15
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – kasbiy faoliyatga muvofiq bo‗lgan va sport
turlariga ixtisoslashgan jismoniy fazilatlarni
hamda harakat malaka va
ko‗nikmalarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan.
Jismoniy tayorgarlik bilan jismoniy tarbiya tushunchalari o‗zaro farqli
mazmunga egadir. Jismoniy tayyorgarlikni ta‘minlash uchun jismoniy tarbiya
bo‗yicha maxsus tarbiyaviy va ta‘limiy bilimlarni shakllantirish shart emas.
SHuning uchun xulosa qilish mumkinki jismoniy
tarbiya pedagogik jarayon
hisoblanib, tarbiya va ta‘lim jarayonlarini tashkil etish uchun ma‘lum bir talablarga
rioya qilish kerak. Jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishda esa mustaqil jismoniy
mashqlar bilan shug‗ullanish, o‗z harakatlarini nazorat qilishni amalga oshirish
etarlicha bo‗ladi. Demak jismoniy tarbiya shug‗ullanuvchilarning jismoniy tarbiya
va
sportga oid nazariy bilim, amaliy malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan bo‗lsa, jismoniy tayyorgarlik aniq bir maqsadni ya‘ni jismoniy
fazilatlarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan jarayon bo‗lib hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bilan bir qatorda
jismonan chiniqqanlik
yoki jismoniy tayyorgarlik ko‗rganlik tushunchasi ishlatiladi. Bu tushunchalar
o‗rtasida ham farq mavjud. Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy fazilatlarni
rivojlantirishga qaratilgan jarayon bo‗lsa, jismoniy
chiniqqanlik qaysidir bir
fazilatni yoki umumiy barcha jismoniy sifatlarni takomillashganligini nazarda
tutadi. Bu albatta shug‗ullanuvchining jismoniy fazilatlarni namoyon qilish
darajalari yoki ko‗rsatkichlarida - metr, soniya, daqiqa,
kilogramm va ballarda
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: