1
KUCHKAROV ULUG`BEK
LOCHINBEKOVICH
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
Barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun
O„QUV QO„LLANMA
Namangan - 2020
2
O‗quv qo‗llanma oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tamonidan taklif etilgan
barcha ta‘lim yo‗nalishalari namunviy o‗quv reja va namunaviy o‗quv dasturi
asosida tayyorlangan bo‗lib, o‗quv qo‗llanma oliy ta‘lim muassasalarining barcha
bakalavr ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan. Qo‗llanmada
jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‗ulotlari, talabalar kun tartibida
sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan hamda jismoniy mashqlar va sport
bilan mustaqil shug‗ullanish nazariy, uslubiy va amaliy tavsiyalar keltirilgan.
SHu bilan birga qo‗llanmada inson organizmi morfologik funksiyalarining
xususiyatlari
va
ularning
rivojlanishida
jismoniy
tarbiya
va
sport
mashg‗ulotlarining ijobiy ta‘sirlari, talabalar o‗rtasida sog‗lom trmush tarzini
ommaviylashtirish masalalari ham tahlil etilgan.
Tuzuvchi:
Namangan muhandislik texnologiya instituti
katta o`qituvchi U.Kuchkarov
Taqrizchilar:
Namangan davlat universiteti
Dosenti p.f.n T.Ismoilov
Andijon davlat universiteti
dosenti
L.Rustamov
3
So„z boshi
Barcha bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv rejasiga ―Jismoniy tarbiya va
sport‖ fani kiritilgan bo‗lib, bu fan talabalarni jismonan rivojlangan va sog‗lom
qilib tarbiyalash hamda bo‗lg‗usi mutaxassisliklariga kasbiy amaliy jismoniy
tayyorgarliklarini ta‘minlashdan iborat bo‗ladi. Jismoniy tarbiya va sport fani
bo‗yicha tayyorlangan ushbu o‗quv qo‗llanma jismoniy tabiya o‗qituvchilari va
sport murabbiylariga talabalar bilan jismoniy tarbiya darslari va sport turlari
bo‗yicha mashg‗ulotlar tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam beradi. SHu bilan
birga o‗quv qo‗llanmadan talabalar jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil
shug‗ullanishlarida ham keng foydalanishlari mumkin.
O‗quv qo‗llanmada oliy ta‘lim muassasalari talabalari bilan jismoniy tarbiya
darslari va sport mashg‗ulotlarini tashkil etish bo‗yicha quyidagi mavzular
yoritilgan:
Talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalari:
Talabalar sog‗lom turmush tarzini tashkil etish va ommaviylashtirish:
Inson organizmi xususiyatlari va unga jismoniy mashqlar va sport
mashg‗ulotlarining sog‗lomlashtiruvchi ta‘sirlari:
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda o‗z o‗zini nazorat qilish:
Jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha mustaqil mashg‗ulotlarni tashkil etish:
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarni tashkil etish:
Jismoniy tarbiya uslublari va tamoyillari:
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish:
Zamonaviy sog‗lomlashtirish tizimi va vositalari.
SHu bilan birga qo‗llanmada jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda
shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish, aqliy va jismoniy ishchanlikni
ortirishda jismoniy mashqlar va chiniqtirish muolajalaridan samarali foydalanish
bo‗yicha tavsiyalar berilgan.
Jismoniy tarbiya va sport nomli o‗quv qo‗llanmadan oliy va o‗rta maxsus
ta‘lim muassasalari jismoniy tarbiya o‗qituvchilari va sport murabbiylari kasbiy
4
faoliyatlarida, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy qayta tayyorlash
va malaka oshirish jarayonlarida ham foydalanishlari ham mumkin.
Kirish
Oliy ta‘lim muassasalari ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani o‗quv dasturiga
jismoniy tarbiya va sport turlari bo‗yicha nazariy va amaliy tayyorgarlik kiritilgan.
Talaba yoshlar jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarini samarali tashkil etish
bo‗yicha ko‗plab o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar mavjud. Bu qo‗llanmalar talaba
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim hamda amaliy malaka va
ko‗nikmalarni shakllantirish bilan birga sport mashg‗ulotlari va umumiy jismoniy
tayyorgarlik mashqlari bilan mustaqil shug‗ullanish bo‗yicha tajriba va
ko‗nikmalarni ortirishga yordam beradi.
Oliy ta‘lim muassasalarida talaba yoshlarni jimsoniy tarbiya dasrlariga
ajratilgan o‗quv soatlari ularni jismoniy harakatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondara
olmadi, bu bilan ular organizmining jismooniy rivojlanishi hamda sog‗ligini
mustahkamlash vazifalari ta‘minlanmaydi. SHuining uchun talabalarning
organizmini sog‗lomlashtirish shu bilan birga sport mashg‗ulotlarini ular o‗rtasida
ommaviylashtirishda sport to‗garaklaridagi mashg‗ulotlar hamda mustaqil
jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarining ahamiyati katta. Talabalarning ta‘lim
muassasasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanish bo‗yicha malaka va
ko‗nikmalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlar va sport bilan mustaqil
shug‗ullanishga odatlanishga o‗rgatiladi.
Oliy o‗quv yurtini tamomlagan talaba o‗z kasbiy hamda hayotiy faoliyati
jarayonlarida jismoniy tarbiya va sport bilan mustaqil shug‗ullanishnip davom
ettirib, kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarliklarini ortirib boradi. Ishchanlik
samaradorligi ortadi, organizmi sog‗lom bo‗lib kasbiy kasalliklar va
jarohatlanishlarni oldi olinadi. Hozirgi rivojlangan jamiyatda raqobatbardosh,
sog‗lom va jismonan chiniqqan, kuchli hamda ma‘naviy etuk hodimlarga hamma
joyda talab va ish o‗rinlari bo‗ladi.
Kasbiy va hayotiy faoliyat davomida muntazam jismoniy mashqlar va sport
bilan shug‗ullanish yoshlarni ishchanlik qobiliyatini ortirish, yuqori darajada
5
mexnat samaradorligiga erishish, kasbiy faoliyatda yutuqlarga, hurmat va e‘tiborga
sozovor bo‗lishi bilan birga organizmni sog‗lom bo‗lishi hamda uzoq umr
ko‗rishning bosh omili bo‗ladi.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada talaba yoshlar jismoniy tarbiya va sport
sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda muhim hisoblangan nazariy bilim va
amaliy malaka va ko‗nikmalar keltirilgan. Keltirilgan bilimlar yordamida talaba
yoshlar o‗zlarining kasbiy faoliyati va turmush tarzini tashkil etishda jismoniy
harakat malaka va ko‗nikmalaridan samarali foydalanishlari mumkin.
Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanining maqsadi:
Jismoniy tarbiya talabalar o‗quv jarayonlarining ajralmas qismi bo‗lib
hisoblanadi. Jismoniy tarbiya talaba yoshlar sog‗ligini mustahkamlash, jismoniy
tayyorgarlik darajasini ortirish, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish, bo‗lg‗usi
mutaxassislarni kasbiy ijodiy faoliyatga tayyorlashga yo‗naltirilgan.
Keyingi yillarda davlatimizda jismoniy arbiya va sport sohasida olib
boilayotgan islohatlar talaba yoshlarni ta‘lim muassasalarida tashkil etilayotgan
jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarini yanada takomillashtirishga
hamda zamonaviy andozalarga muvofiq bo‗lishiga qaratilgan.
Davlatimiz rahbariyati tamonidan talaba yoshlarni jismona barkamol va
ma‘naviy etuk inson qilib tarbiyalash tamoyillari aks etgan meyoriy hujjatlarda
jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining maqsadi shaxs jismoniy madaniyatini
shakllantirish, kasbiy faoliyatga har tamonlama tayyorgarliklarini ta‘minlash,
mexnat jarayonlarining ijtimoiy va iqtisodiy hamda bioligik va ruhiy jismoniy
asoslari xaqida bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport fanining vazifalari quyidagicha ta‘riflanadi:
—
SHaxs jismoniy madaniyatining ijtimoiy asoslarini o‗rganish:
—
Talabalarda jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining tibbiy va
biologik asoslari xaqida bilimlarni shakllantirish:
—
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotilari nazariyasi va metodikasiga
oid nazariy va amaliy bilim hamda malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish:
6
—
Sog‗lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishda jismoniy mashqlar va
sport bilan muntazam shug‗ullanish:
—
Aqliy va jismoniy mexnat sohasi ishchi hodimlari uchun jismoniy
mashqlar va sport bilan shug‗ullanish muhim hisoblanishini tushunib etish.
Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanini o‗rganish jarayonlarida ―jismoniy
madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanish, jismoniy
barkamollik, sport va sport mashg‗ulotlari, texnik va taktik tayyorgarlik, sport
maxorati‖ tushunchalari bo‗yicha nazariy bilimlari hosil qilinadi. SHuningdek
jismoniy madaniyatning sog‗lomlashtiruvchi, ma‘nivy hamda ma‘rifiy
xususiyatlari, jamiyatda jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarining tutgan o‗rni
va shakllari xaqida nazariy bilimlar shakllantiriladi.
Talabalar jismoniy tarbiya va sport fanini o‗rganish jarayonlarida jismoniy
tarbiya va sportga oid nazariy bilimlarni o‗rganish bilan birga jismoniy mashqlar
va sport turlari bo‗yicha amaliy harakat malaka va ko‗nikmalari shakllantiriladi.
Talabalarda umumrivojlantiruvchi mashqlar hamda sport turlari harakatlari
texnikasi va taktikasini bajarish bo‗yicha malaka va ko‗nikmalarni egallaydilar:
Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik
sifatlarni rivojlantirish mashqlarini o‗rganadilar:
Dostları ilə paylaş: |