Harakat faoliyati. Inson hayot tarzi, kun davomida bajaradigan jismoniy
harakatlar mazmuni va miqdori, kun tartibi, mexnat o‗quv faoliyatidagi jismoniy
harakatlar yoki jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish holati organizm
morfo funksional ko‗rsatkichlariga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. CHunki jismoniy
mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda tana tuzilishidagi kamchiliklar –
qomatning buzilishi, yassi oyoqlik va bukrilik alomatlarini bartaraf etish mumkin.
Jismoniy barkamollik – insonning jismoniy rivojlanganlik va jismoniy
chiniqqanligini yuksak darajasi bo‗lib, hayot tarzi va kasbiy faoliyat talablariga
muvofiq bo‗lishni ko‗rsatadi. Jamiyatning har bir taraqqiyot bosqichida jismoniy
barkamollik ko‗rsatkichlariga davrga muvofiq bo‗lgan talablar qo‗yiladi, shuning
uchun jismoniy barkamollik talablari ham davr taraqqiyotiga ko‗ra murakkablashib
boradi. Qadimgi dunyoda kuchli inson bo‗lish jismoniy barkamollik mezoni
bo‗lgan, bunday insonlar yashash uchun kurashda doimo g‗olib bo‗lganlar. Hozirgi
kunda esa jismonan rivojlangan bo‗lishlik barcha jismoniy fazilatlarni uyg‗un
rivojlanganligin talab etadi, shu bilan birga sog‗lom bo‗lishni nazarda tutadi.
Bunday sifatlarni shakllanishi zamonaviy jamiyat talablari, ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish, kosmonavtika va aviasiyaning taraqqiy etishi munosabati bilan
vujudga kelmoqda.
Barcha insonlar har hil tana tuzilishi va har hil darajadagi jismoniy
rivojlanishda dunyoga keladilar. Muntazam jismoniy mashqlar va sport
mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanish jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini
takomillashuviga, jismoniy fazilatlarni uyg‗un rivojlanishiga olib keladi.
Sport – bellashuv va musobaqalashish faoliyati va bu faoliyatga jismoniy,
texnik va taktik hamda ruhiy, iroda hamda axloqiy, ma‘naviy tayyorgarlik ko‗rish
jarayonlari bo‗lib hisoblanadi.
Sport musobaqalashish faoliyati bo‗lib, jamiyatda inson jismoniy tayyorgarlik
darajalarini baholash, sport turidagi imkoniyatlar chegaralarini aniqlash maqsadida
shakllantirilgan. Kasbiy faoliyatlarning boshqa turlari – fan, san‘at va
madaniyatdagi bellashuvlar moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chaqarishga
qaratilgan bo‗ladi. Bu jarayonlardagi bellashuvlar ishlab chiqarishni rivojlantirish,
18
san‘at va madaniyatda moddiy ta‘minotni rag‗batlantirishga yo‗naltiriladi.
SHuning uchun fan va madaniyat hodimlari va san‘atkorlar bellashuvlari
musobaqalar hisoblanmaydi.