Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Maxsus tayyorgarlik
sport mashg‗ulotlari jarayonlarida tashkil etilib, 
musobaqalashish faoliyatining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. 
Sport 
mashg‗uloti 
rejalashtirilgan 
pedagogik 
jarayon 
hisoblanib, 
shug‗ullanuvchilarni sport turlariga mos bo‗lgan harakatlar texnikasi va taktikasiga 
o‗rgatish, bellashuv jarayonlarida texnik va taktik hamda jismoniy 
tayyorgarliklardan 
samarali 
foydalanish, 
ruhiy 
va 
iroda 
qobiliyatlarni 
rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Sport mashg‗ulotlari mazmuni sportchilarning 
nazariy, texnik, taktik, jismoniy, ma‘naviy iroda va ruhiy tayyorgarlik jarayonlarini 
o‗z ichiga oladi. Sport mashg‗ulotlarida chuqur ixtisoslashtirish, xususiylashtirish, 
yuksak natijalarga intilish, umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi, 
mashg‗ulotlar jarayonlarining uzviyligi, ko‗p yillik sport faoliyatining yoshga 
muvofiqligi tamoyillariga qat‘iy amal qilinadi. Jismoniy yuklamalarni muntazam 
ortirib borish, sportchilar jismoniy imkoniyatlaridan to‗liq foydalanish 
tamoyillarining ahamiyati ham sportchilar umumiy va maxsus sport 
tayyorgarligida muhim bo‗lib hisoblanadi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida 
tamoyillardan samarali foydalanish sportchilarni musobaqalarga yuqori darajada 
tayyorgarliklarini – sport formasida ekanligini belgilaydi. 
Musobaqa faoliyati
xususiyatlari, munosabatlari va mezonlari. Sport 
mashg‗ulotlari va musobaqalari, o‗zaro munosabatlar, mezonlar va o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‗ladi. Musobaqalar nizomlari va dasturlari mukammal ishlab 
chiqiladi. Musobaqalar va bellashuvlar hamma ishtirokchilar uchun bir hil bo‗lgan 
qoidalar asosida tashkil etiladi. Musobaqalar qoidalarini buzilishi, sportchilarni 
musobaqalardan chetlatilishi yoki jazo choralari qo‗llanilishini talab etadi. 
Musobaqalar talablari qatt‘iy tartibga keltirilgan bo‗lib, sportchilar vazni, 
og‗irliklar hajmi va miqdori, bosib o‗tiladigan masofalar, o‗yin va bellashuv 
maydonlari, jixozlar qat‘iy o‗lchamga ega bo‗ladi. Musobaqalar qoidalari hamma 
sportchilar uchun bir hil bo‗lishi talab etiladi. Sport musobaqalarida yuksak 


19 
natijalarga erishishda yaxshi tashkil etilgan yuqori malakali sportchilar tayyorlash 
tizimining faoliyati muhim bo‗lib, bu tizim murabbiylarning o‗zaro hamkorligi
malaka va tajribalar almashinuvi, sportchilarni saralash va sport zaxiralari 
tayyorlash jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etilishi, sportchilar, hakamlar va 
musobaqalar tashkilotchilarining o‗zaro muvofiqlikdagi faoliyati natijasida 
shakllanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə