoidalariga o‗rgatish masalalari hal etiladi. 
Suzish harakatlariga o‗rgatishda suvning xususiyatlari, suzish usullari xaqida 
tushunchalar shakllantiriladi. SHuningdek sport suzish usullari texknikasining 
asoslariga o‗rgatish va ularni mashg‗ulotlar jarayonlarida takomillashtirib borish 
tashkil etiladi. Suzish mashg‗ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar 
shug‗ullanuvchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirish bilan birga suzish usullari 
texnikasiga o‗rgatishni ta‘minlaydi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar quruqlikda 
ham suvda ham bajariladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə